0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish yaxshi bo‘lishi uchun eng muhim omillardan biri boMgan — «tadbirkorlik qobiliyati» ham zarur ekan



Download 2,36 Mb.
bet182/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   266
Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish yaxshi bo‘lishi uchun eng muhim omillardan biri boMgan — «tadbirkorlik qobiliyati» ham zarur ekan. Gap shundaki, bozor iqtisodiyotida «mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati» ga alohida o‘rin beriladi. Tadbirkor o‘ziga xos qobiliyatga, harakterga, bilimga ega bo‘lgan tinimsiz izlanuvchi, yangilikka inti- luvchi, ixtiro qiluvchi, tashabbuskor kishidir. Ishlab chiqarish omillarini birlashishi tadbirkorsiz amalga oshmaydi. Tadbirkor resurslarni yangicha kombinatsiyalarini topib, alohida korxonalar va butun iqtisodiyotning rivojini ta’minlaydi.

Awalgi tuzum davrida «tadbirkorlik qobiliyati» tushunchasi ham tadbirkorlarning o‘zlari ham tan olinmagan. Tadbirkorlik qobiliyati o'ziga xos aql, idrok, tavakkalchilik, bilim, shijoat talab etadi.

Bunday hislatlar, qobiliyat hammada ham bo‘lavermaydi. Demak, mehnatga layoqatli kishilaming hatti-harakatlari resurslar cheklangan sharoitda maksimal darajadagi natijalarga qaratilishi lozim.

Juda qadimdan inson mehnati har qanday xo‘jalik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib kelgan. Uni ishlab chiqarishning universal omili deb hisoblasa ham to‘g‘ri bo'ladi. XVII asrning klassik iqtisodiy siyosatining asoschilaridan bo'lgan ingliz olimi V.Petti 1664-yili shunday deb ko'rsatgan edi:

«Mehnat — boylikning otasi va uni faol yaratuvchi omili, yer esa — uning onasi». Haqiqatdan ham har qanday tovami yaratish va xizmat ishlarini bajarish uchun moddiy resurslar va ularga ta’sir etuvchi inson mehnati zarurdir.

Ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonida, ayirboshlash va bozor munosabatlarini rivojlanishi mehnatni o‘ziga xos tovarga aylantirdi. Mehnat sotiladigan va sotib olinadigan bo‘ldi, bunday resursga talab va taklif shakllandi. Bu mehnat bozorini yaratilganini ko‘rsatadi. Bunday bozorda boshqa resurslar bozoriga o'xshash xaridor sifatida korxonalar, firmalar yuzaga keldi. Mehnat bozorining eng asosiy xususiyati shundaki, mehnat omilining egasi va sotuvchisi bo‘lib (mehnatga Ioyiq bo‘lmaganlardan tashqari) butun aholi hisoblanadi.

Mehnat bozoridagi munosabatlar - ko‘pchilik fuqarolar hayo- tining eng muhim munosabatlari bo‘lib hisoblanadi va shuning uchun ham bu sohani o‘rganishga ilmiy izlanuvchilarning ko‘pchiligi o‘z fikrlarini qaratmoqdalar. Shuning uchun mehnat bozori muammolarini chuqur bilish jamiyatning boshqa barcha iqtisodiy, ijtimoiy muam­molarini tushunish va hal etishda muhim ahamiyatga ega.

Mashhur iqtisodchi olimlar (R.Barr va boshqalar) fikricha meh­natni tahlil qilishda ular uch guruhga bo‘lib o'rganiladi:



  1. Mehnatni demografik ko‘rinishi (aspekti);

  2. Mehnatni iqtisodiy ko‘rinishi;

  3. Mehnatni huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlari.

Mehnatni demografik holatini o‘rganish shuning uchun kerakki, bunda butun mamlakat aholisi iste’molchi hisoblanadi, Iekin ularning hammasi ham ishlab chiqaruvchi emas.

Milliy mahsulotni yaratishda aholining faqat iqtisodiy jihatdan faol qismi ishtirok etadi.




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish