0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot



Download 2,36 Mb.
bet150/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   266
P res

Ps=MRC=Ac

Q res

0

44-chizma. Raqobatdagi firmaning resurslarga bo‘lgan talabi.

Qe miqdorda resurs ishlatilganda chizmadagi E nuqtada MRP va MRC laming tengligiga erishish mumkin.






45-chizma.
Firma tomonidan resurslarni xarid qilish hajmini tanlash.




Firma qachon resurslarni ko‘p xarid qiladi? Qo‘shimcha birlik resurslar (MRP) dan keladigan daromad ulardan foydalanish xara- jatlaridan yuqori bo‘lishini ta’minlasa (MRC), firma resurslarni ko‘proq xarid qiladi. Shunda MRP>MRC va MRP chizig'i MRC dan tepada turadi.

Agar MRP < MRC bo‘lsa, qo‘shimcha omillardan foydalanish xarajatlari daromadga nisbatan ko‘proq kamayadi.



Firma foydasini maksimal darajada bo‘lishining asosiy sharti — resurslarni pirovard unumdorligining pirovard xarajatlarga teng kelishidadir: MRP=MRC.

Bu fikrlar firmaning mahsulot sotishdagi muvozanati shartiga ancha o‘xshash keladi: MR=MC. Lekin unda mahsulotni sotish to‘g‘risida, bu yerda resurslar xarajati to‘g‘risida gap boradi.

Tayyor mahsulot bozori raqobatlimi yoki monopol holatdami, undan qat’iy nazar firmaning ishlab chiqarish omillari bozoridagi muvozanatining bu oltin qoidasi: MRP=MRC — har qanday ishlab chiqarish omillari bozori uchun bor bo‘lgan haqiqatni o‘zginasi.

Raqobatdagi va monopol sharoitdagi firma uchun tayyor mahsulot bozorida amal qilayotgan resurslarning pirovard unumdorligi boshqacha.

Tayyor mahsulot va xizmatlarning takomillashgan raqobat bozorida firma o‘z mahsulotining hammasini o‘sha bir xil bozor bahosida sotadi. Agar firma resurs birligining miqdorini oshirsa, resurslarning pirovard unumdorligi, ya’ni shuning hisobicha olinadigan pirovard mahsulot hajmi kamayadi. Chunki resurslar unumdorligining kamayib borish qonuni amal qiladi. Resurslarning pirovard unumdorligi MRPc=MP x MR, bunda MR=P, shuning uchun MRPc=MP x P.

Agar tayyor mahsulot bozorida firma yakka hokim bo‘lsa, u o‘z mahsulotini bozordagi baho pasaygandagina ko‘proq sotishi mumkin. U holda firmaning pirovard daromadi har doim baho darajasidan kam bo‘ladi: (MR




46-chiyna
. Raqobatdagi va monopol sharoitdagi firma resurslarining pirovard unumdorligi.


(MRPm = MP x MR) (MRPc = MP x P)

Bunda:

MRPm — monopol firmaning ma’lum miqdordagi resurslarining pirovard unumdorligi;



MRPc — raqobatdagi firma resurslarining pirovard unumdorligi.

Bunday holat firma uchun muhim ahamiyatga ega, chunki resurs- laming pirovard unumdorligi firma ishlatishi lozim bo‘lgan resurslar miqdorini aniqlashga yordam beradi.

Raqobatdagi va monopol sharoitdagi firma ishlatadigan resurslar miqdori 47-chizmada ko‘rsatilgan.




47-chizjna.
Raqobatdagi va monopol firmaning xarid qiladigan resurslari hajmi.


Amaliyotda uzoq davr mobaynida firma ishlatadigan barcha resurs­lar miqdorini o'zgartirishi mumkin. Shuning uchun barcha resurslar miqdori o‘zgarib tursa, firmaga qancha resurs zarur bo'ladi? Ularning har bir turidan qancha olish kerak?

Masalan, mehnat (L), kapital (K) kabi resurslarning turlicha miqdori mahsulot hajmini (Q) bir xil darajada ko'paytiradi (Izok- vanta), (48-chizma).




48-chizma.
Teng miqdorda mahsulot ishlab chiqarish egri chizig‘i (Izokvanta).

Firma o‘z foydasini maksimal darajaga yetkazish uchun nima qilishi zarur? Faqat xarajatlami kamaytirish kifoya emas. Firmaning tovarlarni eng kam sarf-xarajat bilan turlicha hajmda ishlab chiqarishi yo'Ilari ko‘p.

Resurslar bozorida foydani maksimal darajaga yetkazishning asosiy sharti - resurs xarajatlari (resurs bahosi) bilan resurslarni pirovard mahsuldorligining tengligini ta’minlashdir. Masalan, mehnat resurslari:


= mrpl



mrpl

~pT

Boshqacha qilib aytsak, mehnat xarajatlariga yarasha ish bajarilishi, mahsulot ishlab chiqarilishi zarur.

Kapital resursi uchun ham shu qoidani qo‘llash mumkin. Buning uchun kapitalning bahosi (Pk) kapitalning pul hisobidagi pirovard mahsuliga (MRRk) barobar kelishi lozim:

Pk = MRPk

Shunday qilib, firma raqobat bozorida resurslardan foydalanishda maksimal foydaga erishishni ta’minlaydigan resurslar miqdorini xarid qiladi.


MRPl,

Pl

P=MRP; Pk=MRPk yoki


MPPk

-— = 1 bo‘lsa, ishlab Pk

Firma ishlatadigan resursning miqdori uning bahosini shu resurs hisobiga olinadigan pul qiymatidagi pirovard mahsulotiga barobar kelgandagina o‘z foydasini maksimal darajaga chiqara oladi:




49-chizma.
Resurslarni optimal bog'lab (tanlab) ishlatish.

chiqarish omillaridan binning bahosi o‘zgarsa, boshqa omillar hisobiga o‘z foydasini oshiradi. Buni 49-chizma ko‘rsatadi:

Mehnat resurslarini ishlatish ko‘payib borishi bilan uning pirovard samarasi MRPL pasayadi. Kapital sarfming ko'payib borishi bilan uning pirovard mahsuli (MRPk) kamayadi, Q egri chizig'idagi barcha nuqtalarda ishlab chiqarish omillarining umumiy unumdorligi ortadi. Shuning uchun Q egri chizig‘i ishlatiladigan ishlab chiqarish omillari unumdorligining nisbatini ko‘rsatadi. C egri chizig‘i esa E nuqtada ishlab chiqarish omillari bahosining nisbatini Pk/P ko‘rsatadi:



MRPK Pk MRPl = T[

Bu E nuqta ishlab chiqarish resurslardan optimal ravishda foy- dalanib, Q hajmda mahsulot ishlab chiqarish bilan foydani maksimal darajaga yetkazilishini ko'rsatadi.

Shu bilan birga dastgohlar uchun baho pasaysa (demak, xarajatlar kamaysa) firma mahsuloti ko‘payadi. 0‘z navbatida mahsulot haj- mining o'sishi resurslarga bo‘lgan barcha talabni ko'paytiradi. Dast­gohlar bahosining pasayishi ishlab chiqarish hajmining samarasini oshiradi.

Boshqacha qilib aytganda, zamonaviy, unumdorroq va nisbatan arzon texnologiyalarni qo‘llanilishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish ko‘payadi, korxona foydasi oshadi va resurslarga boigan talab yanada kuchayadi.

Demak, dastgohlar bahosining pasayishi ishchi kuchiga bo‘lgan talabni pasaytirsa, ishlab chiqarish hajmining samarasi ortadi.

Raqobat bozorida ishlab chiqarish omillarining muvozanati ularga bo'lgan talab va taklifning tengligiga bog‘liq. E nuqtada muvozanat baho Pe ga teng bo'lib, muvozanat hajmidagi resurslar miqdori Qe bo'ladi (51-chizma).






50-chizma.
Resursning bozor taklifi. 166

51-chizmaga asosan, agar tayyor mahsulot bozori takomillashgan raqobatda bo'lsa, D resursga bo‘lgan talab egri chizig'i resursning pirovard unumdorligini (MRP) ifoda etadi. Bundan iste’molchilar manfaatdor boTadi. Yuqorida aytilganidek, resurslar birligining xarajati ortib borsa, ularning pirovard unumdorligi pasayadi. Resurs taklifi egri chizig‘i bu firmaning xarajati, ya’ni qo'shimcha birlik resurs ishlatishdan hosil bo'lgan pirovard xarajatlardir (MRC). Shunday qilib, E nuqtada resursning pirovard unumdorligi (MRP), uning pirovard xarajatlariga (MRC) teng keladi.


D(MRP)

51-chizma. Raqobat bozorida ishlab chiqarish omillarining talabi va taklifi.
Ishlab chiqarish omil- в lari bozori va tayyor mah-

sulot bozori, ya’ni ikkala n / S(MRC)

bozor takomillashgan ra­qobatda bo'lsa, resurs- lardan foydalanish sama- rali bo‘ladi. Bunga sabab, umumiy foyda bilan umu- miy xarajatlar o‘rtasidagi farq katta bo‘ladi. 51 -chiz- mada OBEQE-QE hajmda mahsulot ishlab chiqarish- dan olingan daromad; OPEEQE-QE hajmdagi mahsulot uchun resurslar xarid qilish uchun qilingan umumiy xarajatlar PE BE uchburchak maydoni qo'shimcha miqdoriga mos keladi. Takomillashgan raqobat bozorida barcha resurslar PE bahoda sotiladi. Shu baho darajasida ishlab chiqarish oxirgi birlik (pirovard) resurs QE jalb etiladi. OPEEQE maydoni 52-chizmada iqtisodiy rentani koTsatadi. Bu yerda hamma daromad iqtisodiy rentani tashkil etadi, chunki resurslar bahosidan qat’iy nazar taklif etiladi. Bunday omillarning eng xarakterli turi - yerdir. QE dan oldingi barcha resurslar yuqori bahoda taklif etiladi. Natijada resurslardan iqtisodiy renta undiriladi; bu esa qo‘shim- cha daromad, demakdir. Yerdan foydalanish uchun to‘langan haq renta deb ataladi.

Xulosa qilinadigan boTsa, bozordagi talab va taklif resurslar qimmatini, ishlab chiqarish uchun qancha resurs kerakligini aniqlab beradi.




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish