1-MAVZU: Yo’l harakatini tashkil etishning maqsad va vazifalari
Yo’l harakatini tashkil etishda bakalavr faoliyatining asosiy maqsadi yo’l harakatini muntazzam ravishda xavfsiz, qulay va samarali bo’lishini ta’minlash hamda tashkiliy tadbirlarni tuza bilish va ularni amalga oshirishdan iboratdir. «Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari» fanini o’qitish jarayonida talabalarga Harakat ishtirokchisi(haydovchi, yo’lovchi, piyoda)sifatida avtomobil yo’llarida faoliyat ko’rsatishlari uchun zarur nazariy bilimlar hamda amaliy ko’nikmalar o’rgatiladi.
Ushbu fanni o’rganayotgan talabalar quyidagi fanlarni chuqur o’zlashtirgan bo’lishlari kerak: «Oliy matematika», «Fizika», «Informatika», «Chizma geometriya», «Nazariy mexanika», «Materiallar qarshiligi», «Transport vositalarining tuzilishi», «Elektr texnikasi va elektronika», «Issiqlik texnikasi», «Ichki yonuv dvigatellari» va h.k.
«Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari» fanini o’qitish jarayonida kompyuter va zamonaviy elektron o’quv texnologiyalarini qo’llash, amaliy mashg’ulotlarda talabalar ko’cha yo’l sharoitlarida yo’l harakati qoidalarining bandlari bo’yicha berilgan masalalarni yecha olishga o’rganadilar.
«Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari» fani hisoblanib, 6-7-semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina detallari; mashina va mexanizmlar nazariyasi; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; gidravlika va gidromashinalar; kon ishlari asoslari; elektr yuritma, elektr mashinalar; elektr apparatlar va avtomatlashtirish vositalari va h.k.) va ixtisoslik (kon mashinalari; kon korxonalari yuklari va yuk oqimlari va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Avtomobil yo’llarida va shahar ko’chalarida harakat xavfsizligini ta’minlashda, yo’l harakati qoidalarini va xavfsiz harakatlanish asoslarini bilish katta ahamiyatga ega.
Zamonaviy avtomagistrallarda va tezyurar shahar ko’chalarida yo’l harakati qoidalariga rioya qilishni ta’minlash bilan yo’l-transport hodisalarini kamaytirishga erishish mumkin. Yo’l harakatini tashkil etishda yo’l belgilarini, yo’l belgi chiziqlarini Davlat namunalari talablariga asosan bajarish muhim ahamiyatga ega bo’lib, harakatni boshqarishni avtomatik ravishda ijro etishning asosi hisoblanadi.
«Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari» fanini o’zlashtirish uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar hamda real holatdagi transport oqimlarining video yozuvlari va foliyalardan foydalaniladi.
Davlat ta’lim standartida bakalavrning tayyorgarlik darajasiga quyidagi talablar qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |