Sana: 7- sinf
Darsning maqsadi
Ta`limiy : : O’quvchilarga Elektron pochta haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy: Bilimga tasnalik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi : Elektron pochta haqida tushuncha rivojlntirish
Davlat ta`limi standartlarga asosan ta`lim mazmunining majburiy minimumi .
Modem , modem turlari, Provayderlar, electron pochta adreclari
Dars tipi Yangi bilim berish
(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –
tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)
Dars turi Birgalikda o`rqanish
Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,
hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,
zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.
Dars metodlari: Maruza, amaliyot bilan
Foydalanilgan adabiyotlar : 7- sinf darslik
Dars jihozi : Kurgazma,tarqatma kartochkalar, darslik. kompyuterlar
Darsning plani.
Tashkiliy qism .
O`tgan mavzuni so`rash .
Yangi mavzu bayoni.
Darsni mustahkamlash (mashqlar bajarish)
Uyga vazifa
Darsning borishi
Chaqiriq: O`tilgan mavzu bo`yicha aqliy hujum.
Siz pochta xizmati bilan juda yaxshi tanishsiz. Do’stlaringizga ko’p marta xat yozgansiz va ulardan xat olgansiz. Buning uchun oddiy qog’oz varag’iga kerakli matnni yozib, uni konvertga joylaysiz. Yozgan xatingiz ayni siz xohlagan manzilga borishi uchun, konvertning maxsus joyiga manzilni aniq yozish kerak bo’ladi. Konvert ,,og’zini" yelimlab, pochta qutisiga tashlaysiz. Konvertda ko’rsatilgan manzilning siz yashab turgan joydan qancha uzoq yoki yaqinligiga qarab, xatingiz ko’zlangan yerga yetib borishi uchun bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt sarflanishi mumkin. Xabarni juda tez yetkazish kerak bo’lsa, telefondan foydalanish mumkin. Ammo, telefon orqali rasm, chizma va hujuatlarni yuborib bo'lmaydi.
Internet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tizimining ajralmas qismi bo’lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o’rnini egallab bormoqda. Chunki elektron pochta orqali yuborilgan xabar dunyoning istagan yeriga sanoqli daqiqalarda yetib boradi. Hozirgi kunda millionlab odamlar elektron pochta xizmatidan samarali foydalanmoqda. Ularning soni kun sayin ortib boryapti.
Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi — tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda, tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Elektron pochta foydalanuvchilari o’z elektron adreslariga ega bo’lib, uni web-sahifa adresidan oson ajratish mumkin. Elektron pochta adresida albatta ,,@" (kuchukcha) belgisi qatnashadi. Masalan, rtm@uzsci.net.
Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo’lish uchun, Internet tizimida aniq elektron adresga ega bo’lgan ,,pochta qutisi"ga ega bo’lish lozim. Pochta qutisi — Internet tizimidagi maxsus server (provayderingiz kompyuteri) diskida siz uchun ajratilgan joy. Sizga elektron pochta orqali yuborilgan xabarlar, ularni qabul qilib olmaguningizcha, xuddi shu pochta qutisida saqlanadi. Pochta qutisi va elektron adres bilan abonentlarni provayder ta'minlaydi. Ammo elektron pochta xizmatidan foydalanish uchun shuning o’zi yetarli emas. Pochta qutisidagi xabarlarni qabul qilib olish, xabar tayyorlash va uni elektron pochta orqali jo’natish kabi ishlarni bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Shunday dasturlardan biri — Outlook Express dir. Bu dastur qulay interfeysga ega bo’lib, u bilan ishlash qiyinchilik tug’dirmaydi. Outiook Express dasturi ishga tushirilgach, ekranda lavha hosil bo’ladi:
Menyular satrida ,,Fayl" (Файл), ,,Tahrir" (Правка). ,,Ko’rinishu (Вид), ,,Servis" (Сервис), ,,Xabar" (Сообщение) va ,,Ma'lumot" (Cnравка) menyulari joylashgan.
Fayl menyusi yordamida asosan yangi xabar hosil qilish, avval hosil qilingan xabarni ochisb, xabarni chop etish, dasturdan chiqish amallari bajariladi.
Tahrir menyusi tarkibidagi amallar asosan nusxa olish, izlash, belgilash ishlari bajarishga xizmat qiladi.
Ko’rinish menyusi dastur interfeysining ko’rinishini o’zgar-tirish, shrift o’lchami va xabarlarni saralash usulini tanlash kabi amallarni bajarishga mo’ljallangan.
Servis menyusi yordamida elektron pochta orqali xabar yuborish, xabarlarni qabui qilish, dastur parametrlarini o’zgar-tirish kabi amallar bajariladi.
Xabar menyusi asosan xabar hosil qilish, kelgan xabarga javob yuborish kabi ishlarni bajarishga xizmat qiladi.
Ma'lumot menyusiga kirib, dastur haqida ma'lumot olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |