Test savollari
1. Web-brauzerning asosiy vazifalari qaysilar?
A.*Web-saxifani xotiraga yuklash va ko’rish,saqlash,chiqarish;
B. Web-saxifani xotiraga yuklash va ko’rish,chiqarish;
C. Web-saxifani saqlash,chiqarish
D. Kiritish-chiqarish
2. Web-sahifalarning eng keng tarqalgan ko‘rinishi qanaqa?
A.*.asp, *.exe, *.com kengaytmali fayllar
B. *.htm, *.asp, *.avi kengaytmali fayllar
C. *.gif, *.jpg, *.bmp kengaytmali fayllar
*D *.htm, *.html, *.asp kengaytmali fayllar
12-mavzu: Internet va muloqat madaniyati. Internet tizimida axborot xavfsizligi (2 soat laboratoriya ishi)
Reja:
1. Internet va muloqat madaniyati.
2. Internet tizimida axborotlarni himoyalash.
3. Internet tizimida arxivlangan fayllar (saydlar) bilan ishlash.
Bugungi kunda internet jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayotining juda muxim va ajralmas bulagiga aylanib bormokda. Veb texnologiyalar prezident saylovlariga uz ta’sirini utkazmokda, xukumatlarning va siyosiy shaxslarning iste’foga chikishiga olib kelmokda, xalkaro va ichki siyosat yunalishlarini belgilab bermokda. Jamiyatning madaniy xayotida keskin uzgarishlarga olib kelmokda, bu soxada yangi shaxslarni va yunalishlarni kashf etmokda. Bularning barchasiga sabab internetdagi forumlarning ommaviylashib ketishidir.
Forum uzi nima? U - ochik tarzda munozara va baxs utkazish vositasi. Lekin kupchilik uni bir yoki bir necha kishi tomonidan tutilgan kundalikka uxshatishadi va undan shu maksadda foydalanishadi. Oddiy kundalik kabi u xam birdaniga yozilmaydi, aksincha unda xar kuni yoki oyda, yilda bir necha yozuvlar paydo buladi. Bu yozuvlar bir necha suzdan yoki bir necha varakdan iborat bulishi mumkin.
Oddiy kundalikdan farkli ravishda forumda kundalikni xamma ukishi, nafakat ukishi, balki unda uzining izoxlarini koldirishi, uz taassurotlarini yozishi, xatto muallif bilan birga uni yozishda barobar katnashishi mumkin.
Albatta, forumlarda mamlakat raxbarlarining uchrashuvi, futbol buyicha kit’a chempionati, MM&TVA mukofotlarini topshirish marosimi, orolbuyi xududining ekologik axvoli kabi global va mamlakat mikyosidagi vokealar kizgin muxokama kilinadi. Lekin forumdagi mavzular bozordagi narxlar, fotoshopda fotosuratlarni kayta ishlash, akvarium baliklarini bokish, kushni kizning oxu kuzlari, kursdoshning tuyi, yangi kinofil’mning syujeti, avtomobil t’yuningi va boshka minglab vokea va jarayonlarga bagishlangan bulishi mumkin. Albatta mavzularni tanlashda bir kator cheklovlar bulishi kerak. Masalan, forumlarda bexayolik yoki zuravonlikni targib kiluvchi mavzularga urin yuk.
Forumning jamiyatning ijtimoiy xayotida inkilobiy uzgarishlarga olib kelgan jixati, bu uning, ma’lum ma’noda, barcha xoxlovchilarga uz fikrlarini bayon kilish va, eng asosiyi, uz ukuvchilariga ega bulish imkonini berishidir.
Endilikda xar bir odam uz ukuvchilari va muxlislariga ega bulishi mumkin. Buning uchun teleboshlovchi, gazeta muxbiri, shoir yoki yozuvchi bulish shart emas. Kupchilik uchun kizik bulgan mavzuni tanlash va uni maxorat bilan yorita olish forumda muvaffakiyat kozonish uchun etarlidir.
Bir tomondan, forumda yangi nomlar kashf etilib, ular ommaviy axborot vositalari, matbuot va nashriyotlar tomonidan ishga taklif etilayotgan bulsa, ikkinchi tomondan ommaviy axborot vositalarning uzlari xam forumga kirib kelmokda.
Forumlar boshidan uchragan muammo, ularga kanday kilib ukuvchilarni jalb kilish edi. Bu muammoni xam kilish yulidagi urinishlardan biri RSS (Really Simple Syndication - xakikatdan oson birlashish) texnologiyasining yaratilishiga olib keldi. Forumning biror mavzusida yangi yozuvlar paydo bulganda bu xakida boshkalarga xabar berish forumdan foydalanishni juda osonlashtirdi. Oldinlari forumda yangi yozuvlar paydo bulganligini bilish uchun unga kirishdan boshka yul yuk edi.
RSS ning ukiydigan kismi forumlarga kirmasdan bir vaktda kuplab forumlarga yangi yozuvlar kelganligi xakida xabardor bulish va ularni ukish imkonini beradi. Bundan tashkari, RSS texnologiyasi kelgan xabarlarga javob yozish yoki xech bir sababsiz forumga yangi yozuvlar kiritish imkonini xam yaratadi. Bular esa, forum yaratish va uni olib borish, ularni ukish va ularda ishtirok etish kabi ishlarni juda osonlashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |