Populyatsiyadagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi bilan odatda o`zaro chatishadigan har xil avlodlarga,
hayot tsiklining turli fazalariga beqaror guruhlarga (poda, koloniya, oila va boshqalarga) mansubligi bi-
lan farq qiladi. Populyatsiyadagi individlar soni har xil turlari orasidagina emas, balki bir tur ichida
ham turli xil bo`ladi (bir necha yuzdan milliontagacha etishi mumkin). Populyatsiya egallagan joy
chegaralarini aniqlash ko`pincha qiyin bo`ladi, chunki bu chegaralar doimo o`zgarib turadi.
Populyatsiyadagi individlar bir xilda emas. Populyatsiyaning tarkibi va sonini o`rganuvchi
demograflar
fikricha populyatsiyadagi individlar bir-birlaridan jinsi va yoshi bilan keskin farqlanadilar.
Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg`ochi individlarning son
jihatdan nisbati hisoblanadi. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromosomalarning
qo`shilishi bilan, ya`ni genetik qonuniyatlarga bog`liq bo`lsa, ikkinchidan, unga ma`lum darajada
Ekologik nuqtai nazardan qaraganda populyatsiyadagi jinslar nisbatining biror tomonga siljishi
ushbu populyatsiyadagi mavqei bilan bog`liq. Masalan, parazit chuvalchanglar va jamoa bo`lib
yashovchi hasharotlarda erkak jins faqat otalanish jarayonida ishtirok etishdan iborat bo`lgani uchun
jinslar nisbati urg`ochilar tomon siljigan. Sut emizuvchilardan tuyoqlilar orasida ham ana shunday
nisbat kuzatiladi. Monogam yirtqich sut emizuvchilar va qushlarda erkak jins bolalarga va urg`ochi
jinsga oziqa tashishda ishtirok etadi. Shuning uchun ularda jinslar nisbati teng bo`ladi.
Populyatsiya evolyutsiyasi uchun urg`ochi organizmlarning yoshi muhim ahamiyatga ega.
Chunki, bizga ma`lumki, populyatsiya individlarining o`lishi va ularning serpushtliligi so`zsiz jinsi va
yoshiga bog`liq bo`ladi. Masalan, inson populyatsiyasi sonining o`sishi ko`pincha 15-35 yoshda
bo`lgan ayollarga bog`liq. Bu potentsialdan yosh yoki undan katta bo`lgan ayollarda bu xususiyat
ancha past bo`ladi.
Populyatsiyaning yosh tizimi sharoitga qarab har bir populyatsiya uchun turning genetik
xususiyatiga bog`liq bo`ladi.
O`simlik fitotsinozidagi muayyan turlarning har xil holatlardagi individlarning yig`indisi
tsenopopulyatsiya deb ataladi. Uni agar gulli o`simliklar misolida ko`radigan bo`lsak unga tuproqda
(yoki uning yuzasida) o`z hayotchanligini yo`qotmagan urug`lar, niholar va har xil yoshdagi individlar
kiradi. Tsenopopulyatsiyalarning tarkibiy qismiga ba`zan o`t o`simliklarning er osti organlari –
ildizpoya, piyozbosh, tuganak, ildizmeva kabilar ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi –
tsenopopulyatsiyalar yig`indisidir. Turlarning o`zi esa populyatsiya yig`indisidan iborat. Jamoadagi
populyatsiyalar turli o`lchamdagi maydonni egallashi va yoshlarining nisbatlari bilan farq qilishadi.
T.A.Rabotnov
populyatsiyadagi o`simliklar hayotini quyidagi davrlarga ajratib o`rgatishni taklif qiladi:
a)
Latent davri
– bunda o`simlik spora, urug` yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi.
Masalan, terakning urug`i hayotchanligini 3 – 4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba`zi bir begona
o`tlar esa (shumg`iya, zarpechak) urug`ining hayotchanligini bir necha o`n yillab saqlay oladi;
b)
Virgil davri
– o`simlikning maysalik davri, ya`ni yosh o`simlikning gullashgacha bo`lgan
davri;
v)
Generativ (etilish) davri
– sporolar yoki gullash va urug` hosil bo`lish davri;
g)
Senil (qarilik) davri
– o`simliklarda fiziologik jarayonlarning susayishi, generativ ko`payish
xususiyatning yo`qolish davri.
T.A.Rabotnov
tushunchasiga ko`ra populyatsiyalarning
invazion
,
normal
va
regressiv
xillari
bo`ladi.
Invazion
populyatsiya deyilganda, o`simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan
populyatsiyalar bo`lib, ular nihollar, yosh hamda voyaga etgan holdagi o`simliklardan tashkil topgan
bo`ladi. Bunday populyatsiyaning urug`lari fitotsinozga tashqaridan kelib qolib, jamoada muhim o`rin
egallamasligi yoki mutloq yashay olmasligi ham mumkin.
Regressiv
turdagi populyatsiya generativ kupayish xususiyatini yo`qotgan populyatsiyadir.
Bunday populyatsiyadagi individlar gullamaydi, yoki gullasa ham urug` va mevalari unuvchanligini
yuqotgan bo`ladi. Bu esa populyatsiyaning fitotsinozda o`lib, yo`qolib, chirib ketayotganligini
ko`rsatadi.
Normal
turdagi o`simliklar populyatsiyasi jamoada rivojlanish davrining barcha bosqichlarini
to`liq o`tkazuvchi o`simliklardir, ular spora yoki urug`lardan tortib, to voyaga etgan o`simliklar
ko`rinishida uchraydi.
Populyatsiyaning yosh tizimi o`simlik va hayvonlarda ham bir necha omillarga bog`liq. U
birinchi navbatda, balog`atga – voyaga etish vaqti, umr ko`rish muddati, ko`payish davri muddati,
avlodlar davomiyligi, ota – onasidan bir vaqtda tug`iladigan individlarning bunyodga kelish muddati,
har xil jins va yoshdagi individlarning nobud bo`lish xarakteri, populyatsiyaning son jihatdan o`zgarib
turish dinamikasi kabilarga bog`liq.
O`simlik va hayvon populyatsiyaning yosh tizimiga juda ko`p misolar keltirish mumkin. Biroq,
populyatsiyaning yosh tizimini yaxshiroq tasavvur qilish uchun odamlardagi yosh davrlariga oid
ma`lumotlar bilan cheklanishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: