O’lchash aniqligi - bu o’lchash natijalarini va o’lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir.
O’lchash xatoligi o’lchash natijasining o’lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir.
Fizikaviy kattalikning asl qiymati xatoliklardan xoli bo’lgan qiymatdir.
O’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yo’l qo’yilgan xatoliklar ta’sirida olingan natijalar qiymatidir.
O’lchash ob’ekti qiymati o’lchanayotgan kattalikdir.
Metrologiya - O’lchashlar, ularning birliligini ta’minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to’g’risidagi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |