Tabiat yodgorliklari.
Mamlakatimiz landshaftlarining betakror, serjilo tabiatini saqlab qolishda
tabiat yodgorliklarini avaylab asrash muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki har bir
mamlakat hududidagi tabiat yodgorliklari ushbu mamlakatning o‘tmishi, buguni va
albatta ertasidan guvohlik beruvchi buyuk ne’matdir. Tabiat yodgorliklari deganda
uning bosh me’mori tabiatning o‘zi hisoblanib, o‘tkir qoyalar, buloq va jilg‘alar,
daralarning qoyali relef shakllari, er ustiga chiqib qolgan yotqiziqlar, toshga
aylangan hayvon va o‘simliklarni, serjilo sharshara va g‘orlarni, sharsharalar va
hokazolar tushiniladi. Tabiat yodgorliklarini o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha
turga bo‘lish mumkin.
1. Geografik.
2. Paleontalogik.
3. Geologik.
4. Biologik.
5. Arxeologik.
Do'stlaringiz bilan baham: |