Sherik bo‘lib ish bajarishda amal qilinishi zarur boMgan tartibotlar
R.Zohid, A.Dehqonlarning tayyorlagan «Muxtasar: (Shariat qonun- lariga qisqacha sharh)» kitobida (228-betda) aniq, ravshan qilib berilgan.
«Muxtasan>da ko‘rsatilishicha:
Sheriklik ikki turlidir. Molga egalik qilishda sheriklik, ya’ni muayyan bir narsaga ikki yoki undan ortiq kishining sherik bo‘lib egalik qilishlari.
Sherik kishilarning har qaysisi sherigining ulushida begona kishi hukmidadir.
Sheriklikning ikkinchi turi - shirkati aqd, biror ishni bajarishda sherik boiib, birga bajarmoq. Shirkati aqd ijob va qabul bilan bo‘ladi. Masalan, ikki kishining bittasi aytur: «Men seni bug'doy sotib olish uchun sherik qildim». Ikkinchi - qabul qildim deyur.
Biror ish qilishdagi sheriklikning sharti shuki, aytilgan ishning foydasidan bo'ladigan bir miqdor pulni sheriklardan bittasining nomiga bog‘lab qo'yilmaydi. Masalan, Zayd bilan Umar sherik ekan, bu ishdan Zaydga yuz dirxam bo‘lur, deb belgilansa - bu sheriklik buzuq bo‘lur, chunki oldindan bilib bo‘lmaydi. Chunki foyda umuman bo'lmasligi ham mumkin.
Ish qilishda sheriklik to‘rt turlidir. Bittasi muvafazo - topshirishda sheriklik. Ya’ni bir-biriga mollarni topshirishda monelik qilmaslar. Topshirishdagi sheriklik shunday bo'lishi kerakki, sheriklashayotgan ikki kishi, molda, ozodlikda, dinda bir xil bo‘ladi.
Topshirishdagi sheriklikda ikki sherik bir-biriga vakildir, bittasi qilgan ishning haqi, hukmi ikkinchisiga ham tegishli, bir-biriga kafildirlar. Masalan, bittasi bir kishining narsasini zo'rlab olsa. yoki yo'qqa chiqarsa, buni to'lash ikkalasiga ham vojib bo'ladi. Bunday muvafazo shirkatida sheriklikda ikki kishining bittasi sotib olgan narsa ikkinchisiniki bo'lur. Magar, sotib oluvchining uy jamoati uchun olingan taomlar, kiyimlar esa faqat sotib oluvchinikidir. Bunday sherikchilikda ikki kishining bittasi ustiga qarz to'lash lozim bo‘lsa, ikkinchisiga ham lozim bo'lur.
Ish boshlig'i ish haqini xohlaganicha xoh u sherikka, xoh bu sherikka bermagi durust.
Garchi ishni bittasi bajarsa-da, ish haqi — ikkalasi o‘rtasida aqd vaqtida aytilganicha bo'lur.
Islom shariatining hukmlaridan olingan qonunlar «fiqh»dir. Islom fiqhi barcha diniy ibodatlarni ado etish qoidalarini aniq va ravshan
ifodalab bergan, musulmonlarning huquq va burchlarini bayon qilib, shaxsiy va jamiyat hayotidagi nizomi tartiblarni qaror toptirgan. Islom flqhi shu darajada mufassalki, unda kundalik hayotda uchraydigan barcha katta-kichik masalalar - xoh u iqtisodiy, moliyaviy sohada bo'lsin, xoh ijtimoiy-ma’muriy, qonunshunoslik doirasida bo‘lsin — o‘z ifodasini topgan va hayotiy zaminda aniq va tushunarli yechilgan.
Qonun asosida tadbirkorlikni tashkil etishning ideal shakllari yo‘q, har bir ko‘rsatilgan shakldagilar o‘zlarining afzalliklari va kam- chiliklariga ega. Shuning uchun endigina ish boshlovchi tadbirkorlar qaysi shakliiii tanlashi turli xil shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |