43-§. Tasviriy san’at 1.Kitob tayyorlashda qog‘ozni sahifalash va kitobni muqovalash nima deyilgan?
A Sahhoflik B Lavvohlik C Muzahiblik D Hattotlik
2.Mashhur xattot Mirali Tabriziy qachon yashagan?
A 1330–1404-yillarda B 1432–1520-yillarda C 1455–1536-yillarda D 1450-1506-yillarda
3.Mirali Tabriziy qanday yozuvni ixtro qilgan?
A nasta’liq B kufiy C rayhoniy D arabiy
4.Sultonali Mashhadiy qachon yashagan?
A 1330–1404-yillarda B 1432–1520-yillarda C 1455–1536-yillarda D 1450-1506-yillarda
5. Sultonali tomonidan ko‘chirilgan kitoblardan nechtasi hozirgi vaqtgacha yetib kelgan?
A 50 dan ziyod B 50 ga yaqin C 40 dan ziyod D 40 ga yaqin
6. “Qiblat ul kuttob” (Kotiblar qiblasi) va “Sulton ulxattotin” (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topgan hattot kim?
A Mirali Tabriziy B Sultonali Mashhadiy C Kamoliddin Behzod D Durbek
7. Hirotda Ulug‘bekning ukasi Boysung‘ur kutubxonasida nechta xattot faoliyat ko’rsatgan?
A 30 B 40 C 50 D 60
8. Boysung’ur kutubxonasida Abulqosim Firdavsiyning mashhur “Shohnoma” dostoni qachon ko‘chirtirilib, u 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan?
A 1424-yilda B 1425-yilda C 1428-yilda D 1429-yilda
9. XV asrda yashagan siymolar qiyofasi orasida bizga qadar kimlarning tasvirlari saqlanib qolgan?
A Jomiy, Navoiy B Abdullo Xotifiy, Behzod C Husayn Boyqaro, Bobur D barcha javoblar to’g’ri
10. Qaysi musavvir tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida shoir hassaga tayangan, uning qomati birmuncha bukchaygan, qarashlarida ham horg‘inlik alomatlari, ham ulug‘vorlik va oliyjanoblik ko‘zga yaqqol tashlanib turadi?
A Mahmud Muzahhib B Kamoliddin Behzod C Mirali Tabriziy D Sultonali Mashhadiy
11. Kamoliddin Behzod qachon yashagan?
A 1330–1404-yillarda B 1432–1520-yillarda C 1455–1536-yillarda D 1450-1506-yillarda
12. XV asr musavvirlikda “Hirot maktabi” deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi kim bo‘lgan?
A Mahmud Muzahhib B Kamoliddin Behzod C Mirali Tabriziy D Sultonali Mashhadiy
13.Kamoliddin Behzod san’atkor sifatida qaysi o‘lkalar tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi?
A O‘rta Osiyo B Eron C Ozarbayjon D barcha javoblar to’g’ri
14. Behzodning ijodida qaysi tarixiy allomalarning portretlari mavjud?
A Husayn Boyqaro B Shayboniyxon C Alisher Navoiy D barcha javoblar to’g’ri
15.Behzod kimning “Layli va Majnun” dostoniga bag‘ishlangan lirik manzaralarini chizgan?
A Dehlaviy B Navoiy C Nizomiy D Sharafiddin Ali Yazdiy
16. Behzod qaysi asar uchun jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniaturalar chizgan?
A “ Tarxi johonkushoy ” B “Tarixi arba’ ulus” C “Tarixi oli Chingiz” D “ Zafarnoma”