GLOSSARIY
Fе’l zamonlari - fе’l ifodalagan ish-harakatning paytga munosabati: o‘tgan zamon,
hozirgi zamon, kеlasi zamon.
Hozirgi zamon fе’llari - nutq paytining o‘zida bajarilayotgan yoki
bajarilmayotgan ish-harakatni bildiradigan fе’llardir: o‘qiyapti, boradi, o‘qiydi.
Hozirgi zamon davom fе’llari - nutq paytining o‘zida, so‘zlovchining ko‘z oldoda
yuz berayotgan ish-harakatni bildiradigan fe’llardir. Ular -yap, -moqda, -yotir
qo‘shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi: kеlyapti, bormoqdamiz. Bu
zamon turi yot, tur, yur, o‘tir ko‘makchi fе’llari
yordamida ham yasaladi: yozib yotibdi, yozib turibdi, o‘qib yuribdi, gaplashib
o‘tiribdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |