1 – ma’ruza. Sovitish qurilmalarining turlari



Download 0,65 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#335211
Bog'liq
2 5249225307373702926


1 – ma’ruza. Sovitish qurilmalarining turlari.
Mahsulotlarni sovitish, muzlatish va saqlash uchun mo‘ljallangan korxonalar va inshootlar sovitkichlar deyiladi. Sovitkichlar boshqa korxonalardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi.

1) Mahsulotlarni saqlash uchun ularda past harorat ( t =-12÷ - 40° S) va yuqori nisbiy namlik (85-95%) ushlab turilishi.

2) Ularda oziq-ovqat mahsulotlari saqlanishi sababli maxsus sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilinishi .

3) Xonalarda past haroratning bo‘lishi sababli issiqlik oqimlarini kamaytirish nuqtai nazaridan devor va to‘siqlarning tuzilishi bilan.

4) Yuklash, ko‘tarish, taxlash, o‘rnatish ishlari miqdori ko‘p bo‘lishi bilan.

Sovitkichlarning kuyidagi turlari mavjud:

1) Ishlab chiqarish sovitkichlari. Ular asosan oziq-ovqat korxonalari (go‘sht, sut kombinatlari) qoshida quriladi. Bu sovitkichlar sovitish qurilmaning quvvati bilan, hamda uncha katta bo‘lmagan sovitish hajmi bilan ajralib turadi. Keng tarqalgan ishlab chiqarish sovitkichlarning hajmi 500-5000 t. bo‘lib muzlatish kameralarning unumdorligi 20 - 100 t/sutka ga yetadi.



2) Taqsimlovchi sovitkichlar. Ular yirik aholi punktlarida, shaharlarda qurilib, yil mobaynida aholini tez buziladigan mahsulotlar bilan bir maromda ta’minlab berish uchun xizmat qiladi. Mahsulotlar bu sovitkichlarga ishlab chiqarish sovitkichlaridan sovitilgan va muzlatilgan holda keltiriladi. Shuning uchun taqsimlovchi sovitkichlarda asosan sovitilgan va muzlatilgan mahsulotlar saqlanadi. Sovitkichning hajmi asosan 500 - 15000 t. , ba’zi hollarda esa 30000-35000 t. gacha yetadi.



Ko‘p hollarda taqsimlovchi sovitkichlarda muzqaymov, suv va quruq yax ishlab chiqaruvchi, meva va sabzavotlarni muzlatib qadoqlovchi sexlari mavjud bo‘ladi. Bunday korxonalar sovitish kombinatlari deyiladi.

3) Bazis sovitkichlar. Ular uzoq muddat davlat rezervlarini saqlash uchun mo‘ljallanadi. Ularning hajmi 2000-15000 t ga yetadi.

4) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sovitkichlari. Bu tur sovitkichlar savdo tarmog‘iga keltirilgan mahsulotlarni qisqa muddatga saqlash uchun mo‘ljallangan. Maxsulotlar taqsimlovchi sovitkichlardan keltgiriladi.

Oziq-ovqat bazalarining hajmi 500 t. va savdo hamda umumiy ovqatlanish sovitkichlar hajmi 10 t. gacha bo‘ladi.

5) Port sovitkichlari. Mahsulotlarni bir tur transportdan boshqasiga yuklashda, masalan kemalardan temir yo’l transportiga, qisqa muddatga saqlash uchun hizmat qiladi. Bunday sovitkichlar daryo va dengiz portlarida quriladi.



6) Uy - ro‘zg‘or sovitkichlari. Uy sharoitida qisqa muddatda mahsulotlarni


saqlash uchun xizmat qiladi.



7) Transport sovitkichlari. Ular sovitilgan va muzlatilgan maxsulotlarni
bir yerdan boshqa yerga ko‘chirish uchun mo‘ljallagan. Temir yo‘l, dengiz va
daryo, avtomobil transport sovitkichlari mavjud.



Sovitkichlarning o‘lchamlari

Sovitkichni xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich - bu uning o‘lchamidir.

Ishlab chiqaruvchi sovitkichlar kun mobaynida, smena yoki bir soatda sovitilayotgan yoki muzlatilayotgan mahsulot miqdori bilan o‘lchanadi. Masalan, go‘sht kombinati 500 t/kun yoki 10 t/smena.

Taqsimlovchi va bazis sovitkichlarning o‘lchami sifatida ularni shartli yuk bo‘yicha sig‘imi belgilangan. Shartli yuk sifatida muzlatilgan mol go‘shti shtabel usulida taxlanib qo‘yilganidagi sig‘imi qabul qilingan, bunda hajm zichligi q=350 kg/m2 bo‘ladi.



Umumiy ovqatlanish va savdo korxonalaridagi statsionar sovitkichlar va yig‘ma kamerali sovitkichlarning o‘lchami «m 3»da o‘lchanadi.

Uy - ro‘zg‘or sovitkichlarining o‘lchami «litr» yoki «dm3»da o‘lchanadi.
Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish