O’lchash vositasining asosiy statik xususiyatlari
Asosiy statik xususiyatlariga o’zgartirish funksiyasi, sezgirlik, sezgirlik ostonasi kiradi.
O’zgartirish funksiyasi – bu o’lchash vositasining kirishdagi (X) va chiqishdagi (Y) kattaliklari qiymatlarining o’zaro funksional bog’liqligidir.
O’zgartirish funksiyasi analitik ifoda bo’yicha [Y=f(X)], grafik tarzda va jadval ko’rinishida berilishi mumkin.
O’zgartirish funksiyasi ko’pincha o’lchash vositasining graduirovkali xarakteristikasi deyiladi.
O’lchash vositasi uchun (yoki o‘lchash vositasining konkret turi uchun) ko‘rsatilgan o‘zgartirish funksiyasini uning nominal o’zgartish funksiyasi Y=fn(X) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |