Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini yuridik shaxs sifatida amalga oshiruvchi va oila boshlig‘iga umrbod meros qilib berilgan o'z tomor- qasida oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida oilaviy mayda tovar ishlab chiqanavchi xo‘jalikdir.
Fermer xo‘jaligi fermer xo'jaliklari a’zolarining faoliyatiga asos- langan, unga uzoq muddatga foydalanish uchun ijaraga berilgan yer tarmoqlarida qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshiradigan, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo'jalik subyektidir.
Ishlab chiqarishning tiplari bo'yicha: ommaviy tipdagi, seriya tipdagi va yakka buyurtma asosida ishlaydigan korxonalar ajratiladi.
Ixtisoslashtirish darajasi bo‘yicha: korxonalar ixtisoslash- tirilgan va ixtisoslashtirilmagan, universal va aralash korxonalarga bo'linadi. Ixtisoslashtirish — bu bir xil turdagi yoki texnologik jihatdan o'xshash, yaqin bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |