1- mavzu: Beton qorishmasining mustahkamlik ko’rsatgichlarini aniqlash



Download 216,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.01.2022
Hajmi216,25 Kb.
#419826
  1   2
Bog'liq
1- Mavzu Beton qorishmasining mustahkamlik ko’rsatgichlarini aniqlash.



1- Mavzu: Beton qorishmasining mustahkamlik ko’rsatgichlarini 
aniqlash. 
Bizga ma’lumki beton qorishma – bog’lovchi, to’ldiruvchilar, suv va kerakli 
qo’shimchalarning ratsional tanlangan tarkibdagi va me’yoriga yetkazib 
aralashtirilgan, qotmagan holdagi kompozitsion aralashmasidir. Beton qorishmalari 
mustahkam, muzlashga chidamli va suv o’tkazmaslik va boshqa me’yorlangan 
sifat ko’rsatkichlari bo’yicha me’yorlangan mezonlarga javob beruvchi betonlarni 
olishni ta’minlashi kerak. Beton qorishmasi GOST 7473-2010 talablariga muvofiq, 
ishlab chiqaruvchi belgilangan tartibda tasdiqlagan texnologik reglament va 
yetkazib berish shartnomasidagi shartlar bo’yicha tayyorlanadi. 
Beton qorishmasining ko’p qatlamlanishi natijasida betonning tuzilishida 
nozik zonalar paydo bo’lib, bir xilligi pasayadi, eng asosiysi – beton qoplamasida 
ortiqcha namlik va sement xamiri paydo bo’lishi hisobiga uning yuza qatlami 
zaiflashib qoladi. Natijada, xlorli tuzlari bo’lgan holda, galma - galdan muzlash va 
erish betonni zaiflashtiradi. Zavodlarda sementbeton qorishmalar ishlab 
chiqarishda qator transport ombor va texnologik operatsiyalar bajariladi: qum, 
sheben, shag’al, sement qo’shimchalarni ortish va omborda saqlash; to’ldiruvchilar 
sement va qo’shimchalarni qorishtiruvchi uskunalarning tarqatuvchi bunkerlari va 
siloslariga transportda tashish; to’ldirgichlar sement, suv, qo’shimchalarni 
dozalash; tarkibiga kiruvchi materiallarni aralashtirish; tayyor qorishmani 
avtosamosvallar, avtobeton tashigichlar, avtobeton qorishtirgichlarga aralashtirib 
berish. Zamonaviy zavodlarning mexanizmlar bilan jihozlanganligi va uskunalar 
nomenklatura sermehnat jarayonlarning aksariyat qismini mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirishga imkon beradi. 
Beton qorishmalar, asosan, zavodning beton qorish sexida tayyorlanadi. 
Sexning texnologik uskunalari ish unumdorligi sheben, qum, sement 
omborlarining sig’diruvchanligi va uskunalari zavod ichidagi transport, ortish - 
tushirish mashinalari va boshqa uskunalarga bog’liq. Talab darajasidagi beton 
qorishmalar olishga quyidagi omillar sabab bo’ladi: boshlang’ich materiallarning 


sifati va ishonchli ishlaydigan texnologik uskunalar. Qorishtirish sexining asosiy 
texnologik uskunalari dozator va betonqorishtirgich. 
Dozator beton qorishmaning tarkibiy qismlarini tortib o’lchashda ishlatiladi. 
Davlat standartlariga muvofiq, faqat massa bo’yicha dozalashga ruxsat beriladi; 
xatolik sement va suvda +2% dan va to’ldirgichlarda +3% oshmasligi kerak [11]. 
Beton qorishtirgichlar dozalangan tarkiblardan beton qorishma tayyorlashga 
mo’ljallangan: bog’lovchi (sement), suv va to’ldirgichlar (yirik- shag’al va mayda - 
qum). Zamonaviy beton qorishtirgichlardan komponentlarni jadal qorishtirish talab 
qilinadi. Beton qorishtirgich tanlanganda quruq qorishma bilan tayyor qorishma 
hajmidagi farqni beton chiqish koeffitsienti hisobga olish zarur. Bu koeffitsient 
doim birdan kichik bo’ladi (taxminan 0.67), aralashtirilganda mayda donalar yirik 
donalar orasidagi bo’sh joylarni to’ldiradi. Qorishtirgichlar siklli va uzluksiz 
ishlaydiganga bo’linadi. Qorishtirish usuliga qarab, siklli qorishtirgichlar va erkin 
gravitatsiyali aralashtiriladigan (barabanli) va ko’rakli (majburiy harakatlanadigan) 
hamda maxsus barabanli turlarga bo’linadi. Qorishtirgichlar turining xilma-xilligi 
ishlab chiqarilayotgan zavodga qo’yilgan talablarni hisobga olib, ularni to’g’ri 
tanlashga imkon beradi.
Beton aralashmasi mexanizatsiyalashgan yoki 
avtomatlashtirilgan beton zavodida tayyor holda tayyorlanadi, qurilishga 
topshiriladi yoki joyida inventarizatsiya (ko’chma) beton aralashtirish zavodlarida 
tayyorlanadi. 
Texnologik 
uskunalardan 
tashqari, 
yordamchi 
uskunalardan 
ham 
foydalaniladi, ular beton qorishma tayyorlash ishlarini bajarishni, chunonchi, 
qorishmali tarkiblarni ombordan yoki transport vositalaridan tarqatuvchi bunkerlar, 
siloslarga qabul qilish, ularni dozalash, qurilmalariga berish, tayyor qorishmani 
dozalash va uzatishni ta’minlaydi. Beton qorishma tayyorlash texnologik jarayoni 
xususiyatiga ko’ra, beton qorishtirgich qurilmalar ham, zavodlar kabi, tsikli va 
uzluksiz haraktlanadigan turlarga bo’linadi. Birinchi turda qorishma tayyorlash 
jarayoni ketma-ket almashib turadigan operatsiyalar tsiklidan iborat. Bunda 
qorishmaga qo’shiluvchi tarkiblarning massasi muayyan dozalarda solinadi - bu 


dozalar qorishtirgichning sig’diruvchanligiga mos keladi. Dozalar materiallari 
qorishtirgichga kelib tushadi va qat’iy belgilangan vaqtda qorishtiriladi. 
Uzluksiz harakatlanadigan qurilmalarda dozalash, qorishtirish va tayyor 
mahsulotni berish ishlari bir vaqtda qo’shib olib boriladi. Qorishma uzluksiz oqim 
bilan aralashtirgichga tushadi, bu yerda kirish teshigidan chiqish teshigiga surilib 
borgunicha aralashtiriladi va tayyor qorishma uzluksiz oqim bilan qorishtirgichdan 
chiqib ketadi. 
Qattiq qorishmalar tayyorlash uchun uzluksiz va majburiy harakatlanuvchi 
ko’rakli va barabanli (maxsus) qorishtirgichlar tavsiya qilinadi. Minorali va 
porterli turdagi qurilmalar farqlanadi, bunday zavod u yoki bu sxema bo’yicha 
aniqlanadi. Minorali turdagi texnologik uskunalar vertikal joylashtiriladi, bunda 
barcha boshlang’ich materiallar birdaniga ko’tariladi. Ularning tarqatuvchi 
bunkerlardan betonqorishtirgichi texnologik tsiklda harakatlanishi gravitatsiya 
yo’li bilan amalga oshiriladi (1-rasm). 
a) 
b) 

Download 216,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish