Ilmiy, ilmiy-texnika salohiyati
Ilmiy salohiyatning makroparametrlari boiib YalMning fan sig‘imi, ilmiy tarmoqlarda band boiganlaming o‘rtacha yillik soni va ulaming iqtisodiyotda band boiganlarga nisbati, ilmiy tashkilot va muassasalaming soni hisoblanadi.
An’anaviy ilmiy tashkilotlar uchta sohaga bo’linadi: akademik, oliy o‘quv yurtlari va tarmoq institutlari. Yirik korxona- lar huzurida ham ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadigan boiim lar mavjud. 2016-yilda mamlakatimizda 437 ta ilmiy tadqiqot va tajriba-konstmktorlik ishlanmalarini bajaradigan tashkilotlar faoliyat ko‘rsatdi.
Ulardan 65 tasi ilmiy tadqiqot tashkilotlari, 63 tasi oliy ta’lim muassasalari, qolganlari loyiha va loyiha-qidimv tashkilotlari, sanoat korxonalari va konstruk- torlik tashkilotlaridir. Bu tashkilotlarda 36984 nafar kishi ilmiy xodimlar hisoblansa, ulaming 31966 nafari ilmiy tadqiqot va tajriba-konstmktorlik ishlarini bajarganlardir.
Mamlakat fanining shtabi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ( O‘zFA) boiib keldi. Ilmiy tadqiqot muassasalari va tadqiqot- chi xodimlaming asosiy qismi ana shu markazda to‘plangan edi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taiim vazirligi huzuridagi oliy o‘quv yurtlari ilmiy tadqiqot sektorlari, markazlari va laboratoriyalarining ahami- yati ortmoqda. Ularda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar davlat fan-texnika dasturlarini bajarish va oliy malakali muta- xassislar tayyorlashga qaratilgan.
Tarmoq fani, asosan, ilmiy-texnika markazlari, konstruk- torlik-texnologiya byurosi, sanoatning o‘zak korxonalari, qurilish, agrosanoat majmuasi, sog’liqni saqlash ilmiy tadqiqot muassasalarini birlashtiradi.
Ilmiy va ilmiy-texnika salohiyatining sifat tavsifini iming tarmoq tarkibi beradi. An’anaviy tabiiy, texnik, tibbiy, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy va gumanitar fanlarga guruhlash qabul qilin- gan. Keyingi yillarda texnika fanlarining ahamiyati ortib bor- moqda.
Xarajatlaming ham asosiy qismi ana shu fan sohalarini rivojlantirishga sarflanmoqda. Bu tendensiya mamlakatimizda olib borilayotgan davlat iqtisodiy siyosati bilan bog‘liq. Milliy iqtisodiyotda yangi industrlashtirish, modemizatsiyalash va ular pirovardida esa yuqori texnologiyali innovatsion ishlab chiqarishga o‘tish jarayonlari bormoqda.
Olib borilayotgan bozor islohotlari mamlakat fanini tashkil etish, ilmiy kadrlami tayyorlash yo‘nalishlarini ham qamrab olgan, chunki tadqiqotchilar ilmiy-texnika salohiyatining muhim qismi hisoblanadi. Ulaming malakaviy tayyorgarligi, bilimi va obro‘-e’tibori milliy fanimizning rivojlanish darajasini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Shuning uchun ham ulaming sifat tarkibini o‘zgartirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsad- da katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti joriy qilindi. U fan va texnikaning o‘ta muhim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlami kunduzgi o‘qish shaklida tayyor- lashni taqozo etadi. Ular o‘qish davomida dolzarb mavzularda dissertatsiya tayyorlash ustida ish olib boradilar. 2016-yilda 128 ta ilmiy tashkilot katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutiga ega bo‘ldi. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar soni 1370 nafami tashkil qildi. Ulaming eng ko‘pi tabiiy, texnika, tibbiyot, iqti- sodiyot va pedagogika fanlari yo‘nalishlarida tadqiqot olib bor- moqda.
Ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirish mexanizmi ham takomillashib bormoqda.
Ilmiy tadqiqotlaming umumiy xarajatlari tashkilotlar bajaradigan ichki ishlar va bu ishlami baja- mvchilarga sarflanadigan xarajatlardan tarkib topadi. Ular uch sektorga – davlat, tadbirkorlik va oliy ta’lim tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarga bo‘linadi. Turli xil jamg‘armalar ham ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishga ko‘maklashishi mumkin. Ichki xarajatlar, asosan, ish haqi va asbob-uskunalar sotib olishdan iborat.
Fanning moddiy-texnika bazasi ilmiy, konstruktorlik tashkilot va korxonalari, infratuzilma obyektlarining asosiy fondlari (bino, inshootlar, maxsus laboratoriyalar, texnologik asbob- uskuna va jihozlar)ni o‘z ichiga oladi. Uning o‘zagi, faol qismini ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan asbob-uskuna va jihozlar tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqotlar, asosan, uch yo‘nalishda olib boriladi: fun- damental tadqiqotlar yangi bilimlar (gipoteza, nazariya, uslubiyat)ga, amaliy tadqiqotlar – texnik va texnologik yangilikni ishlab chiqishda yangi bilimlardan foydalanish usul va yo‘llariga, tadqiqot va ishlanmalar – yangi materiallar, mahsulotlar, quril- malar, texnologik jarayonlarga qaratiladi.
Ilmiy tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi bir qator omillarga bog‘liq. Ulardan asosiylari quyidagilar:
– tadqiqotning texnik darajasi, tugallanganligi, joriy etishga tayyorligi;
– ilmiy tadqiqotni joriy etishning biznes-rejasi, tijoratlashti- rish strategiyasi;
– intellektual mulkning himoyalanganligi;
– bozoming imkoniyatlari (sig‘imi);
– inson resurslari, intellektual (kadrlar) salohiyati;
– moliya kapitali.
Innovatsiya, qachonki tovar va xizmatlar bozorida sotilsagina amalga oshgan hisoblanadi. Kashfiyot, nou-xau, ixtiro, patent, litsenziya, foydali modellar, sanoat namunalari, axborot texnologiyalari, konsepsiyalar, boshqarish organlariga ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tavsiyalar va boshqa shakllardagi ilmiy natijalar fan uchun mustaqil qimmatga ega bo‘la turib, faqat innovatsiya bosqichini bosib o‘tgandan keyingina bozor ahamiyatini kasb etadi. Shuning uchun ham mamlakat zamo- naviy innovatsiya sohasiga, bozor munosabatlariga javob bera- digan kuchli innovatsiya salohiyatiga ega bo‘lishi zarur.
Shunday qilib, innovatsion iqtisodiyot korxonaning amali- yotida doimiy ilmiy ishlanmalar, yangi konsepsiyalar, g‘oya va ixtirolar hamda ulardan foydalanish qobiliyati, unga inti- lishidir. Innovatsionlik, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida mavjud texnologiyani takomillashtirish va rivojlantirish, boshqarish va tashkil qilishda yangi qarorlarni joriy qilish, ayniqsa, axborot to‘plash, axborot olish va uni qayta ishlash sohasida infratuzilmani takomillashtirish va rivojlantirishni ham bildiradi.
Milliy iqtisodiyotning texnologik darajasi va raqobatbardoshligining asosiy makroko‘rsatkichi – mamlakat eksportida yuqori texnologiyali, fan, ilm sig‘imi yuqori mahsulotlar hissasidir.
Fan sig‘imi yuqori mahsulotlar jahon bozorida axborot texnologiyalari hissasi 5 foiz. 2020-yilda uning hissasi jahon YalMida 9 foizga yetadi. Hozir bu ko‘rsatkich Janubiy Koreyada 11,8, AQSHda – 6,8, Shvetsiyada 7 va 0 ‘zbekistonda 2 foizdir.
Innovatsion ishlab chiqarishga o‘tish oson ishlardan emas, albatta. Bu borada qator to‘siqlar, qiyinchiliklar uchraydi:
– moliyaviy vositalaming yetishmasligi;
– malakali innovator-kadrlar kamligi;
– soliq tizimining takomillashmaganligi;
– yangi texnika va u haqidagi axborotning yetishmasligi;
– innovatsion mahsulotlar bozorining torligi;
– yangilikni joriy etish xarajatlarining yuqoriligi shular jumlasidandir.
O‘zbekistonda « O‘zeltexsanoat» tizimidagi qator korxona- lar – OAO «Foton», «Sino», « 0 ‘zelektroterm», NPK «Kvark» va boshqa korxonalarda innovatsion turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatimizda oliy malakali in- novator kadrlar Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Turin politexnika (Italiya) va Inha (Koreya Respublikasi) universitetlarida va boshqa oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |