Bakalavr:
- dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo’lishi; gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;
- Vatan tarixini bilishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo’yicha o’z nuqtai nazarini bayon etishi va ilmiy asoslay olishi, milliy g’oya asosida faol hayotiy o’rinni egallashi;
- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olishi;
- insonlar orasidagi jamiyatga, atrof-muhitga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda hisobga ola bilishi;
- axborotni to’plash, tahlil qilish, saqlash, ularga ishlov berish va unumli foydalanish metodlarini egallash; o’zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil fikrlash va kerakli qarorlar qabul qila olishi;
- bakalavriatning mos yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi;
- yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtira olishi, o’zini takomillashtirish va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;
- sog’lom turmush tarzini shakllantirish, jismonan baquvvat va sport bilan shug’ullanib borish zarurati haqida ilmiy tasavvurga va e’tiqodga ega bo’lishi;
- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishi kerak.
“«Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari» fani o’qituvchisi doimo o’z pedagogik mahoratini oshirib, uni san’at darajasiga yetkazib borishi kerak. O’z fikrini tushunarli, ko’rgazmali ifodalay bilishi, jahon va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi voqealarga o’z munosabatini bildirishi, ta’lim berishga ijodiy yondoshuvni rivojlantirib borishi kerak.
O’qituvchining ijodiy yondoshuvi talaba tomonidan yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslarini o’rganishga ijodiy yondoshuvining bevosita shartidir.
Odatdagi ma’ruza darslarining an’anaviy tarzda, ilg’or pedagogik usullarsiz olib borilishi talabadan faollik talab qilmaydi. Darsni o’zlashtirish ham osonday tuyuladi, fanga nisbatan qiziqish uyg’onmaydi. Muammoli holatlarning yaratilishi, aniq misollar yordamida masalalarning yechilishi, talabani fanga qiziqtirish, uning faolligini oshirib, kengroq fikrlashga, maqsadga qarab intilishga, kerakli bilim va ko’nikmalar hosil qilishga yordam beradi.
Respublikamizda yetakchi olimlar tomonidan bu sohada munosib ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent avtomobil-yo’llar institutida chop etilayotgan yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalar talaba va o’qituvchilarning bu boradagi ehtiyojlariga qaratilgan.
Tayanch iboralar. Qoidalar. Asosiy tushunchalar. Atamalar. Haydovchining majburiyatlari. YTH sodir bo’lganda haydovchining vazifalari.
Ma’lumki, har qanday faoliyatni amalga oshirishda, uni to’ғri tashkil qilishda biror narsaga ya’ni qandaydir qonuniyatlarga asoslanish, maqsadga erishishning yagona to’ғri yo’li hisoblanadi. Shu o’rinda yo’l harakatini to’ғri tashkil qilishda insoniyat tarixida juda ko’plab qoidalar ishlab chiqilgan va ular takomillashib borgan. Yo’l harakati qoidalari juda kadimga borib taqaladi. Yo’llarda birinchi transport vositalari - «izvoshlar» paydo bo’lishi bilan, ular uchun harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Keyinchalik dastlabki avtomobillar yo’lga chiqqanda, tezliklari juda past bo’lsa ham, ularni oldida bir kishi yugurib yurib yo’ldagi odamlarni ogohlantirib chetga chiqarib yurgan. Keyinchalik shu tartibda har bir davlatda o’zlarining yo’llarida harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Davlatlarning rivojlanishi ular orasidagi aloqalarni ham rivojlantirib bordi va dunyoda o’zaro hamkorlik qiladigan davlatlar o’rtasida yo’llarda harakatlanish yagona qoidalarini qo’llashni talab qila boshladi. Shunday qilib, xalqaro kelishuvlarga asos solindi va 1909 yilda birinchi xalqaro konvensiya qabul qilingan bo’lib, unda atigi 4ta yo’l belgi qabul qilingan edi:
Bular: 1) Notekis yul 2) Xavfli burilishlar 3) Temiryul kesishmasi 4) Chorraha yo’l belgilaridir.
«Yo’l harakati qoidalari»ni boblar bo’yicha o’rganib chiqamiz.
I-bob. Umumiy koidalar;
Umumiy koidalar 5 bandni o’z ichiga oladi.
1-band: Respublika yo’llarida harakatlanishning yagona tartiblarini;
2-band: Respublikadagi yo’llarda TVlarning o’ng taraflama harakati;
3-band: Yo’l harakati qatnashchilariga talablar;
4-band: Yo’l harakati qatnashchilarining vazifalari;
5-band:Qoidani yuridik himoyalaydi.
II-bob. Qoidada qo’llaniladigan asosiy tushuncha va atamalar.
Bu bob 45 asosiy tushuncha va atamalarni o’z ichiga oladi. Ular yo’l harakati qoidalarini o’rganishda muhim ahamiyatga egadir.
III-bob. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari.
Haydovchilarni umumiy majburiyatlari 6 bandni o’z ichiga oladi.
1-band: Xaydovchining zaruriy xujjatlarini o’z ichiga oladi;
2-band: Haydovchilik guvohnomasi bo’lgan shaxsning vakolatini;
3-band: Mototsikl haydovchining huquqini;
4-band: Xalkaro yo’llarda harakatlanishni;
5-band: Haydovchini majburiyatlarini;
6-band: Haydovchilarga taqiqlangan harakatlarni.
IV-bob. YTH sodir etgan haydovchilarning vazifalari.
Ushbu bob 2 bandni o’z ichiga oladi.
1-band: YTH sodir bo’lganda qilinishi lozim bo’lgan ishlarni barchasi yoritilgan. 2-band: YTH da zarar kam miqdorda bo’lgandagi holati yoritilgan.
Nazorat savollari:
1. Umumiy qoidalarda qanday bandlar kiritilgan?
2. Qanday asosiy tushunchalar qoidalarda o’rin olgan?
3. Qanday asosiy atamalar qoidalarda o’rin olgan?
4. Haydovchilarning umumiy majburiyatlariga qanday vazifalar kiradi?
5. YTH lar sodir etilganda haydovchilarning vazifalari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |