Kirish
Amaliy mashg’ulotlar professional tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi va har bir talaba tomonidan alohida bajariladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari talabalar tomonidan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun har bir mavzu bо‘yicha alohida bajariladi va о‘zlashtiriladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari mavzularining mazmunidan kelib chiqib oldindan tayyorlangan namunalar, kolleksiyalar, total, kesma, vaqtli preparatlar, jadval, plakat, sxema, mulyaj, muzey eksponatlari, qotirilgan va fiksatsiya qilingan hayvonlar, suratlar, videofilmlar va boshqa о‘quv kо‘rgazmali qurollar yordamida о‘zlashtirilib, tasvirlari rasm daftarlariga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |