Maks Veber (1864-1920 yy.)
Nemis tarixchisi va sotsiologi Maks Veberning "Xo'jalik tarixi (umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tarixi ocherki)", "Protestantlik etika- si va kapitalizm ruhi" (1904 y.) kabi asarlarida tarixiy-iqtisodiy muammolarni o'rganishdan asta-sekin ijtimoiy muammolarni o'rganishga o'tilgan. M.Veber qadimgi dunyoning agrar tarixi bilan shug'ullangan, Germaniyada XIX asr oxirida dehqonlarning ahvolini o'rgangan. U G'arbiy Yevropa kapitalizmining kelib chi- qish nazariyasini ishlab chiqib, uning asosiy manbasi sifatida hu- narmandlar va tadbirkorlarning kundalik faoliyati deb hisoblagan. U puritan2 g'oyalari, ularning kuchli ruhiy tuzilishi kapitalizmning rivojlanishini rag'batlantirib turadi, deb hisoblardi. Uning fikricha, protestantizmning xo'jalik etikasi insonni o'zining professional vazifasini bajarishga, kundalik mehnat faoliyatida dindan yordam izlash, atrof-muhitni o'zgartirishga yo'naltirgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |