Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining shakllanishiga hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan bir hi- soblanadi. Ammo bunday muvozanatni keltirish juda murakkab va albatta sun’iy usullar bilan. Bozor qonunlari asosida esa umurnan mumkin emas. Buning asosiy sababi — taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o‘sishi.
Mehnat bozori konyukturasi shakllanishining ijtimoiy shart- sharoitlari ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko‘rsatkichlari oshishi yetakchi o‘rin egallaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shart- nomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchining sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |