6- amaliy mashg`ulot
Mavzu: Suyuqliklar harakatining ikki rejimiga doir masalalar yechish
I. Mashg’ulotning maqsadi: Suyuqliklar harakatining ikki rejimiga doir masalalar yechishni o’rgatishga qaratilgan.
II. Mashg’ulotni o’tkazishga oid bo’lgan vositalar: Hisoblash uchun kalkulyator.
III. Mashg’ulotga oid nazariy ma’lumotlar
Gidrodinamikani o’rganishning asosiy ob’ekti bu suyuqlik oqimi, ya’ni suyuqlik massasining chegaralangan sohadagi harakatidir (quvur, kanal devori).
Harakatlanuvchi suyuqlik oqiminng gidravlik ko’rsatkichlaridan biri sifatida uning gidravlikaviy radiusi o’rganiladi va u harakatlanuvchi suyuqlik tirik kesim yuzasining ho’llangan perimetriga nisbati bilan aniqlanadi:
(1)
bu yerda: ωj.s – tirik kesim yuzasi, m2;
Ss– ho’llangan perimetr, m;
Rg– gidravlikaviy radius, m.
Suyuqlikning sarflanishi deganda vaqt birlik ichida tirik kesim yuzasidan oqib o’tayotgan suyuqlik hajmiga aytiladi.
(2)
Suyuqlikning massasi hisobiga yuzaga keladigan sarflanish, kg/s:
(3)
Harakatlanuvchi suyuqlik oqiminig o‘rtacha tezligi deganda tirik kesim yuzasiga ωj.s mos keluvchi suyuqlikning sarflanishiga aytiladi.
(4)
Suyuqlik harakatning uzilmaslik tenglamasiga binoan barcha kesimlar uchun sarflanishning o’zgamas bo’lishiga binoan:
υ1∙ ω1 = υ2∙ ω2 = υ3∙ ω3 = const. (5)
Ushbu tenglamadan harakatlanuvchi suyuqlikning o’rtacha tezliklari tirik kesim yuzalariga teskari proporsionalligi kelib chiqadi:
(6)
Suyuqliklarning harakat rejimlari Reynolds sonining kritik qiymatiga nisbatan aniqlanadi, jumladan Reynolds soni:
(7)
Bu yerda: d – quvur diametri, m;
υ – suyuqlik oqimining o’rtacha tezligi, m/s;
– suyuqlikning zichligi, kg/m3;
– suyuqlikning dinamik qovushoqligi, N.s/m2;
– suyuqlikning kinematik qovushoqligi, m2/s.
Doiraviy kesimli quvurlar uchun Reynolds sonining kritik qiymati: Rekr = 2320
Reynolds sonining hisobiy qiymati uning kritik qiymatiga nisbatan turlicha bo’lishi mumkin, jumladan agar silliq doiravy kesimli quvurlar o‘rganilsa:
1. Reynolds sonining kritik qiymati Rekr 2320 bo’lsa, u holda suyuqilk harakatining rejimi laminar (qatlamli) rejimdagi harakat hosil qilinadi;
2. Reynolds sonining kritik qiymati Rekr 2320 bo’lsa, u holda suyuqilk harakatining rejimi turbulent (betartib, xaotik ) rejimdagi harakat hosil qilinadi;
3. Reynolds sonining kritik qiymati Rekr = 2320 bo’lsa, u holda suyuqilk harakatining rejimi o‘tuvchi (bir turdan ikkinchisiga o‘tuvchi) rejimdagi harakati hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |