1- maruza Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy nazariy asoslari. Populyatsiyalar va ekotizimlar ekologiyasi. Reja


O`rta  Osiyodagi  ekolog-geograflar  maktabi



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/43
Sana11.01.2022
Hajmi0,93 Mb.
#350453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
1-к узб

      O`rta  Osiyodagi  ekolog-geograflar  maktabi. 

1920  –yillarda  O`rta  Osiyo  tabiatini  dastlabki 

o`rgangan  olimlar  tomonidan  biotsenozlarning  tizimlar,  shuningdek,  biotsenoz  va  landshaftlarning 

birinchi modeli yaratildi.



 

1930-yillarda  ekologiya-geografiya  yo`nalishiga  asoslangan  O`rta  Osiya  ekologiya 

maktabi  hozirgi  M.  Ulug`bek  nomidagi  O`zMU  qoshida  shakllandi.  Maktab  o`lkaning  nafaqat 

biologik majmuilari va biotarkibiy qismlarini o`rganishga katta ahamiyatga ega bo`lib qolmay, balki 

tabiiy  geografiya,  ayniqsa  landshaftshunoslik  g`oyalarining  rivojlanishida  ham  katta  rol  o`ynadi. 

Bundan  tashqari,  ekolog  mutaxassislar  tayyorlashda,  ekologiyani  rivojlantirishda,  shuningdek, 

ekologiyaga  oid  adabiyotlarning  namunalarini  yaratishda  ushbu  maktabning  xizmatlari  kattadir. 

Maktab  ekologlari  bergan  ilg`or  g`oyalar  o`lkaning  tabiati  va  tabiiy  resurslarini  aniqlash  va 

o`rganishda  hamda  O`rta  Osiyoda  ekologik  geografik  g`oyalarning  rivojlanishiga  katta  hissa 

qo`shdi. 

Geografik  yo`nalishdagi  yirik  ekologik  geografik  ishlar  O`rta  Osiyoning  tabiati, 

biomajmuilari,  ularning  kelib  chiqishi,  rivojlanishi  va  xududiy  ajralishlari,  rayonlashtirish, 

landshaftlar  xaritasini  yaratishga  qaratildi.  Shuningdek,  jazirama  cho`l  va  yuqori  tog`li  cho`llar  va 

ularning o`ziga xos tabiiy majmualarini o`rganish metodlari ishlab chiqildi. 

1930-yillarda  ekologo-geografik  ilmiy  izlanishlarning  natijalari  kitob  holida  chop  etila 

boshlandi.  Bunda  faqat  ma'lum  joyning  ekologik  holati  haqida  gap  bormay,  balki  ekologiya 

fanining asoslari biotsenologiya va fitotsenologiya kabi sohalari ham rivojlantirildi. 

O`rta  Osiyo  ekologlarining  ayniqsa,  o`lkaning  ayrim  landshaftlarining  ekologiyasini 

o`rganish,  tuzilmasi,  faolligi,  dinamikasi  va  evolyutsiyasi,  shuningdek  tabiiy  resurslardan  oqilona 

foydalanishning  muammolari  ishlab  chiqildi.  D.N.  Kashkarov  ishlari  landshaftlarning  ayrim 

elementlari va ularning o`zaro bog`liqliklari, birligi hamda modda va energiya almashinuvi, namlik, 

tuproq  va  biotik  omillarning  roli,  antropogen  omillarning  landshaftlarga  ta'siri  va  boshqalar  ochib 

berilgan. U birinchi bo`lib landshaftlar va biotsenozlarning modelini yaratishga harakat qildi. 

P.A.  Baranov  va  I.A.  Raykovalar  Pomir  tog`larida  cho`l  biotsenozining  kelib  chiqishi, 

dinamikasi  va  evolyutsiyasida  organizmlar  hayotida  noqulay  haroratning  roli,  madaniy 

biotsenozlarni  yuqori  tog`  sharoitida  yaratish  masalalari  ishlab  chiqildi.  R.I.  Abolin,  e.P.  Korovin, 

M.V.  Kultiasov  va  I.I.  Granitovlarning  ekologo-fitotsenologik  qarashlari  ularning  chop  etgan  bir 

qator  ishlarida    o`z  aksini  topgan.  O`rta  Osiyoda  Zooekologik  yo`nalishdagi  kompleks  ishlarning 

rivojlanishi  T.Z.  Zohidov  nomi  bilan  chambarchas  bog`liq.  U  ko`p  yillar  davomida  cho`llarni 

ekologik  nuqtai  nazardan  rivojlantirish  va  biologik  resurslarni  ekologik  faunistik  tahlil  va  sintez 

metodi yordamida baholashga alohida e'tibor berdi. 



T.  Zohidov  Qizilqum  cho`llarining  o`ziga  xos  hayot  makoni  ekanligini,  qumli,  sho`rxok, 

loyli va toshloq cho`llarni mutaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni o`z navbatida mayda hududiy 

birliklar, fatsiyalarga ajratib berdi. 

Shunday qilib ekologik rayonlashtirish tirik organizmlarga ma'lum bir tabiiy sharoiti bilan 

ta'sir etishini ifoda etadi. D.N. Kashkarov va T.Z. Zohidov va  boshqalarning ishlarida har bir tabiiy 

omil  (geologik,  tarixiy,  orografik,  iqlim,  o`simliklar  va  boshqalar)  ta'sirida  ma'lum  hududlar 

bo`yicha hayvonlar guruhi hamda biotsenozlarning taqsimlanganligi ochib berilgan.  

Ekologiya  fanini  rovojlantirish,  tabiatni  muhofaza  qilishga  doir  amalga  oshirilayotgan 

ishlar  hozirgi  kunda  ham  davom  etayapti.  (O‘bekistonda  Fanlar  Akademiyasi  qoshida  ish  olib 

borayogan  botanika,  zoologiya  va  parazitologiya  institutlari  olimlari  o'simliklar  va  hayvonlar 

ekologiyasiga  bag'ishlangan  ishlarni  olib  bormoqdalar.  O‘zbekistonda  ekologik  yo'nalishdagi 

ishlarning  asoschilari  D.N.Qashqarov  va  E.P.Korovinlar  hisoblanadilar.  Ular  ekologik-ilmiy 

tadqiqotlarni  rivojlantirish  va  ekolog  mutaxassislar  tayyorlash  masalasini  o'rtaga  tashlaydilar  va 

uning nihoyatda zarur ekanligini ta'kidlaganlar. (O‘zbekiston Fanining akademiklari T.Z.Zoxidov, 

A.M.Muhammadiev  muxbir  a'zolaridan  V.V.Yaxontov,  M.A.Sultonov,  R.O.Olimjonov 

kabilar  O'zbekistonda  hayvonlarni  o'rganish  va  ekologiya  faniga  hissa  qo'shgan  bo'lsalar 

E.P.Korovin,  I.I.Granitov,  V.A.Burigin,  O.X.  Xasanov  kabi  olimlar  O‘zbekiston  o‘simliklarini 

o'rgandilar va ekologiya fanini rivojlantirdilar.




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish