3.Taqsim sonlar shaxslar yoki narsalarning taqsimlanish yoxud guruhlanish
miqdorini ifodalaydi. Sonning bu turi miqdor sonlarga -tadan qo‘shimchasini qo‘shish
orqali yoki bir sonning takror qo‘llanishidan hosil bo‘ladi: ikkitadan, uchtadan, uchta-
uchtadan, o‘nta-o‘ntadan kabi.
4.Chama sonlar shaxslar, narsalarning taxminiy, noaniq miqdorini bildiradi. U
miqdor sonlarga -tacha, -larcha, -y,-аy qo‘shimchalaridan mosini qo‘shish yoki ikkita
sonning o‘zaro teng juftlashib qo‘llanishidan hosil bo‘ladi: o‘ntacha talaba, yuztacha
ishchi, mingtacha ko‘chat, minglab qushlar, besh-o‘nta daftar, bir-ikki og‘iz gap kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |