1 – Maruza:
MASHINASOZLIKDA ISHLAB CHIKARISH TURLARI.
TEXNOLOGIK JARAYON HUJJATLARI
Reja:
1.
Ishlab chiqarish turlari
2. Texnologik jarayonlarining tarkibi
1.1 Ishlab chiqarish turlari
Har bir mashinasozlik korxonasi bir yil davomida ishlab chiqarishga
kerak bo‘lgan mahsulot va zahira qismlarining maolumotiga ega. Bu ma’lumot
ishlab chiqarish dasturi deb ataladi va unda mahsulotni turi, soni, o‘lchami va
materiali to‘g‘risida ham etarlicha axborot bor.
Korxonaning umumiy ishlab
chiqarish dasturiga asosan tsexlar bo‘yicha ishlab chiqarish dasturi tuziladi. Har
bir dastur mahsulot umumiy ko‘rinishining chizmasi, detallarning ishchi
chizmasi, yig‘uv chizma, spetsifikatsiya va texnik talablar bilan boyitiladi.
Donali ishlab chiqarishda mahsulot donalab tayyorlanadi.
Mahsulot
o‘lchamlari va tuzilishi har xil bo‘lib, ular kam qaytariladi.
Donali ishlab chiqarish universal bo‘lib, har xil mahsulot ishlab chiqarish
uchun moslanuvchan bo‘ladi. Bunda korxonalar universal dastgohlar bilan
jihozlanadi. Texnologik jarayon bo‘yicha bitta dastgohda bir necha operatsiyalar
bajariladi. Qo‘llaniladigan moslamalar universal va har xil detallar uchun
moslashgan bo‘ladi. Kesuvchi va o‘lchov asboblari standart bo‘ladi.
Donali
ishlab chiqarishda uqori malakali ishchilar ishlaydi, mahsulot tannarxi esa uqori
bo‘ladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitda mahsulot partiyalab va seriyalab ishlab
chiqariladi. Partiyada bir xil o‘lchamli detallar, seriyada bir xil ko‘rinishdagi
mashinalar to‘plangan bo‘ladi. Partiya va seriyalar bir yil davomida qaytariladi,
hamda ulardagi mahsulotlarning soniga qarab bu ishlab chiqarish shartli
ravishda mayda,o‘rta va ko‘p seriyali ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi.
Seriyali ishlab chiqarishda texnologik jarayon
asosan differentsirlangan,
yaoni maolumki bir dastgohlarga biriktirilgan alohida operatsiyalarga ajratilgan.
Dastgohlar universal, maxsuslashgan, maxsus,
avtomatlashgan va agregat
bo‘ladi. Bunday dastgohlarda maxsus va maxsuslashgan moslama, kesuvchi
hamda o‘lchov asboblari qo‘laniladi. Seriyali ishlab chiqarishda ish unumdorligi
donali ishlab chiqarishga nisbatdan uqori bo‘lganligi
uchun mahsulot tannarxi
ancha kichik bo‘ladi.
Yalpi ishlab chiqarishda doimiy ravishda va katta hajmda bir xil mahsulot
ishlab chiqariladi. Bu ishlab chiqarish turi oqimli va to‘g‘ri oqimli bo‘lishi
mumkin. Ikkala qurilishda ham detallar texnologik operatsiyalar ketma-ketligi
bo‘yicha harakatlanadi. Lekin birinchisida operatsiyalarni bajarish vaqti bir xil
bo‘lsa, ikkinchisida bu vaqt har xil bo‘lganligi uchun ba’zi dastgohlar oldida
detallar to‘planib qoladi hamda harakat uzlukli bo‘ladi.
Yalpi ishlab chiqarishda texnologik jarayon
differentsiatsiya va
kontsentratsiya printsipi asosida tuziladi. Birinchi printsip bo‘yicha jarayon
sodda operatsiyalarga ajratilib maxsus dastgohlarda bajariladi. Ikkinchi printsip
bo‘yicha bir nechta operatsiyalar bir vaqtda ko‘p shpindelli avtomatlarda,
agregat va ko‘p keskichli dastgohlarda bajariladi.
Maxsus
kesuvchi asboblar, o‘lchov nazorat moslamalari va avtomatik
dastgoh moslamalari ishlatilishiga qaramay mahsulot tannarxi kichik bo‘ladi.