0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Davlat budjeti daromadlari tarkibi (YAIM ga nisbatan %da)‘



Download 1,69 Mb.
bet113/288
Sana18.01.2022
Hajmi1,69 Mb.
#390097
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   288
Davlat budjeti daromadlari tarkibi (YAIM ga nisbatan %da)‘

Ko‘rsatkichlar

2000-y.

2003-y.

2004-y.

Yalpi ichki mahsulot, mlrd.so'm

3256,6

7450,2

12189,5

Daromadlar

28,5

25,2

22,5

To'g'ri soliqlar

7,5

6,8

6,0

Egri soliqlar

16

13,8

13,8

Mulksolig‘i va resurs to'lovlari

2,8

1,9

2,6

Ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun soliq

0,3

0,5

0,4

Boshqa daromadlar

1,9

2,2

0,9

1 0‘zbekiston axborotnomasi. 2004-y. 18-bet. YAIM - o‘sha yildagi joriy baholarda.



Jadvaldan ko’rinadiki, to‘g‘ri soliqlar ulushi kamaygan. Bunga sabab, yuridik shaxslarga va jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalarini 20%dan 18%ga va 32%dan 30% pasaytirilishidir.

Korxonalarda soliq to‘lashning ixchamlashtirilgan usuliga o‘tish egri soliqlar ulushini oshirmadi.

Mulk solig‘i stavkasi 2003-yilda 3,0%dan 2004-yilda 3,5%gacha oshirildi, natijada bunday soliq tushumlari 2003-yildagi 2,3%dan 2,6%ga oshgan.




6-jadval

To‘g‘ri soliqlar tarkibi va tuzilishi (jamiga % hisobida)

Ko'rsatkichlar

2002-y.

2003-y.

2004-y.

To‘g‘ri solig'Iar -jami

100,0

100,0

100,0

Korxonalar foydasidan soliqlar

34,4

34,1

28,4

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarning yalpi daromadidan soliqlar

-

-

8,5

Soliq undirishning soddalashtirilgan tizimidan foydalanayotgan mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq

13,1

14,1

10,2

Jismoniy shaxslar daromadidan soliq

45,6

46,7

46,2

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ul- lanuvchi tadbirkorlar daromadidan soliq

6,9

5,1

5,2





Bunday tartib yuqorida ko‘rgandek, bozor jarayonlarini borishini bo'zmagan holda davlat aralashuvining qabul qilingan azaliy qurolidir. Bozor uchun soliqning kiritilishi oqibatlari anchagina sezilarli bo‘ladi.



Soliqlar sotiladigan tovar bahosiga qo‘shi!adi, o‘z navbatida bozorning muvozanat bahosiga ta’sir etadi.

Egri soliqlar xuddi shunday ta’sir etadi. Ular, masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), bojxona to‘lovlari, ayrim xil tovarlar uchun aksiz soliqlari (benzin, tamaki, alkogolli ichimliklar va h.k.).



Egri soliqlar tuzilishining tahlili ko'rsatadiki, o‘tgan yillarga nisbatan keyingi yillarda bojxona to‘lovlari salmog‘i, transport solig‘i bir muncha oshgan va shuni hisobiga qo’shilgan qiymat solig‘i (QQS) salmog‘i pasaygan. Bu xil soliqlarni to‘lash tartibiga ko‘ra, xaridor shu tovarni egri soliq kiritilgandagi bahoda sotib olishini taqozo etadi, sotuvchi esa soliqqa teng bo‘lgan pulni budjetga o‘tkazadi.


Egri soliqlar tarkibi va tuzilishi (jamiga nisbatan %da)1


Ko'rsatkichlar

2000-y.

2003-y.

2004-y.

Egri soliqlar — jami

100,0

100,0

100,0

Qo'shilgan qiymat solig'i (QQS)

43,9

39,6

42,5

Aksiz solig'i

48,3

51,3

48,2

Bojxona to‘lovlari

2,9

3,0

3,6

Jismoniy shaxslardan yagona bojxona to'lovlari

2,4

3,3

2,5

Transport vositalari uchun jismoniy shaxslami benzin, dizel yoqilg‘isi va gazdan foydalanganlari uchun soliq

2,5

2,8

3,2





Наг bir tovar birligi uchun kiritilgan soliqqa teng bo‘lgan miqdorni hisobga olgan holda awalgi tovar bahosidan yuqori bo'lgan bahoda talab etadi (quyidagi chizmaga qarang). I







Chizmada taklif chizig‘ini yuqoriga (T oraliqqa) surilishi yuqori bahoda haq to‘lanishini ko‘rsatadi.

Shu taklif chizig'ini talab chizig‘i bilan bog‘lanishi Q, muvozanat nuqtani hosil qiladi, bunda unga mos holda yangi kamaygan (Q,) hajmdagi muvozanat miqdor va oshirilgan yangi muvozanat baho (R,) mos keladi.

Buni ma’nosi shundaki, xaridor ham soliq kiritilmasdan avvalgi bahodan yuqoriroq narxda haq to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Lekin sotuvchi ham bundan foyda ko‘rmaydi.

Sababi, sotuvchi har bir tovar bahosidan soliqqa teng miqdorda davlatga haq to‘lashi zarur bo'ladi. Natijada «soliq ajratib tash- langandagi baho» xaridorga tegishli bo'ladi va R^. ga teng bo'ladi, bu esa Rj baho darajasidan kam.

Davlatning soliq tushumlari miqdori soliq stavkasini sotilgan tovarlar miqdoriga ko‘paytmasiga teng (TxQ,) yuqoridagi chizmada bu miqdor PSP,Q,A - ni tashkil etadi. Shunda soliq yukini taqsimlash sodir bo‘ladi: soliqning bir qismini xaridorlar to‘laydi, boshqa qismini - sotuvchilar toMaydi. To‘g‘ri to‘rt burchakda ular «sotuvchilar», «xaridorlar» deb ajratilgan.

Soliq to‘lovlari chizmada bozor muvozanatining ilgari tovarlar kamyobligi va ortiqchaligi joylashgan joyda aks ettirilgan. Boshqacha qilib aytganda davlat ham sotuvchilardan ham iste’molchilardan o‘z foydasiga soliq kiritish yoii bilan foyda oladi.

Chizmadagi shtrix bilan ajratilgan uchburchak AOO, iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ifoda etib, davlat foydasiga ham o‘tmaydi. U hech kimga tegishli emas, yo‘qolib ketadi. Shuning uchun bu miqdorni soliq kiritilishi bilan jamiyatni sof yo‘qotishi deb hisoblash lozim. Subsidiyalarda ham xuddi shunday bo‘ladi.

Soliqlar ishlab chiqaruvchilar uchun ortiqcha xarajatlar keltirib chiqarsa, subsidiyalar ular xarajatini kamaytiradi va shu mahsulot uchun resurslar kamyobligini yo‘qotadi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortadi.1



  1. Soliq yukini iste’molga ta’siri

Soliq yukini taqsimlanishi uni iste’mol va ishlab chiqarishga ta’siri birinchi navbatda talab va taklif elastikligiga bog‘liq.

Elastiklik to‘g‘risida olgan bilimlardan foydalanib, bu bog‘liqlik o'rganiladi. I

Faraz qilamizki, taklif elastik bo'lmaganda talab elastikligi turlicha bo‘lgan 2 xil bozorda soliqlar kiritildi. Bu holatni sezilarli bo‘lishini ko‘rsatish uchun, birinchi holatda talabni mutlaqo elastik, ikkinchi










20-chizma. Taklif elastikligi turlicha bo'lgan sharoitda sotishdan tushgan soliqni taqsimlanishi.


holatda — mutlaqo noelastik deb olinadi. Quyidagi chizma haqiqatan ham talab egri chizig‘i gorizontal holda bo'lganda taklif chizig'ini tepaga surilish holati ro’y beradi. Lekin shuni ko’rish kerakki bahoni ozgina ko'tarilishi ishlab chiqarish hajmini anchaga pasaytiradi.

Ma’lumki, talab elastikligi, odatda iste’molda o'rindosh tovarlar bo‘lishini taqozo etadi.

Baho ozgina ko'tarilsa talab keskin tushib ketadi va talab boshqa o'rindosh tovarlarga talab ko'payadi.



  1. Soliq yukini ishlab chiqarishga ta’siri

Taklif elastikligi turlicha boTgan bozorda soliqni kiritilishi natijasida qanday o‘zgarishlar boTishi koTib chiqiladi. Ma’lumki, fikr- mulohazalar asosida quyidagicha qaror qabul qilinadi:

  • noelastik taklifda, taklif elastik boTgandagiga qaraganda soliq yig'imlari ancha yuqori bo‘ladi;

  • taklif noelastik bo'lganda soliq yuki ishlab chiqaruvchi zimmasiga tushadi, taklif elastik bo'lganda esa - iste’molchi zimmasiga tushadi.

Agar taklifni yuqori darajada elastik boTganda ishlab chiqaruvchi, xususan, o‘z faoliyati va imkoniyatlarini xohlagancha boshqara olishini eslansa, quyidagi chizma ancha tushunarli bo'ladi. Masalan, mahsulot turini, texnologiya, ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish.

Qonuniy ravishda bularning hammasi bozor konyukturasiga moslashish imkoniyatini beradi, soliq yukining eng ko‘p qismini iste’molchi zimmasiga qo'yilishini koTsatadi va aksincha, noelastik yoki bozorga moslasha olmagan ishlab chiqaruvchilar taklifi soliq yukini xaridorlar yelkasiga qo'yishi ancha mushkuldir.

Talab va taklif elastikligi turlicha bo'lgan sharoitdagi yangi soliqlarni kiritilishining umumiy natijalari quyidagi jadvalda namoyon bo'ladi.









Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish