0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot



Download 2,36 Mb.
bet84/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   266
«Taklif funksiyasi» - taklif hajmining uni belgilovchi omillarga bog‘liqligidir.

Agar taklif hajmini belgilovchi barcha omillarni shu tovar baho- sidan tashqari o‘zgarmas deb qabul qilinsa, unda taklif funksiyasidan taklifning bahoga bog'liq bo‘lgan funksiyasiga o'tish mumkin: QsA=f(PA) taklifning bahoga bog‘liqlik funksiyasini talab funksiyasiga o'xshash quyidagi misol yordamida ko‘rish mumkin:




PA(qiymat birligi hisobida)

Qsa (taklif miqdori, birlik hisobida)

100

300

150

500

500

1000








Taklif hajmini baho darajasiga bogTiqligini quyidagi 7-chizma ko‘rsatadi:



7-chizma.
Taklif chizig'i.


Demak, baho kamayishi bilan taklif hajmi pasayadi va aksincha baho o‘sishi bilan ortadi. Taklif qonunining mohiyati ham shunda.

KoTinib turibdiki, baho kamayishi bilan takif hajmi ortib bor- moqda. Baho R2>P( bo'lganda Q2PS2 yoki S2,S, taklif chizig'i yo'nalishida taklif hajmining o'zgrishini ifodalaydi.

Taklifning o‘zgarishi — taklif chizig‘ining S, dan S2 holatiga surilishidir.

«Taklif bahosi» deganda, sotuvchilar tovar miqdorini bozorda eng past (minimal) narxda sotishga bo‘lgan roziligiga aytiladi. Xaridor va sotuvchilarning ta’sir darajasi quyidagi chizmadan ko‘rinadi:




8-chizma.
Bozor muvozanati


S - taklifning bahoga bogMiqlik funksiyasi;

E — muvozanat nuqtasi;

D - talabning bahoga bog'liqlik funksiyasi.

Talab hajmi taklif hajmiga mos kelgandagi, baho — PE muvo- zanatlashgan baho deyiladi. Bozorda muvozanatlashgan bahoda sotiladigan QE miqdordagi tovarga muvozanatlashgan miqdordagi tovar deyiladi.

E koordinatasida QE=Q=QD bo‘ladi.

Bunda:

Qs - taklif hajmi;



Qd — talab hajmi.

Muvozanat holatida bozor balanslashgan bo‘lib, sotuvchida ham, xaridorda ham uni buzish uchun harakat bo‘lmaydi. Bozor balans- lashmagan holatda xaridorda yoki sotuvchida bozordagi holatni o^zgartidsh xohishi paydo bo‘ladi. Faraz qiling, haqiqiy bozor bahosi muvozanat bahodan katta bo‘lsin, ya’ni P>RE (8-chizma). Bunday bahoda talab hajmi QD ga, taklif hajmi Qs ga teng. Bu holatda ishlab chiqaruvchilar tovar narxini bir muncha kamaytirishni lozim topa- dilar.



Haqiqiy bahoning muvozanatlashgan bahodan past bo‘lgan hola­tiga qaralsa, unda talab hajmi (QD), taklif hajmi (Qs) dan yuqori. Ayrim xaridorlar tovarni yuqori narxda xarid qilishni munosib topadi. Natijada talabning ortiqchaligi (ya’ni QD>QS) tovarning bahosi (R) ni oshishiga ta’sir qiladi. Bunday jarayon narx bir joyga borib to'xtamaguncha, ya’ni talab hajmi bilan taklif hajmi teng kelguncha davom etaveradi. Muvozanat holatidan har qanday chetga chiqish bozorni dastlabki holatiga qaytaruvchi ko'rsatkichlami harakatga keltiradi.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish