Foydalanuvchi yoki abonent qism tizimi foydalanuvchilarning (abonentlarning) komp’yuter tizimlarini ŏz ichiga oladi va foydalanuvchilarning axborotni saqlash, ishlash va olishdagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
1- rasm. Komp’yuter tarmoғi fragmenti.
Boshqarish qism tizimsi komp’yuter tarmoqlarining barcha elementlarini ularning ŏzaro aloqasi yagona qoida bŏyicha amalga oshiriluvchi yagona tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qism tizim butun tarmoq ishlashi uchun optimal’ sharoit yaratish maqsadida xizmatchi axborotni yiғish, taxlil qilish va elementlarga ta’sir etish yŏli bilan tizim elementlarining ŏzaro aloqasini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |