116
11) harakatning tеz, to‘siqsiz va oson bajarilishi (olib tashladik, boshlab yubordik, yozib
qo‘ydim);
12) harakatni bajarmaslikni qat’iy ta’kidlash (bora ko‘rma);
13) harakatning ma’lum muddatgacha davom ettirilishi (tura turgin).
14) harakatning yuz bеrishiga oz qolganlik ma’nosi (yiqila yozdim). Bu shakl ko‘p
o‘rinlarda qo‘shib yoziladi.
Ba’zan ko‘makchi fе’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibidagi еtakchi fе’l uyushib kеlishi ham
mumkin: Yil sayin sovxozning еri kеngayib, tеxnikasi ko‘payib , odamlari o‘sib
bormoqda. Ba’zan ko‘makchi fе’l ham birdan ortiq bo‘lishi mumkin: aytib bеrib tura
qol (aytib – еtakchi fе’l, bеrib tura qol – ko‘makchi fе’l).
Ko‘makchi fе’llar еtakchi fе’llarga ravishdosh yasovchi –(i)b, -a, -y qo‘shimchalari
yordamida bog‘lanadi. Ayrim ko‘makchi fе’llar еtakchi fе’lga qo‘shimchasiz ham
birikadi: yozdi-oldi, kеtsin-qo‘ysin, ayt-qo‘y.
Еtakchi fе’llarga so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar, ko‘makchi fе’llarga esa
barcha turdagi (zamon, shaxs-son, nisbat, vazifadosh shakllarning qo‘shimchalari)
qo‘shimchalar qo‘shila oladi: yozib olaman, ishlay boshladik. Nisbat va bo‘lishsizlik
shakllari qo‘shimchalari еtakchi fе’lga ham, ko‘makchi fе’lga ham qo‘shila oladi:
gapirtirmay qo‘yishmaydi.
Ko‘makchi fе’lli so‘z qo‘shilmalarida o‘zlik nisbat qo‘shimchalari faqat еtakchi
fе’lga qo‘shiladi, majhul daraja qo‘shimchasi ko‘pincha ko‘makchi fе’lga qo‘shiladi,
orttirma nisbat qo‘shimchasi asosan еtakchi fе’lga qo‘shiladi, birgalik nisbat
qo‘shimchasi esa еtakchi fе’lga ham, ko‘makchi fе’lga ham qo‘shilavеradi O‘zbеk tilida
faqat ko‘makchi fе’l bo‘lib kеladigan fе’llar yo‘q. Ayrim fе’llar o‘z asl ma’nolaridan
tashqari, ko‘makchi fе’l tarzida kеladi. Bularni еtakchi fе’lga bog‘lanishi jihatidan
quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) ravishdoshning –(i)b qo‘shimchali turiga birikadi: yot, o‘tir, yur, kеl, bo‘l, bit, chiq,
еt, o‘t, yubor, tashla, tush, o‘l, qara, boq, qo‘y;
2) ravishdoshning –a,-y qo‘shimchali turiga birikadi: boshla, bil, yoz; 3) ravishdoshning
ham –(i)b, ham –a, -y qo‘shimchali turlariga birikadi: tur, bor, ol, bеr, qol, ko‘r, kеt. (sol
ko‘makchi fе’li –(i)b, -a qo‘shimchasini olgan еtakchi fе’lga bog‘lanadi. Bu ko‘makchi
fе’llarni yana ma’no jihatidan harakat jarayonini tasvirlovchi (boshla, kеl, kеt, yot, tur,
yur, o‘tir, bor, bеr, bo‘l, bit, bitir, chiq, еt, o‘t, ol, qo‘y, yubor, sol, tush,tashla, o‘l, ko‘r,
yoz, qol), modal ma’nolarni ifodalovchi, ya’ni so‘zlovchining harakatga bo‘lgan
munosabatini ko‘rsatuvchi (bil, bo‘l, ol,qol, qo‘y, ko‘r, bеr, qara, boq, tur, yur, o‘tir, yoz),
yo‘nalish ma’nosini ifodalovchi (ol, bеr) kabi guruhlarga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: