1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


Movarounnahrdagi yer-suv munosabatlarining Amir Temur va Temuriylar davrida taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 199 Kb.
bet6/13
Sana20.02.2022
Hajmi199 Kb.
#460632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’zbekiston tarixida yer –suv munosabatlarining rivojlanishu va taraqqiyot bosqichlari (2)

1.3. Movarounnahrdagi yer-suv munosabatlarining Amir Temur va Temuriylar davrida taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari

Amir Temurning davlati buyuk va qudratli bo‘lib, ko‘rinsa - da, aslida uning iqtisodiy negizi unchalik baquvvat emas edi. A.Temur bosib olingan viloyatlarni o‘g‘illari, nabiralari va xizmat ko‘rsatgan amirlarga suyurg‘ol tarzida in’om qilib ular orqali davlatni boshqardi. Movarounnahrdan tashqari o‘z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni A.Temur to‘rt o‘lkaga bo‘lib yubordi. To‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad Jahongirga Balx viloyati bilan 12 ming navkarli qo‘shin, ikkinchi o‘g‘il Umar SHayxga Fors viloyati va 10 ming navkarli qo‘shin, uchinchi o‘g‘li Mironshohga Ozarboyjon, Iroq, va Armaniston bilan birga 9 ming navkarli qo‘shin, kenja o‘g‘li SHohruhga Xuroson, Jurjon, Mozandaron, Seiston bilan 7 ming navkarli qo‘shin berdi9.


Bu uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorligining alohida davlat devonxonasi bo‘lib, ular markaziy hukumatga tobeligi, xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki jalb qilingan askarlarni yuborib turishdan iborat edi. Suyurg‘ol Temur davlati tashkil etilishi arafasida joriy etilib, u «iqto’» kabi ma’lum tuman yoki viloyatlarni hukumat yorlig‘i bilan g‘arbdagi «feod» yoki «len» tarzida oliy hukmdor avlodlari va xizmat ko‘rsatgan yuqori tabaqa vakillariga in’om tariqasida berilgan.
Ba’zan suyurg‘ol erlarini olib hukmdorning farmoni bilan avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tgan. Masalan, A.Temurning to‘ng‘ich o‘g‘li Jahongir Mirzo vafotidan keyin unga tegishli Balx viloyatiga Qobul, G‘azna va Qandahorni qo‘shib, Jahongirni o‘g‘li Pirmuhammadga berildi. SHuningdek, A.Temur Umarshayxning o‘g‘li Rustamga Isfaxonni, Mironshohning o‘g‘li Abdubakirga Bog‘dodni suyurg‘ol qilib berildi.
Mana shu tarzda Movarounnahrdan tashqari mamlakat bir qancha bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Viloyat hokimlari shahzodalar o‘z ixtiyoridagi uluslarda doimo iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilar edi. Markaziy hukumat esa vaziyat jiddiylashgan paytlardagina ularning ichki ishlariga aralashar edi. SHubhasiz suyurg‘ol asosida qurilgan mulkchilik tartibining g‘oyatda kuchayishi oqibatida ayrim viloyatlarning ma’lum darajada mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chiqargan. Lekin katta hudud va imtiyozlarga ega bo‘lgan, kuchli qo‘shinga tayangan buyuk hukmdor viloyatlarning feodal doiralari tomonidan ko‘tarilgan isyonlarni va xalq harakatlarini doimo osongina bostira olgan.
A.Temur shaharlardagi qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o‘zining yaqinlariga atab ko‘pgina go‘zal bog‘lar qurdirdi. Bog‘idilkusho, Bog‘ichinor, Bog‘ibixisht, Bog‘ibaland, Bog‘i Davlatobod, Bog‘inav, Bog‘ishamol, Bog‘i Buldi, Bog‘i Hakim jahon, Bog‘i Hayot, Bog‘i Jahonnoma, Bog‘i Amirzoda, SHohruh, Bog‘i maydon kabi chorbog‘lar va ulardagi go‘zal qo‘shiqlar o‘sha davr bog‘dorchik san’atining namunalaridandir.
A. Temur va temuriylar davridagi davlatimiz qudrati ko‘p jihatdan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar quvvati bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lgan. “Temur tuzuklari”da bu masalaga bag‘ishlangan maxsus bob bor. Unda ushbu soha ishtirokchilari (dehqon, hunarmand, savdogar, soliqchi va hokazo), ob’ektlari (er – suv, hosil va boshqalar) har birining o‘z o‘rni va vazifasi aniq belgilab qo‘yilgan. Eng mas’uliyatli vazifani esa davlat o‘z bo‘yniga olgan. Xaroba erlarga suv chiqarish va obod qilish, buzilgan ko‘priklarni tuzatish, yangilarini qurish, yo‘l xavfsizligini ta’minlash, savdo va elchilik karvonlariga kuzatuvchi va soqchilar tayinlash, yo‘lovchilarning hayotini, mol – mulkini muhofaza qilish, karvonsaroy, yomxonalar qurish kabi katta kuch va mablag‘ talab qiladigan ishlar shular jumlasidandir10.
A. Temur davrida er – suv munosabatlari davlat miqyosidagi darajaga ko‘tarilgan edi. SH. Ali YAzdiyning guvohlik berishicha “olam ravnaqi va ro‘shnoligi yo‘lida hafsalasi nihoyatda yuksak(A. Temur) obodonchilikka yaraydigan biron qatra erning zoe bo‘lishini ravo ko‘rmas edi”. SHu qoidaga rioya qilgan holda u Movarounnahr, Xuroson, Eron va boshqa erlarda suv chiqarib obodonchilik, yangi erlar ochish, yangi bog‘lar barpo etish kabi tarixiy tadbirlarni amalga oshirdi.
Samarqand, SHahrisabz va boshqa shaharu tumanlarda o‘nlab kanallar, ariqlar qazdirdi, daraxtzorlar, ekinzorlar, bog‘ – rog‘lar gullab yashnab to‘kin – sochinlik hayoti yuzaga keldi. Xorijdan kelgan sayyohlar, elchilar mamlakat go‘zalligi va farovonligidan hayratga tushdilar. Bunday tadbirlar nafaqat bizning yurtda, balki tashqi mamlakat va makonlarda ham amalga oshirilganini alohida takidlash lozim. SHu manoda o‘sha zamon tarix va geografiya olimi Hofizu Abruning guvohlik berishicha A. Temur Xurosondagi Murg‘ob daryosi (hozirda Afg‘oniston va Turkmaniston hududlaridan oqadigan daryo) vodiysida obodonchilik va dehqonchilik xarob ahvolga tushib qolganini ko‘rib daryodan yigirmata kanal qazib suv chiqarishni buyuradi.
SHu tariqa deb yozadi tarixchi, vodiyda bunyodkorlik va dehqonchilik sohalariga asos solindi. Bu kanallar Dilkusho, Ganjravon, Darband, Ganjxona, Umar Tobon, Oqbug‘o, Qutlug‘-xotun, SHayx Abu Said, SHayx Ali, Davlatshoh Jondor, Guli Mog‘on, Qilqamur, (Qutlug‘ Temur), Hasan Jondor, Amir Alovuddin, Sunjadak, Navro‘z, Navbaxton, Menglixoja, Kepakchi va Ali Malik kanallari. YUqorida tilga olingan Qutlug‘– xotun kanali aftidan A. Temurning opasi Qutlug‘ Turkon Og‘o nomiga berilgan bo‘lishi mumkin. A. Temurning Ozarboyjonda ham suniy sug‘orish ishlariga ahamiyat berganini bilamiz. Qorabog‘da bo‘lib turgan paytida sohibqiron o‘sha atrofda uzunligi oltmish – etmish kilometr keladigan Barlos kanalini qazitgani haqida guvohliklar bor.
Boshqa bir gal uning buyrug‘i bilan 35 – 40 km. uzunlikdagi Bayloqon kanali qaziladi. Ushbu tadbirlar natijasida erlarga suv chiqib sahro va xarobalar o‘rnida ekinzorlar, bog‘ – rog‘lar, qishloqlar qad ko‘targani manbalarda aniq yozilgan. A. Temurning Kobuldan nariroqda oqadigan G‘urbon daryosidan 30 – 35 km uzunlikda kanal chiqargani va Jo‘yi Mohigir va Jo‘yi nav nomlari bilan mashhur bo‘lgani, bu atrofda obodonchilik yuzaga kelgani ham malum. Bu vodiylardagi obodonchilik va dehqonchilik ravnaqiga keyingi davrlarda ham etibor susaymaganini shundan ham bilsa bo‘ladiki, Xurosondagi so‘nggi temuriylardan biri Sulton Husayn Boyqaro Bolo Murg‘ob va Marv shahri oralig‘idagi hududlarda kanallar qazitish, tamirlash, ekinzorlar barpo qilish tadbirlarini amalga oshirganini yaxshi bilamiz11.
Manbalarda aytilishicha, shahar atrofi o‘sha paytlarda Samarqandning eng go‘zal va eng hashamatli qismi hisoblangan. Bu erda bir yarim ikki chaqirimgacha cho‘zilgan bog‘lar va ulardagi saroylardan tashqari Arkoni davlatning o‘yin-kulgi qiladigan maxsus joylari bo‘lgan. Butun XV-asr davomida er va mulkchilikning asosiy to‘rt shakldagi «mulki devoniy», davlat erlari madrasa va ibodatxonalar ixtiyoridagi erlar va «jamoa erlari» bo‘lgan. Dehqonchilik erlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu erlarga avvalgidek mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qiladi. Temuriylar davrida davlat erlarini «suyurg‘ol» tarzida in’om qilish keng tarqaldi. Suyurg‘ol erlari hajmi, sharti hamda er va yorliqqa ega bo‘lgan shaxslarning tabaqasi jihatidan turlarga bo‘lingan.
Odatda shahar yoki viloyatlardan tortib, to alohida qishloqqacha suyurg‘ol shaklida in’om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyatlar odatda hukmron sulola namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Temuriylar davrida ham markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaganlarni jazolashgan. Masalan, SHohruh 1414 yilda Mirzo Iskandarni, 1415 yilda Mirzo Boyqaroni suyurg‘ollardan mahrum qilgan edi.
Vodiydagi obodonchilik va dehqonchilik ravnaqiga temuriylar davrida ham e’tibor susaymaganligini shundan ham bilsa bo‘ladiki, Xurosondagi so‘nggi temuriylardan biri Sulton Husayn Boyqaro Bolo Murg‘ob va Marv oralig‘idagi hududlarda kanallar qazitish, ta’mirlash, ekinzorlar barpo qilish tadbirlarini amalga oshirganligi tarixdan ma’lum. Temur va temuriylar davrida ham sun’iy sug‘orish ishlariga katta e’tibor berilgan. SHu bilan birga lalmikor erlar imkoniyatlaridan ham unumli foydalanishga harakat qilingan. “Tuzuklar”da ta’kidlanishicha, lalmikor erlar jariblarga (gektar) bo‘linib, yig‘ib olingan hosilning 3/1 yoki 4/1 qismi soliq sifatida to‘langan12.
Dehqonchilik maydonlarining kattagina qismi «mulk» -xususiy erlardan iborat edi. Yirik mulkdorlarning mayda paykallari ham xususiy mulk erlari qatoriga kirgan. Mulk erlarning katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarning tasarrufida bo‘lgan. Masalan, XV asrning ikkinchi yarmida yashagan yirik mulkdorlardan Xoja Ahrorning 1300 taga yaqin er-mulki bo‘lgan. Bu mulklarning ayrimlari 300 qo‘shga teng bo‘lgan.
Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmat uchun tarxonlik yorlig‘i odatda amirlar, beklar, Saroy amaldorlari, sayidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga «tarxon» so‘zi qo‘shib aytilgan. Tarxonlarning ko‘pchiligi juda boy bo‘lgan. Temuriylar hukmronligining so‘nggi davrida Buxoro, Samarqand, SHahrisabz va boshqa viloyatlarning dehqonlaridan hamda shahar aholisidan yig‘iladigan davlat daromadlarining anchagina qismi tarxonlar qo‘lida to‘plangan edi. Movarounnahrda ular g‘oyat katta kuchga aylangan edi. XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda ko‘p er va suv, masjid, madrasa, xonaqox, maqbara va mozorlarga biriktirilib bunday erlar «mulki vaqf» deb atalgan.
XV asrda Mavarounnahr va Xurosonda er egalari «dehqon» ekin maydonlariga ishlov beruvchilarni «muzoriy» deb yuritilgan. Muzoriy ya’ni ziroatchilar qishloqning mehnatkash tabaqasi bo‘lib, ular to‘rt guruhga bo‘lingan:
1. Davlat erlarida yashovchi muzoriylar.
2. Mulkdorlarning erlarini ishlovchi muzoriylar.
3. O‘z eriga ega bo‘lgan dehqonlar.
4. Vaqf mulklarida yashovchi muzoriylar13.
Muzoriy davlat yoki vaqf erlarida ham tarxon yoki suyurg‘ol egalari kabi yirik mulkdorlarning erlarida ham yollanma ziroatchilar bo‘lib, dehqonchilik qilgan. Ularning hosildan olgan hissasi er egalarining erdan tashqari urug‘lik, omoch, ho‘kiz, ot va arava kabilarni berganiga qarab belgilangan. Qanday erda dehqonchilik qilishidan qat’iy nazar muzoriy hamma vaqt soliqlarni to‘lar va majburiyatlarni o‘tar edi. Sug‘orma dehqonchilik erlaridan olinadigan asosiy soliq «xiroj» deb atalgan.
Temuriylardan yana biri Z.M.Bobur o‘zining “Mubayyin” nomli asarida o‘zining davlatidagi zakot mollarini 4 ga bo‘lganini yozadi. Bular: naqdina – pul solig‘i, savoyim hayvonlar uchun to‘lanadigan soliq, tijorat – er solig‘i. Bobur dehqonchilik bilan bog‘liq soliq tizimini quyidagicha o‘zgartiradi: mukassama – etishtirilgan hosildan bir qismi natura shaklida to‘lanadigan soliq, muvazzif – kadastrda qayd qilingan erdan olinadigan soliq.

Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish