Ayrim yozuv qoidalari. Daftarlarning past tomonidagi burchagini ko‘krak
o‘rtasining qarshisiga to‘g‘ri qo‘yish; daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib
yozish; boshini bir oz pastga egib, to‘g‘ri o‘tirish; oyoqni bo‘sh tutib, yerga
qo‘yib o‘tirish; qo‘lning tirsagini parta ustida tutish. Ruchkani uch barmoq orasida
erkin ushlash. Har bir harfni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‘g‘in va
so‘zlarni aniq yozishga harakat qilish; harf va harf birikmalarini to‘g‘ri va aniq
shakllantirish; shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish; har bir mashqni uch-to‘rt
marta takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |