Mahsulot tannarxidagi xarajatlarning salmogMga ko‘ra korxonalar:
xomashyo materiallarini ko'p iste’mol qiladigan;
asosiy fondlar bilan ko'proq qurollangan;
elektr energiyani ko'p iste’mol qiladigan;
mehnat sarfini ko'p talab qiladigan turlarga ajratiladi. Korxo- nalarni bunday guruhlarga ishlab chiqarish xarajatlarini ajratish, kamaytirish manba’larini, yo'llarini topishda zarur bo'ladi.
Texnika taraqqiyotining darajasi bo‘yicha: avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan, kompleks mexanizatsiyalashtirilgan va qis- man mexanizatsiyalashtirilgan korxonalar ajratiladi.
Yil davomida ishlash vaqtiga ko‘ra: uzluksiz (bir yil, oy, sutka) to‘liq ishlaydigan, ish rejimi asosida ishlaydigan va mavsumiy ishlaydigan korxonalar ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |