3.3
Muhit ifljslanishining turlari
.
Ekologik qonunlar, ekologik valentlik, tolerantlik.
O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritgandan so`ng u xalqaro iqtisodiy va siyosiy tizimlar bilan
integratsiyani kuchaytirdi va natijada har qanday ekologik muammolarni echish uchun sharoit
tug`ildi. Hozirgi kunda tashqi muhitni muhofaza qilish Respublikamizda bo`layotgan iqtisodiy
islohatlarning bir bo`lagi bo`lib qoldi.
O`zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy siyosati, uning integratsiyasi ishlab chiqarish bilan tashqi
muhitning o`zaro muvofiqligi asosida o`tkazilmoqda. Bu siyosat xalqimiz va davlatimiz oldida
turgan ekologik muammolarning naqadar jiddiy ekanligini sezgan holda olib borilmoqda.
Hozirgi kunda aholining ekologik xavfsizligi O`zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasi bilan
kafolatlangan. Bundan tashqari, mustaqillik davrida tabiatni muhofaza qilish va ekologik
muammolarni odilona echishga bag`ishlangan 100 dan ortiq hujjatlar qabul qilingan.
Ekologik munosabatlarni tartibga solib turuvchi asosiy hujjatlardan biri – Respublikamizda
1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish Qonuni»dir. Bu qonun tashqi muhitni
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan to`g`ri (ratsional) foydalanish, ekologik sistemalar, tabiiy
komplekslar va ayrim biologik ob`ektlarni asrashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy negizini aniqlab
beradi. Inson uchun toza va qulay muhit yaratishni kafolatlaydi. U tashqi muhitni asragan holda
Respublikamizni stabil rivojlanishiga qaratilgan bo`lib, biologik turli-tumanlikni, inson salomatligini
va madaniy merosimizni saqlab qolishga imkon yaratadi.
1992 yil 3 iyulda Respublikamizda «Davlat sanitar nazorati to`g`risida» Qonun qabul qilindi.
Mazkur qonun xalqimizning ekologik xavfsizligini tartibga solib, insonning toza tashqi muhitga ega
bo`lish huquqini mustaqkamlaydi, har qanday iqtisodiy faoliyatning toza (sanitar holati) bo`lishini
talab etadi, sanitar standartlar, me`yorlar va qoidalarning buzilishini man etadi.
1993 yil 6 mayda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish
to`g`risida»gi Qonuni Respublikamizning suvga bo`lgan munosabatlarini tartibga soladi, xalq
xo`jaligi, aholi ehtiyoji uchun zarur bo`lgan suvdan to`g`ri foydalanishni ta`minlaydi, suvni
ifloslanishi va sho`rlanish holatlarining oldini oladi hamda insonlarning suvga bo`lgan huquqlarini
kafolatlaydi.
1996 yil 27 dekabrda «Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida» Qonun qabul qilinib,
unda davlat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, jomoa birlashmalari va fuqarolarning atmosferani
asrash bo`yicha faoliyatlarini tartibga solish huquqlari berilgan. Bu qonun atmosfera havosini toza
tabiiy holda saqlashga uni kimyoviy, fizikaviy va biologik xavfli chiqindilardan asrashga
yo`naltirilgan. Atmosfera havosini asrashga qaratilgan davlat standartlari kiritilgan bo`lib, ular
atmosferani himoya qilish rejimini, uning holatini nazorat qilish usullarini va shu kabi boshqa
talablarni o`z ichiga oladi.
Atmosferaga zararli chiqindilarni chiqarganligi uchun pul jarimasi solinadi.
1997 yil 26 dekabrda O`zbekiston Respublikasida «Hayvonot dunyosini asrash va ulardan
foydalanish to`g`risida»gi Qonun qabul qilinib, bu qonun Respublikamiz hududidagi hayvonlarni
himoya qilish, ulardan to`g`ri foydalanish, ularning yo`qolib ketayotgan turlarini qayta tiklash,
hayvon turlarining yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish va tabiiy jamoalarning birligini asrab
qolishni tartibga soladi va ularning huquqiy asoslarini yaratadi.
Qonunda aytilishicha, hayvonot dunyosi davlat mulki bo`lib qoladi va ular doimo davlat
himoyasida bo`ladi.
1997 yil 26 dekabrda Respublikada «O`simliklar dunyosini asrash va ulardan foydalanish
to`g`risida»gi Qonun ham qabul qilingan. Bu qonunda tabiiy sharoitda o`sayotgan o`simliklar
dunyosini asrash, ulardan foydalanish, ularning genofondlarini saqlab qolish va qayta tiklash kabi
masalalar o`zining huquqiy asosini topgan. Qonunda aytilishicha, o`simliklar dunyosi davlat mulki
hisoblanadi va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunlarni buzganligi uchun jinoiy, ma`muriy, moddiy,
intizomiy va mulkiy javobgarlik belgilangan bo`lib, ularning hammasi O`zbeksiton Respublikasining
Jinoyat Kodeksi, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksida va Fuqarolik hamda Mehnat
Kodekslarida aks ettirilgan.
Tirik organizmlarning hayotiga va geografik tarqalishiga ta‘sir etuvchi (ijobiy yoki salbiy)
shart-sharoitlar
ekologik omil
deb ataladi. Ekologik omillar juda xilma-xil, ular tabiati va tirik
organizmlarga ta‘sir etishiga ko‘ra shartli ravishda 3 ta asosiy guruhlarga ajratiladi:
Abiotik omillar
–
jonsiz tabiatning omillari hisoblanib, birinchi navbatda, iqlim omillari, ya‘ni yorug‘lik, harorat,
namlik va mahalliy omillar kiradi.
Abiotik omillar-
yo`q, jonsiz degan ma`nolarni bildiradi.
Abiotik
omillar
har bir tirik organizmnind yashashi uchun sharoit yaratadi. Masalan: suv abiotik omilning
eng asosiy omil ko`rsatgichlaridan biri. Abiotik omillardan bo`lgan havo, erni o`rab turgan
qobig`idir. Iqlim omillaridan, hamma tirik organizmlar yashash hayotida yorug`lik muhimdir.
Quyosh nuri natijasida amalga oshiriladigan
fotosintez, barcha tirik organizmlar uchun ozuqa
zanjirida energiya manbaidir. Er sharidagi organizmlarning tarqalishi, ko`payishi va boshqa hayot
jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri harorat hisoblanadi. Harorat 0
0
S dan past 50
0
S dan
yuqori bo`1ganda barcha hayot jarayonlari to`xtaydi yoki keskin darajada sekinlashib qoladi.
Masalan: Sobuq havo (Antaktida), issiq harorat (arab sahrolari) hukmron bo`lgan joylarda tirik
organizmlar o`sha muhitga moslashib yashaydi.
Mahalliy omillarga
relef, tuproq xususiyatlari,
sho‘rlanish, oqim, shamol, radiatsiya (nurlanish) va boshqalar kiradi.
Antropogen omillar
– hozirgi
vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi.
1
Environmental Factors
Living organisms depend on one another for food and shelter. The leaves of plants provide food and
a home for grasshoppers, caterpillars, and other insects. Many birds depend on insects for food. Dead
plants and animals decay and become
part of the soil. The features of the environment that are alive, or were once alive, are called
biotic
(bi AH tihk) factors. The term
biotic
means ―living.‖ Biotic factors are not the only things in an
environment that are important to life.Most plants cannot grow without sunlight, air, water, and soil.
Animals cannot survive without air, water, or
the warmth that sunlight provides.
1
Peter Rillero, Dinah Zike . Ecology, 2005 (36- bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |