59. Bola shaxsining Rivojlanishida hissiy rivojlanishining roli
hissiy rivojlanish – tuyg’u va muhabbatning rivojlanishi, temperament xarakterli chiziqlarining namoyon bo’lishi, stressga reaksiya qilishning xususiyatlari va o’z shaxsiy tuyg’ulari hamda holatini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Xissiy rivojlanish: Bola bu dunyoga keliboq odamlar bilan aloqa va ularning yordamini izlaydi. Endigina tug‘ilgan go‘dak kattalarga o‘ziga e’tibor kerakligini chinqiriq yoki yig‘i yordamida ma’lum qiladi, birok sekin-asta bola o‘sadi va atrofdagilar bilan jilmayish, kulish, o‘zi chiqargan ilk tovushlar yordamida o‘zaro xarakatni o‘rganadi. Kachonki kattalar bolaning extiyojlari, muloqot qilishga intilishiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri reaksiya qilsalar, bola xavfsiz ekanini xamda doimo yordam olishi mumkinligini xis qiladi. Bola uning yonida doimo sevadigan va u xakida kayg‘uradigan odam borligini sezadi. Bunday o‘zaro mexr muxabbatli tuyg‘u bolaga o‘zini sokin va ishonchli xis qilishga, olamni faol tadqiq etishga, o‘zini tanishga, odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi. Agar bolaning rivojlanishida buzilish bo‘lsa, u o‘z tuyg‘ularini ifodalashda qiyinchilikni xis qiladi. Ota-onalar nafaqat bolaga o‘zining tuyg‘ularini ochiq namoyon etish imkoniyatini taqdim etishlari, balki o‘zining salbiy xissiyotlari va kechinmalarini qanday uddalashni o‘rgatishlari lozim. Bolaga shaxsiy tuyg‘ularini tushunish va ularni to‘g‘ri ifodalashga yordamlashgancha siz bir vaqtning o‘zida unga o‘z axloqini odamlarga tushunarli tarzda qurish va axloqning ijobiy xamda konstruktiv shakllarini tanlashni o‘rgatishga yordam berasiz.
60. Bola shaxsining Rivojlanishida muloqotning ahamiyati
2 oylikkacha rivo jonlanish kompleksining reaktivligi yoki reaktivlikning intensivlikdan ustunligi norma hisoblanadi. Jonlanish kompleksining kechikishi, uning tarkibini to'liq emasligi, shuningdek reaktivlikning intensivlikdan ustunligi 3 oylikdan keyin muloqot rivojlanishining orqada qolishi hisoblanadi.Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida juda muhim bo’lgan muloqot, munosabatlar va birgalikdagi faoliyatni rivojlantirish jarayonini ko’rib chiqish biz uchun dolzarb bo’lib tuyuladi, chunki bu bizga maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsiyatining eng muhim xususiyatlarini shakllantirish qonuniyatlarini tushunishga imkon beradi. Bo’lajak maktab o’quvchisi, oila a'zosi, mehnat jamoasi a'zosi.
Muloqot: Muloqotga bolgan extiyoj — asosiy insoniy extiyojlardan biridir. Rivojlanish, atrofdagi olam va odamlar bilan ozaro xarakatga organish uchun barcha bolalarga tengdoshlari va kattalar bilan muloqot zarur. Boshqalardan farkli bolalarning ota-onalari ularning farzandlariga xam soglom bolalar kabi muloqot qilish va talim olish muxim ekanligini yodda tutishlari lozim. Oz xoxishi, tuygulari, fikrlarini ifodalash, yordam sorash, soz va xarakatga reaksiya qilish qobiliyat bolaga olam bilan tanishish, odamlar bilan ozaro xarakatga organish, ozlariga ancha ishonadigan va mustaqil bolib borish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |