1- ma’ruza mavzu: Statika. Asosiy tushunchalari va aksiomalari. Bog’lanishlar va bog’lanish reaksiyalari. Reja



Download 117,82 Kb.
bet1/5
Sana04.06.2022
Hajmi117,82 Kb.
#636792
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Statika. Kuchning o'qdagi proyeksiyasi.doc-1


1- MA’RUZA
Mavzu: Statika.Asosiy tushunchalari va aksiomalari. Bog’lanishlar va bog’lanish reaksiyalari.
Reja:

  1. Statika. Asosiy tushunchalari.

  2. Statika aksiomalari.

  3. Bog`lanish, ularning turlari va bog`lanish reaktsiyalari. Bog`lanishlar aksiomasi.

  4. Kuchning o`qqa va tekislikka proektsiyasi.

Tayanch iboralar: Kuch, kuch vektori, kuchning tasir chizig`i, vektorning moduli, absolyut qattiq jism, statika, aksioma, muvozanatlashuvchi kuchlar sistemasi, kesishuvchi kuchlar sistemasi, teng tasir etuvchi kuch, erkin jism, bog`lanishlar, bog`lanishlar reaktsiyasi, bog`lanishlar aksiomasi.

  1. Statika. Asosiy tushunchalari.

Nazariy mexanika fani moddiy jismlarning harakatlanish qonuniyatlarini yoki ularni muvozanatda bo`lish sabablarini o`rgatadi. Nazariy mexanikada barcha jismlar absolyut qattiq deb qabul qilinadi, yani jismlar harakat davomida yoki muvozanat holatida o`zining shaklini o`zgartirmaydi deb faraz qilinadi.
Kuch, bu bir jismning ikkinchi jismga va ikkinchi jismning birinchi jismga tasiridan iborat ekan.
Kuch vektor kattalikdir, chunki uning yo`nalishi, qo`yilgan nuqtasi va uning son qiymatlaridan birortasi nomalum bo`lsa, uning tasiridagi jismning qaysi tomonga qanday tezlanish bilan harakatini o`zgartirishi haqida aniq malumot olib bo`lmaydi. Demak, kuch har doim vektor qiymatdan iborat bo`ladi, har doim uining moduli (son qiymati), yo`nalishi va qo`yilgan nuqtasi bizga malum bo`lishi shart.
Faqat son qiymatini bilishni o`zinigina etarli bo`lgan kattaliklar skalyar qiymatlar deyiladi. Masalan, vaqt - t, massa - m skalyar qiymatlar hisoblanadi. Ularni qo`yilgan nuqtasi va yo`nalishi bo`lmaydi. Vaqt va massa koinotning barcha joyida bir xil o`zgaradi deb qabul qilingan, yani joyga bog`liq emas.
1- shaklda kuch vektori tasvirlangan, unda DE chizig`i kuchning tasir chizig`i deyiladi, A nuqta kuchning jismga qo`yilgan nuqtasi, kuch vektori ikki xil tarzda ifodalanadi, yoki - shaklida, yoki - shaklida, ikkinchi holda birinchi harf A nuqta vektorning qo`yilgan nuqtasini belgilasa, ikkinchi harf V nuqta shu vektorning oxirini belgilaydi.
Agar bir vaqtni o`zida bir jismga bir nechta kuchlar tasir etsa, ularni kuchlar sistemasi deb ataladi.
Nazariy mexanikada jismlarning ikki xil holatlari o`rganiladi. Birinchi navbatda moddiy nuqta yoki qattiq jismlarning harakatsiz (birorta sanoq sisttemasiga nisbatan harakatsiz) yoki muvozanat holatlari o`rganiladi.
Statika qismini o`rganishni statika aksiomalaridan boshlanadi.

.1- shakl.

Download 117,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish