1 – ma’ruza ijtimoiy ekologiya fani reja


Ekologik  monitoring  deb-



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/98
Sana11.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#351755
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98
Bog'liq
2 5301270707454348911

Ekologik  monitoring  deb-

    biosferani  tashkil  etuvchi  abiotik  komponentlar 

xolatini  va  ekosistemalarda  ifloslanish,  erlardan  qishloq  xo‘jaligida  foydalanish, 

urbanizatsiya  va  boshqalarning  ta’siri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  antropogen 

o‘zgarishlarni aniqlash tushuniladi.  

Monitoring  so‘zi  inglizcha  so‘zdan  olingan  bo‘lib  kuzatish,    nazorat  qilib  borish 

ma’nolarini bildiradi. 

Ekologik 

monitoringi 

 asosiy yunalishlari 

1.Atrof-muxitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni va muxit xolatini kuzatish. 

2. Atrof-muxitining xaqiqiy xolatini kuzatish va baxolash. 

3. Atrof-muxit xolatinig bashorati va bu xolatning baxosi.        

            Monitoringlar  uch xil: global, regional, lokal   yo‘nalishlarda olib boriladi.    

Monitoring tizimi quyidagi belgilarga qarab tavsiflanadi. 

Monitoring  olib  borilayotgan  xudud  maydoniga  ,  atmosfera,  suv,  tuproq  va 

boshqalar ya’ni ob’ektlarga ko‘ra bo‘linadi. 

Metodlariga ko‘ra: 

1. Asboblar bilan o‘lchash  

2.Masofaviy tasvir  

Ta’sir turlariga ko‘ra: 

Geofizikaviy  

Biologik  

Tabiiy geografik  

Iqtisodiy, ijtimoiy  

Maqsadlariga ko‘ra: 

1.Muxitning xozirgi xolatini aniqlash  

2.Qiska muddatli bashorat  

3.Uzoq muddatli xulosalar  

4.Tadqiqotlar  




5.Muxitga bo‘layotgan ta’sirlarni kuzatish  

Monitoringni tashkil qilish quyidagi        bosqichlarga ajratiladi: 

  Bioekologik  

  Geoekologik  

  Biosfera 

 1.  Bioekologik  monitoring  bosqichi-  atrof-muxitning  ifloslanishi  uning  inson 

salomatligiga ta’siri nuqtai nazaridan kuzatiladi. 

 2. Geoekologik monitoring boskichi- tabiiy ekotizimning funsiyalar tarkibi va uning 

buzilishi,  o‘simlik  va  xayvonlarning  populyasion  holati,  qishloq  xo‘jaligi 

ekinlarining hosildorligi bo‘yicha kuzatiladi. 

 3. Bisfera monitoring boskichining - asosiy vazifasi atrof-muxitni dunyo miqyosida  

kuzatishdan iborat. Dunyo miqyosida bo‘ladigan o‘zgarishlarning axoli salomatligi 

va faoliyatiga ta’sirini baxolashdir.  

 Kuzatish uslublariga ko‘ra monitoring turlari: 

      Er  sun’iy  yo‘ldoshlaridan  -(sputniklar)  monitoringda  masofaviy  metodlardan 

foydalaniladi. 

       Iqlim  monitoringi-    asosiy  maqsadi  iqlim  tizimlarini  va  ularning  extimoliy 

o‘zgarishlarini kuzatish va baxolashdir. 

     Biologik monitoring- biota xolati uning antropogen omillarga ta’sir reaksiyasini 

va funksiyalarini kuzatadi va aniqlaydi. 

     Ekstren monitoring-  “Ekstren” lotincha “ekstra” tashqi favqulotda, zudlik bilan 

degan  ma’noni  bildiradi.  Bu  monitoring  atmosferadagi  o‘zgarishlar,  ozon 

qatlamidagi  o‘zgarishlarni,  neft  tashuvchi  kemalar    xalokatlarining  oqibatlarini 

kuzatishda muhim ahamiyatga ega.  

O‘zbekistonda atrof-muxit monitoringini amalga oshirish: 

    O‘zbekistonda  mavjud  idoraviy  xizmatlar  faoliyatini  uyg‘unlashtirish    va  atrof 

tabiiy  muxitni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  oqilona    foydalanish 

maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasi    tomonidan  2002  yil  4 

aprelda  111  sonli  “  O‘zbekiston  Respublikasida  atrof  tabiiy  muhitning  davlat 

monitoringi haqidagi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi. 

 2003  yil  16  sonli  va  2006  yil  16  martda  48  sonli  qarori  bilan  O‘zbekiston 

Respublikasi atrof tabiiy muhit  monitoringi dasturlari qabul qilingan. 

   Respublikamizda: 

     Atrof muhitni ifloslantiruvchi 

     Atmosfera havosini ifloslantiruvchi 

     Oqava suvlarni ifloslantiruvchi 

    Tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi amalga oshiriladi. 

   Atrof muhit monitoringi mamlakatimizning bir qancha muassasa va tashkilotlari 

tomonidan amalga oshiriladi. 

   Atmosfera 

xavosi 

va 


suv 

xavzalarining 

ifloslanishi- 

O‘zbekiston 

Gidrometeorologiya  Bosh  Boshqarmasi,  er  osti  suvlarining  ifloslanishi,  nohush 

tabiiy  geografik  jarayonlarning  rivojlanishi  –  O‘zbekiston  Geologiya  qo‘mitasi 

tuproqlarning  sho‘rlanishi  va  grunt  suvlari  me’yori  –  O‘zbekgidrogeologiya 

korxonasi, kollektor suvlarning minerallashuvi darajasini- Qishloq va suv xo‘jaligi 

vazirligi,  o‘rmonlar xolati  - O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, atrof muxitni inson 



salomatligiga ta’sirini – Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.    

  Bu  tashkilot  va  muassasalarning  monitoringi  -    Ekologiya  va  atrof  muhitni 

muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi.  

Nazorat savollari 

1. Atrof-muhitni ifoloslanish turlarini aytib o‘ting?


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish