1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

 
 
 


 
 
225 
225 
Qashqadaryo iqtisodiy rayoni
.  
 
O„zbekiston Respublikasida  
Qashqadaryo
 viloyatining  
salmog„i (foiz hisobida) 
Hududi – 6,4 
Aholisining soni – 9,0  
Yalpi ichki mahsulot – 6,1 
Sanoat mahsulotlari – 8,5 
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 7,6 
Donli ekin maydoni – 14,8 
Paxta ekin maydoni – 11,9 
 
Iqtisodiy  rayon  Qashqadaryo  viloyatidan  iborat.  Uning  maydoni 
28,6  ming  km
2
,  aholisi  2  mln.  57  ming  kishi  (2002).  U  respublika 
hududini 6,4 foizini aholisining esa 10 foizga yaqinini tashkil etadi. 
Mintaqa  O„zbekistonning  janubiy  qismida  joylashgan.  Uning 
hududida  ko„plab  mineral  resurslar  topilgan.  Ayniqsa  tabiiy  gaz 
zaxiralari ko„p. Ularning yirik konlari Ko„kdo„maloq, Muborak,Zevordi, 
Sho„rtang  va  boshqalardir.  Gaz  qazib  chiqarish  bo„yicha  respublikada 
birinchi  o„rinda  turadi.  Shuningdek  bu  yerda  neft,  ohaktosh,  yonuvchi 
slanes,  mineral  tuzlar  va  boshqa  ko„plab  qurilish  materiallari  konlari 
topilgan. 
Aholisi  tez  o„sib  bormoqda.  Aholi  zichligi  1  km
2  
ga  78  kishi 
to„g„ri keladi. Kitob-Shahrisabz botig„ida esa eng yuqori 250-300 kishi 
to„g„ri  kelsa,  cho„llarda  va  balanad  toqlarda  2-3  kishini  tashikl  etadi. 
Aholining  milliy  tarkibida  o„zbeklar  ko„pchilikni  tashkil  etadi.  Bundan 
tashqari  ruslar,  tojiklar,  tatarlar.  turkmanlar  va  boshqa  millatlar 
yashashadi.  
Urbanizatsiya darajasi uncha yuqori emas. Jami aholining 23 foizi 
shaharlarda  yashaydi.  Asosiy  shaharlari  kichik  shaharlardir.  Eng  yirigi 
Qarshi shahri (207  ming kishi) va Shaxrisabz (89  ming kishi). Mintaqa 
aholisining 32,1 foizi iqtisodiy faol aholi hisoblanadi. 
Iqtisodiy  rayon  xo„jaligida  sanoat  alohida  ahamiyatga  ega. 
Ayniqsa gaz sanoati yaxshi rivojlangan. Hozirgi paytda Respublikadagi 
eng  yirik  gaz  konlari  iqtisodiy  rayon  hududida  joylashgan.  Gaz  faqat 
yoqilg„i  bo„libgina  qolmay,  kimyo  sanoatida  qimmatli  xom-ashyo 
hamdir.  Bu  yerda  Muborak  gaz-kimyo  majmuasi,  Sho„rtan  gaz-kimyo 
majmualari shakllangan. 


 
 
226 
226 
Yengil  sanoat  iqtisodiy  rayonining  yetakchi  tarmoqi  hisoblanadi. 
Shahrisabz,  Kitob,  Yakkabog„,  Qarshi  shaharlarida  yirik  paxta  tozlash 
zavodlari  ishlab  turibdi.  Shuningdek  Shahrisabzda  yirik  pillakashlik 
fabrikasi,    “Hujum”  badiiy  buyumlar  fabrikalarida  ipak  kalavalar, 
paloslar. do„ppi va boshqa milliy buyumlar chiqarilmoqda. 
Iqtisodiy  rayonda  oziq-ovqat  sanoati  ham  yaxshi  rivojlangan. 
Rayonda  paxta  yog„i,  go„sht-sut,  konserva,  qandolat  va  boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqariladi.  
Qurilish  materiallari  sanoati  rivojalanayotgan  tarmoqlaridan 
biridir. Mintaqa qishloq xo„jaligida dehqonchilik yetakchi o„rinda turadi. 
Paxtachilik ixtisoslashgan tarmoqlardan biri bo„lib, ingichka tolali paxta 
yetishtirish  bo„yicha  Surxondaryo  iqtisodiy  rayonidan  keyin  ikkinchi 
o„rinda turadi.  
Qishloq  xo„jaligida  don  yetishtirish  muhim  ahamiyatga  ega. 
Sug„oriladigan  yerlarda  paxta  bilan  almashlab  makkajo„xori,  bug„doy 
ekiladi.  Lalmikor  yerlarda  esa  bo„g„doy,  arpa  ko„plab  yetishitiriladi. 
Mintaqada bog„dorchilik ham yaxshi rivojlangan. 
Iqtisodiy  rayondagi  uzum,  anjir,  anorlari  o„zining  shiraliligi  bilan 
ajralib  turadi.  Bu  yerda  anor  yetishtirishga  ixtisoslashgan  “Varganza” 
xo„jaligi joylashgan. 
Dehqonchilikdan  tashqari  chorvachilik  ham  katta  ahamiyatga 
egadir.  Cho„l  mintaqalarida  qorako„lchilik,  adir-tog„  mintaqalarida  esa 
qo„y  va  echkichilik,  barcha  mintaqalarda  qoramolchilik  yaxshi 
rivojlangan.  Keyingi  paytlarda  yilqichilik  rivojlanib  bormoqda. 
Mintaqada  respublikaning  23  foiz  qorako„l  terisi,  17  foizga  yaqin  juni 
tayyorlanadi.  
Rayon  xo„jaligining  rivojlantirishda  transport  katta  ahamiyatga 
egadir.  Ayniqsa  temir  yo„l  transporti,  quvur  va  avtomobil  transportlari 
yaxshi  yo„lga  qo„yilgan.  Yangi  qurilayotgan  G„uzor-Boysun-
Qumqurg„on  temir  yo„li  Surxondaryo  iqtisodiy  rayoni  bilan  aloqani 
yaxshilaydi.  
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish