1.4. Ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanishning
asosiy yo’nalishlari
Sanoatdagi ikkilamchi issiqlikdan foydalanishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
Birinchi sharti: chiqindi energiya xosil bo’lishining uzluksizligi;
Ikkinchi sharti: chiqindi energiya haroratining yetarli darajada bo’lishi;
Uchinchi sharti:chiqindi energiyaning miqdoriy jixatdan bir yerda mujassamlangan bo’lishi.
Texnologik gazlarning issiqligidan foydalanish yopiq regenerativ yoki ochiq (uzuq) energetik tsikllarda amalga oshirilishi mumkin. Bulardan tashkari uchinchi yo’nalishda – energotexnologik kombinatsiyalash yo’nalishida amalga oshirilishi mumkin.
Nazorat savollari
Ikkilamchi energiya manbalari nima?
Metallurgiyada yangi istiqbolli yo’nalish nima?
Issiqlikdan (tashlab yuborilayotgan) omilkor foydalanish.
«Haroratlar darajasi» tushunchasi.
Texnologik jarayonlar tasnifi.
Materialni fizik ko’rsatkichlarini o’zgartiruvchi issiqlik jarayonlari.
Yangi kimyoviy moddalarning xosil bo’lishi bilan bog’liq jarayonlar.
Yoqilg’i ishtirokidagi jarayonning issiqlik muvozanati tenglamasi.
Ishchi kamerasida foydalanish koeffisiyenti.
Ikkilamchi issiqlikdan foydalanishning asosiy shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |