Surxondaryo iqtisodiy rayoni.
O„zbekiston Respublikasida
Surxondaryo
viloyatining
salmog„i (foiz hisobida)
Hududi – 4,5
Aholisining soni – 7,2
227
227
Yalpi ichki mahsulot – 4,2
Sanoat mahsulotlari – 2,1
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 9,7
Donli ekin maydoni – 8,6
Paxta ekin maydoni – 8,6
Surxondaryo iqtisodiy rayoni ma‟muriy jihatdan Surxondaryo
viloyatidan iborat. Surxondaryo O„zbekistonning eng janubida
joylashgan. U uchta tomondan xorijiy mamlakatlar bilan o„ralgan.
Sharqda Tojikiston respublikasi g„arb va shimoli g„arbda Turkmaniston
respublikasi va Qashqadaryo viloyati, janubda esa Afg„oniston bilan
chegardosh.
Maydoni 20,1 ming km
2
, Aholisi 1800 kishi. Mintaqa respublika
hududining 4,5 foizini, aholisining esa 7,2 foizini tashkil etadi. Aholi
zichligi 1 km
2
ga 89 kishiga to„g„ri keladi.
Surxondaryo viloyati Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan.
Mintaqaning hududi uncha katta bo„lmasa ham tabiiy sharoiti boshqa
rayonlardan keskin farq qiladi. Relefi shimoldan janubga tamon pasayib
boradi. Iqlimi quruq subtropik, Surxondaryo shimol, g„arb va sharq
tomonlaridan tog„lar bilan o„ralgan. Bu yerda O„zbekistoning eng
baland nuqtasi Hazrati Sulton cho„qqisi joylashgan. Yog„in miqdori 150
mm dan 600 mm gacha tushadi. Tekisliklarda sug„orib, tog„
yonbag„irlarida lalmikor dehqonchilik bilan shug„ullanishadi.
Mineral resurslarga ancha boy. Ayniqsa neft, gaz toshko„mir,
mineral tuzlar, oltingugurt, hamda mineral suvlar ko„plab topilgan. Yirik
neft va gaz konlari Hovdog„, Uchqizil, Ko„kaydi, Lalmikor va
boshqalar. Boysun va Sharg„un konlarida toshko„mir,
Xo„jaikonda tuz
qazib olinadi.
Mintaqa mineral resurslarga boyligi sababli tog„-kon, rangdor
metallurgiya, energetika, kimyo, qurilish materiallari sanoatini
rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
Aholisi tabiiy o„sish hisobiga ortib bormoqda. Aholi milliy
tarkibida o„zbeklar ko„pchilikni tashikl etadi. Ya‟ni 82 foiz o„zbeklar,
1,5 foiz ruslar, 1,7 foiz tojiklar, bulardan tashqari turkmanlar, tatarlar va
boshqa millatlar yashaydi.
Surxondaryo iqtisodiy rayoni shahar aholisi eng kam foizni tashikl
etadigan mintaqadir. Jami aholining 20 foizga yaqini shaharlarda
yashaydi. Eng yirik shaharlari Termiz (117 ming kishi), Denov (66,1
228
228
ming kishi). Bundan tashqari tumanlarga bo„ysunuvchi 6 ta shahar
mavjud.
Mintaqa xo„jaligida qishloq xo„jaligi yetakchi o„rinda turadi.
Iqlimi issiq bo„lganligi sababli ingichka tolali paxta, shakarqamish kabi
issiqsevar o„simliklar yetishtiriladi. Shuningdek mintaqada anjir, anor,
pista, bodom, xurmo kabi ko„plab o„simliklar ekiladi. Surxondaryoning
Angor,Jarqo„rg„on,
Qo„mqo„rg„on, Termiz, Sherobod tumanlari
ingichka tolali paxta yetishtirishga ixtmsoslashgan. O„zbekiston
mustaqillikka erishgandan keyin don yetishtirishga ham katta e‟tibor
berimoqda. Mintaqada bir yilda o„rtacha 270,6 ming t. don
yetishtirilmoqda, bu respublikada yetishtiriladigan hosilning 6,9 foizini
tashkil etadi.
Surxondaryoda sabzovat va poliz ekinlari yetishtirish ham yaxshi
yo„lga qo„yilgan. 2000 yilda 56,2 ming t. kartoshka yetishtirildi. Bu
respublikaning 7,6 foiziga to„g„ri keladi.
Chorvachilik dehqonchilikdan keyin turadi. Ayniqsa mintaqada
qorako„lchilik yaxshi rivojlangan. Tog„li mintaqalarda zotdor Hisor
qo„ylari boqiladi. Aholining sut va sut mahsulotlariga bo„lgan talabini
qondirish uchun qoramolchilik ham yaxshi rivojlantirilgan. Keyingi
paytlarda
parrandachilik,
pillachilik
va
boshqalar
ham
rivojlantirilmoqda. Mintaqa sanoatining asosini yoqilg„i – energetika,
qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari tashkil etadi.
Mashinasozlik sanoati mintaqada juda sust rivojlangan.
Yoqilg„i energetika sanoati 1950 yildan boshlab, mintaqada neft,
gaz, ko„mir konlarining ishga tushishi bilan rivojlandi. Shuningdek gaz
va ko„mir qazib chiqarish ham ortmoqda.
Surxondaryo
qurilish
materiallari
va
kimyo
sanoatini
rivojlantirishga imkoniyatlar yetarli.
Mintaqada qishloq xo„jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil
va oziq-ovqat sanoati yaxshi rivojlangan. O„zbekiston mustaqillikka
erishgandan so„ng viloyatda ip, gazlama, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal,
gilam to„qish va boshqalar rivojlantirilmoqda. Shu bilan birga oziq
mahsulotlari – un va un mahsulotlari, yog„, sut va sut mahsulotlari,
sharbatlar, meva va uzum konservalari ishlab chiqarilish o„smoqda.
Mintaqada tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlangan. Shu sababli bu yerda
Hindiston, Yugoslaviya, Tojikiston va boshqva mamlakatlar bilan
qo„shma korxonalar tashkil etilgan. Viloyat hududidan avtomobil, temir
va havo yo„llari o„tkazilgan. Hozirgi kunda Surxondaryo-Qashqadaryo
viloyatlari o„rtasida G„uzor-Boysun- Qumqo„rg„on temir yo„li
229
229
qurilmoqda. Bu yo„lning qurlishi Surxandaryoni Respublika poytaxti
bilan qilinadigan aloqasini ancha qisqartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |