1 – amaliy mashg’ulot. Jarayonlar va qurilmalarni hisoblash tartiblari



Download 15,14 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi15,14 Kb.
#836203
Bog'liq
1-амалий


1 – amaliy mashg’ulot.


Jarayonlar va qurilmalarni hisoblash tartiblari

Kimyo va qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasida yangi jarayonlarni yaratish yoki mavjud jarayonlarni modernizatsiya qilish paytida ushbu jarayonlarning kinetikasi o’rganiladi. O’rganilayotgan jarayonning kinetik qonuniyatlarini tahlil qilish natijasida uni amalga oshirishning optimal sharoitlari (ishchi parametrlar qiymatlarining optimal chegaralari) aniqlanadi. SHunga ko’ra, ushbu sharoitga monand bo’lgan jihoz tanlab olinadi yoki loyihalanadi. Mashina yoki qurilmani hisoblash paytida qayta ishlanayotgan xom-ashyo va materiallar oqimlarining sarflari, zaruriy energiya miqdori, qurilmaning ishchi yuzasi yoki hajmining asosiy o’lchamlari hamda jarayon davri aniqlanadi.


Jarayonlar va qurilmalarni hisoblash tartiblari quyidagi ketma-ketlikda bajariladi.
1. Jarayonni moddiy va issiqlik balansi tuziladi. Ushbu balans tenglamalariga asosan qurilmaga kiritilayotgan va undan chiqayotgan moddiy va energetik oqimlar sarfi (miqdori) aniqlanadi.
2. Statik rejimlar uchun jarayon yo’nalishi va muvozanat holatining chegaralari aniqlanadi.
3. Jarayonni harakatga keltiruvchi kuch (kontsentratsiya, harorat va bosimlar farqi) qiymati aniqlanadi.
4. Jarayon kinetikasi asosida uning tezligi va davri aniqlanadi.
5. Jarayon parametrlarining optimal qiymatlari bo’yicha qurilmani ishchi yuzasi yoki hajmi hisoblanadi.
6. Qurilmani hisoblangan konstruktiv o’lchamlariga ko’ra uning barcha elementlarini geometrik o’lchamlari aniqlanadi. Zaruriy hollarda mustahkamlik hisoblari ham bajariladi.
Jarayonni amalga oshirish paytida qurilma yoki mashinaning ishchi organlariga ta’sir etuvchi kuchlar qiymati hisoblanadi. SHundan so’ng, ishchi organ harakati uchun zarur bo’lgan quvvat miqdori aniqlanadi.
8. Kinematik hisoblar asosida mexanik uzatmalarni foydali ish koeffitsienti va uzatishlar soni aniqlanib, texnologik jihoz elektrodvigatelining iste’mol quvvati aniqlanadi. Bu turdagi hisoblashlarni bajarish uslublari “Amaliy mexanika” fani materiallarida o’rganilgan va zaruriy ma’lumotlar adabiyotlarda keng yoritilgan.
Qayta ishlanayotgan materiallarning massaviy oqimlarini aniqlashdan maqsad mashina va qurilmalarni hisoblash hamda zarur energiya miqdorini, issiqlik va massa almashinish qurilmalarning optimal yuzalarini yoki jarayonning davomiyligini aniqlashdir.
Moddiy balans massaning saqlanish qonuniga tayanib tuziladi, ya’ni jarayon o’tkazilish paytida qurilmaga kiritilayotgan material miqdori ƩGbosh undan chiqayotgan mahsulot miqdori ƩGox ga teng bo’lishi zarur:

ƩGbosh = ƩGox


Moddiy balans asosida chiqayotgan mahsulot miqdori topiladi, ya’ni maksimal mahsulot chiqarish imkoniyatiga nisbatan protsent hisobida chiqqan tayyor mahsulot miqdori. Odatda olingan tayyor mahsulot miqdori sarflangan xomashyo birligiga hisoblanadi.
Lekin sanoatda qurilmani ishlatish va jarayonni borishi davrida qaytarib bo’lmaydigan moddiy yo’qotishlar albatta bo’ladi.

ƩGbosh = ƩGox + ƩGyo’q




Issiqlik balansi energiya saqlanish qonuniga tayanibtuziladi: ya’ni, jarayonga kiritilayotgan energiya miqdori ƩGbosh , unda ajralib chiqayotgan energiya miqdoriga teng bo’lishi kerak:
ƩGbosh = ƩGox + ƩGyo’q

Demak, chiqib ketadigan issiqlik miqdori, mahsulot va issiqlik ilitgich bilan birga chiqayotgan issiqlik miqdorlariga teng.


Qurilma asosiy o’lchamlarini aniqlash uzluksiz ishlaydigan qurilma asosiy o’lchamlari hisoblanadi. Agar qurilmadan vaqt biriligida o’tayotgan muhit xajmi V ma’lum bo’lsa va chiziqli tezligi w berilgan yoki qabul qilingan bo’lsa, qurilmaning ko’ndalang kesim yuzasi F ushbu formuladan topiladi.

F=V/w



Qurilmaning asosiy o’lchamlaridan biri bo’lgan F yuqori formuladan topiladi. TSilindr shakldagi qurilmalar uchun uning diametri - D. Yana bir asosiy o’lchamlaridan biri qurilma ishchi balandligi – H, qurilma ishchi xajmi yoki yuza topilishi mumkin. Agar F ma’lum bo’lsa va qurilma ishchi xajmi V topilishi mumkin. V= F*H formuladan foydalanib qurilma balandligi H hisoblanadi.
Download 15,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish