0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi



Download 85,37 Kb.
Sana30.01.2017
Hajmi85,37 Kb.
#1445

0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

2014-2015 ()‘QUV YILIDA UMUMIY 0‘RTA TA’LIM MAK- TABLARINING BITIRUVCHI 9-SINF 0‘QUVCHILARI UCHUN ONA TILI, CHET TILI, TARIX, JISMONIY TARBIYA FANLARIDAN YAKUNIY NAZORAT IMTIHON MATERIALLARI VA METODIK TAVSIVALAR

G'afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2015 9-SINF BITIRUVCHILARINING YAKUNIY ATTESTATSIYASI BO‘YICHA TAVSIYA

0‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yaratgan matnda aks etadi. 9-sinfda asosiy ko‘rsatkich fikmi mantiqiy izchillikda ona tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ravon va to‘g‘ri bayon eta olish malakasi, fikr bavon etilayotgan soha bo‘vicha o'quvchining bilimlari kengligi va chuqurligi, tuzgan matnining imloviy (talaffuziy), uslubiy savodlilik darajasi bilan belgilanadi. Shu sababli IX sinf bitiruvchilari ona tili fanidan yakuniy attestatsiyada ijodiy bayon yozadilar.

Ijodiy bayon ta’limiy bayonning murakkab turlaridan biri. Ijodiy bayon tanlangan matn mazmuniga o‘quvchining ijodiy yondashi- shi jihatidan bayonning boshqa turlaridan farq qiladi. Ijodiy bayon o‘quvchilami tanlangan matnning badiiy jihatdan aniq va puxta, mantiqiy izchil, ijtimoiy hayot va voqelik bilan bog‘liq holda yoritishga, mustaqil ijodiy fikrlashga, ona tilining boy ifoda vositalaridan unumli foydalanishga o'rgatish, yozma nutq malakalarini tarkib toptirish va savodxonlik darajasini oshirish, bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida yoziladi.

Ijodiy bavonda ko‘proq badiiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalar, ijtimoiy va siyosiy hayot, fan va texnika yangiliklari, fanlararo bog‘liqlik to‘g‘risidagi mavzular yoritiladi.

0‘quvchilar bayonning quyidagi turlaridan foydalanib ijodiy bayon yozadilar:

  • matnga badiiy tasvir vositalarini kiritish orqali ijodiy bayon yozish;

  • boshlab berilgan matnni o‘z filcr-mushohadalari asosida davom ettirish;

  • matn shaxsini o‘zgartirib ijodiy bayon yozish;

  • grammatik topshiriqli ijodiy bayon.

Ijodiy bayon yozish jarayonida o'quvchilar quyidagilarga e’tibor berishlari lozim:

  • matnning mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishi, nima haqda yozish kerakligini bilishi;

  • matn mavzusiga oid ma’lumotlami eslab qolishi;

matn rejasini (sodda) tuzishi;

  • reja asosida asosiy fikrlami aniq , ketma-ket bayon etilishiga erishishi;

  • matndagi voqea-hodisalarni atroflicha mushohada etgan holda yoritishi;

  • mavzuga doir o'z mustaqil fikr-mulohazalarini yozishga erishishi;

  • jumlalarni tuzishda uslubiy ravonlikka, imlo savodxonligiga e’tibor berishi;

  • ijodiy bayonning qoralama nusxasi tayyor bo‘lgach, uni qayta o‘qib chiqishi;

  • tayyor bo‘lgan yozma ishni oqqa ko‘chirishi.

Bayon matnlari 6 variantda tayyorlanadi. Har bir variantda bit- tadan matn bo‘lib, har bir matn bilan birga ijodiy bayon yozishning bir turi asosidagi topshiria beriladi. Bir o‘quvchi 6 ta variantdan (kon- vertdan) bittasini tanlab oladi. Tanlab olingan konvertdagi matn mav- zusi doskaga yozib qo‘yiladi. Ijodiy bayon uchun berilgan topshiriq ham doskaga yozib qo‘yiladi. 0‘qituvchi tomonidan ijodiy bayon matni bir (lozim bo‘lsa ikki) marta o‘qib eshittiriladi. 0‘quvchilar eshitgan matn yuzasidan berilgan topshiriq asosida ijodiy bayon yozadilar. Ijodiy bayon hajmi kamida 3,5 bet bo‘lishi lozim.

Ijodiy bayon yozish uchun 2 astronomik soat beriladi.

Ijodiy bayon matnlari о‘qituvchi tomonidan tanlanadi va maktab metod birlashmasida muhokama qilinib ma’qullanadi. Ma’qullangan materiallar maktab rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.

Umumiy o'rta ta’lim maktablarining IX sinflarida o‘quvchilaming taMim tayyorgarligi darajasini baholashning reyting tizimiga ko‘ra ijodiy bayon quyidagi umumlashtirilgan BKM elementlari asosida tekshiriladi va baholanadi.

Bunda ijodiy bayon uchun ikkita baho, jumladan, mazmuniga va savodxonligiga (5/5 tarzida) qo’yiladi.

Bayonni baholash mezoni:


T/r

Bilim, ko‘nikma, nialakalar

Mazmuni

Savodxonligi

1.

Reja mavzuga muvofiq tuzilgan, matn rnaz- nuini to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa; so‘z boyli- gi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy til talab- lariga mos boiib; mazmun va ifodada bir-ikki xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda qo‘pol bo‘lmagan bitta imloyoki ikkita ishorat xatosi bo‘lsa; uslubiy xato bo‘lmasa.

5 ball

5 ball








2.

Matn reja asosida yoritilib, so‘z tanlashda va ifoda qurilishida har xillik bo‘lsa; mazmun va ifodada kamchilik bo‘lib, savodxonlikda 2 imlo, 2 ishorat va ikkitagacha uslubiy xato mavjud bo'Isa.

4 ball

4 ball

3.

Mavzu to‘liq yoritilmagan, mavzudan qisman chetga chiqilgan bo‘lsa; aniq voqealar izo- hida nuqsonlarga yo'l qo‘yilgan bo‘lsa; so‘z boyligi va ifoda tuzilishida nochorlik sezilib tursa; savodxonlikda 3 tagacha imlo, 4 taga- cha ishorat, 3 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.

3 ball

3 ball

.4.

Matn mazmuni ko‘p buzilgan bo'lsa; ish rejaga nios boMmasa, fikr bayoni va qurilishida kamchilik bo‘lsa, fikrlar bir- biriga bogManmasa; so‘z boyligi sayoz bo'Iib mazmun va ifodada 5-6 tagacha nuqsonga yo‘ 1 qo‘yilgan bo‘lsa; savodxonlikda 7 tagacha imlo, 7 tagacha ishorat va 7 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo'yilgan boMsa.

2 ball

2 ball

5

Me’yorlash «2» ball uchun belgilangan me- zondan oshsa.

1 ball

1 ball







Ijodiy bayon uchun matnlardan namuna

MUQADDAS BURCH

Bu dunyoda aziz-u mukarram etib yaratilgan inson boshqa mavju- dotlarga nisbatan ko‘proq tuhfaga ega. Ulardan biri har birimiz uchun ona sutidek muqaddas bo‘lgan ona tilimizdir. Hali murg‘aklik pay- timizdan boshlab bu tilda munis onalarimiz allasini tinglab, tilimiz tarovatini his etgan bo‘lsak ne ajab? Ulg‘aygan sayin olamni ko‘zimiz, ongimiz va tilimiz orqali anglay boshlaymiz. Tuyg‘ularimizni shu til yordamida ifoda etamiz. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak, til - insoniylikning bosh fazilati. Unda millatning ruhi, butunligi namoyon, orzu-umidlari mujassam.

Hazrat Navoiy bobomiz tilimizning jonkuyar targ‘ibotchisi sifati- da uning dong‘ini dunyoga taratdi. Ona tilimiz dovrug‘ini asarlari orqali yetti iqlimga yoydi.

Alisher Navoiy ona tili boyligini shunday ta’riflaydi: ‘‘Tilimiz o‘n sakkiz ming olamdan boyroq boigan shunday bir xazinaki, har bir dur-u gavhari osmon yoritkichlaridan ham porloqroq, shunday bir gulzorki, har bir guli chaman lolalaridan go‘zalroq”.

Tildagi ravon fikr — millatning so'z boyligidan dalolat. O'zbek tili purhikmat, dono fikr va ifodalarga boy. Topib aytilgan o'zbekona lutf- dan ko’ra o'ktam va qaynoq so‘z bo‘lmasa kerak. Tilimizdagi lo'nda va pishiq iboralar esa har bir kishini hayratga solishi shubhasiz, tobo- ra ravnaq topaveradi. Muhimi ona tilimizga bo‘lgan munosabat faqat qonun va qarorlarda qolib ketmasligi, aksincha, mehr bo'lib jism-u jonimizni egallashi, ruhiyatimizga ko'chishi lozim. Ona tili hayot qadar muhim, jon qadar aziz. Uni doimo asrab-avaylash, qadrlash, avloddan-avlodga to’kin yetkazish muqaddas burchimiz.

(2I0so‘z. Gazetadan)

Topshiriqlar:

  1. Matn mazmunini so'zlab bering.

  2. Matn rejasini tuzing.

  3. Kuzatishlaringiz asosida til haqidagi o‘z fikrlaringizni qo‘shib, to'liq bayon yozing.

VAQTING KETDI - BAXTING KETDI

Darhaqiqat, vaqtning qadriga yetishlikda uning har bir daqiqasidan unumli va oqilona foydalanishda gap ko‘p. Bu haqda xalq og‘zaki ijodi odobnomasida talay ibratomuz rivoyatlar-u, hikoyalar bor.

Kunlardan bir kun donishmanddan: «Siz umringizda hech xato qilganmisiz? deb so‘radilar. Qilganman, - debdi donishmand». Uch marta xazinamni yo'qotdim. Avval ne mashaqqat bilan to'plagan boyligimni yo‘qotdim. Lekin bunda men aybdor emasdim, halol mehnat qilib, yana boylik topdim. Keyin yana bir do'stimni yo'qotdim. Yo‘q uni vafot etgan deb o‘ylayman, u haqiqiy do‘st emas ekan, boshimga tashvish tushganida tashlab ketdi, do‘stligimizga xi- yonat qildi. Buning uchun ham men aybdor emasdim. Modomiki, senga xiyonat qilgan ekan, u haqiqiy do‘st bo'la olmaydi, deb o'zimni yupatdim. Keyin boshqa chinakam do'st topdim. Ammo bu orada shunday bir xazinamni yo'qotdimki, buning uchun о ‘zimni hech ke- chira olmayman. Men uni o‘z qoiim bilan yo'qotib qo‘ydim. Bu be- kor o‘tgan kunlarim, bekor kechgan oylarim, bekor o‘tgan yillarim. Mana shu xazinamni endi hech qachon topolmayman. Agar yangidan tug‘ulganimda edi, o‘sha o‘tgan damlarimni ham foydali ishlarga - o‘qishga, mehnatga sarflagan boiardim.»

Vaqtning fazilati, kuch-qudrati, undan unumli foydalanishning xosiyatlari to‘g‘risida ham hisobsiz hikmatlar, ertak-afsonalar yara- tilgan. Ularda har qanday ishni - dala ishlarimi, ekin-tikinmi, oddiy kundalik yumushmi yoki ikir-chikirmi, baribir, o‘z vaqtida bajarili- shi zarurligi uqtirilib, fursatni qoidan boy beruvchi, uni qadrlay ol- movchi kishilar oxir-oqibatda afsus-nadomatda qolishi ta’kidlanadi.

Vaqt - oltindan ham qimmat, dur-u gavhardan ham a’lo! Vaqt har qanday rohat-farog‘at, boylik va baxt-saodatning kaliti, shon-sharaf, obro‘-izzatning manbayi.

(165 so‘z. “Oltin sandiq ochildi” kitobidan)

Topshiriqlar:

  1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

  2. Matn rejasini tuzing.

  3. Vaqtning qadri haqida o‘z fikrlaringiz va matn mazmuni asosida bayon yozing.

ADOLAT VA INSONIYLIK MEZONLARI

Har bir kishining sharafi, oriyati, nomusi, jamiyatdagi obro‘- e’tibori uning shaxsi, loleyining daftaii, faoliyatida adolat degan hodisaning qanchalar mujassam bo‘lgani bilan o‘lchanadi. Chunki sharaf va nomus hech qachon adolatdan uzoq yerda yurmaydi. Adolat oqillikdan hosil bo‘ladi. Samimiylik, soddalik, ochiq yuzlilik, oqillik. olijanoblik, mehr-oqibat, muruvvat kabi ma’naviyat hodisa- lari hammasi adolatga qanday munosabatda ekanligi bilan sinaladi, qimmati anglanadi. Bular adolatning qo‘shinlari. Ular adolatga xiz- mat qilmasa, uni o‘rnatmasa, mustahkamlamasa, harakatchan kuchga aylantirmasa o‘z mohiyatini toia yuzaga chiqara olmaydi. Ulardan adolat tug‘ilmasa, o‘rnini munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, g‘irromlik, mug‘ombirlik egallab oladi.

Adolat shunday bir narsaki, u hech qachon zulm, zo‘ravonlik, mil- liy ezish, talonchilik bilan chiqisha olmaydi.

XX asr tekis, keng, to‘g‘ri, mustahkam yo‘llarni qurish va shunday yo‘llardan yurishni insoniyatga o‘rgatdi. Uzoq manzillar ya- qin bo‘ldi. Og‘irchiliklar yengilliklar bilan almashdi. Insoniyatga noma’lum bo‘lgan qit’alar qolmadi. Insoniyat ongli tarixi davomida qilgan eng ulug‘ orzularidan biri to‘g‘ri yoiga ega boiish edi.

(152 so‘z. “Mangu latofat” kitobidan)

Topshiriqlar:

  1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

  2. Matn rejasini tuzing.

  3. Adolat va insoniylik mezonlari haqida o‘z fikrlaringiz va matn mazmuni asosida bayon yozing.

YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI

Ko‘klam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda yolg‘iz o‘tiraverib, zerikib ketibdi-da, ancha vaqtdan beri Mir Alisherdan darak bo'lmadi, borib holidan bir xabar olib kelay deb, do‘sti yashaydigan mahallaga yo‘l olibdi. Borib qarasa, Mir Alisher yeng shimarib bog‘ida ishlayotgan ekan. Buni ko‘rgan sulton Husayn otidan tushib, do‘sti bilan so‘rashgach:

  • Hormang, do‘stim! Nega shoirlar majlisida ko'rinmay qoldingiz desam, bog‘bonlikni pesha qilibsiz-da! - debdi.

Mir Alisher ham belbog‘i bilan peshanasidagi terini artar ekan:

  • Ko'klam kelsa ko‘chat ek, degan ekan mashoyixlar. Shu bog‘dagi qurigan olmalarni qo‘porib tashlab, o‘rniga uch-to'rt tup yong‘oq ekayapman, - deb javob beribdi.

  • Ey do‘stim-ey, qarigan chog‘ingizda bog‘ qilishning sizga nima keragi bor, axir? Siz bilan men yoshimizni yashab, oshimizni oshagan bo‘lsak, bu yong‘oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon mevasidan yeysiz? Oxir umringizda mana shu bog‘dagi mevalarning boriga qanoat qilib, soya-salqinda tinchgina g‘azal bitib o‘tiravermaysizmi?

  • Do'stim, yaxshidan bog; qoladi, degan naqlni eshitganmisiz? Men bu ko‘chatlarni o‘zim uchun emas, mana shu mahallamiz ko‘chalarini changitib yurgan bolakaylar, balkim ularning ham bolalari uchun ekayapman. Bir kun kelib, shu ko‘chatlarning har biri azim daraxt bo‘lib, hosil bera boshlasa, odamlar uning mevasidan totib ko‘rishganda, «Bu bog‘ Mir Alisherdan qolgan!» - deyishsa, shuning o‘zi menga har qanday ne’matdan lazzatliroqdur, - deb javob beribdi.

Bu gaplarni eshitgan Sulton Husayn Mir Alisherning saxovatiga qoyil qolib, unga bir hamyon to‘la tilla chiqarib beribdi. Mir Alisher tillaga qarab turib:

  • Ana ko‘rdingizmi, do‘stim! Ekayotgan ko‘chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi, - deya kulib qo‘yibdi.

Sulton Husayn Mir Alisherning hozirjavobligiga yana bir bor qoyil qolgan ekan.

(129 so‘z. «El clesa Navoiyni» kitobidan)

Topshiriqlar:

  1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

  2. Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish borasidagi kuzatishlaringizdan foydalanib, bayon yozing.

ROST GAPIRGAN YETAR NIYATGA

0‘zbek xalq og‘zaki ijodida rostgo‘ylik yuksak insoniy fazilat sifatida bag‘oyat ulug‘lanadi, yolg‘onchilik esa qattiq qoralanadi. Rostgo‘ylik, ya’ni to‘g‘ri so‘zlash kishini murod-maqsadiga yet- kazishi, unda olijanoblik, tantilik, xushfe’llik, nozikta’blik, mardlik, xaqgo‘ylik kabi xislatlaming shakllanishida, atrofdagilarga nisbatan qalbda ishonch, hurmat, e’tiqod va sadoqatni kamol toptirishdagi roli alohida uqtiriladi. Yolg‘onchilik kishini beburd qilib, uning obro‘- nufuziga putur yetkazadi, kishiga nisbatan ishonchni yo'qotadi, oqibatda, uning yuziga qora tortilib, butunlay subutsiz qilib qo‘yadi. Subutsiz kishi el nazaridan qoladi. Xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari asosida yuzaga kelgan yolg‘onchilik va rostgo‘ylik haqidagi xulosalarida bu yaqqol namoyon bo‘ladi.

Barcha yaxshi fazilatlar kabi rostgo‘ylik ham qonimizga buvilarimizning ertak-afsonalari-yu, onamizning allalari, otamizning pand-nasihatlari-vu, ustozlar o‘gitlari orqali singadi. Ularga amal qi- lish eng olijanob fazilat.

(117so‘z. Malik Murodov. “Oltin sandiq ochildi”)

Topshiriqlar:

  1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

  2. Matn rejasini tuzing.

  3. Rostgo‘ylikyuksak insoniy fazilat ekanligi haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlaringiz asosida bayon yozing.

BIR QARICH YER

Qadim zamonda bir yurtga yov bostirib kirmoqchi bo4ib, ba- hona izlay boshlabdi. Lekin bu yurtning podshosi juda donishmand, oqil va tinchliksevar ekan. U dushmanning niyatini tushunibdi va behuda qon to'kilishiga yoi qo'ymaslik uchun yovning lashkar- boshisiga o’zining uchqur arg‘umog‘ini, ya’ni zotdor otini beribdi. Ammo dushman bu bilan kifoyalanmabdi. U yana urush boshlaymiz, deya dag‘dag‘a qilishdan to‘xtamabdi. Shunda podshoning lashkar- boshilari yig’ilib, «Shohim, o‘zingiz ayting, biz qachongacha bun- day xo'rlikka chidab, jim qarab turaveramiz, buyuring, bizlar jangga kiraylik, yurtimizni, sha'n-u g‘ururimizni himoya qilaylik», debdi.

Podshoh yana bosiqlik bilan, «Yo‘q, bekorga qon to^kilmasin», deb javob beribdi va urushning oldini olish uchun yov lashkarboshi- siga o’zining tilla qilichini in’om etibdi. Biroq, makkor yov bu bilan ham kifoyalanmabdi. U endi podshoga: «Mamlakating hududida- gi hech narsa unmaydigan tashlandiq yerdan bir qarichini berasan, yo‘qsa xalqingni qonga belaymiz», deya do'q-po‘pisa qilibdi. Shunda podsho qat’iyatga toiib, qurol-yarog'ini shaylab, lashkariga qarata, «Qani, ketdik, endi jangga kiramiz, chunki Vatanning bir qarich ye- rini ham dushmanga berib bo‘lmaydi», deb kurashga otlangan ekan.

(155so‘z. Rivoyatdan)

Topshiriqlar:

  1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

  2. Matn rejasini tuzing.

  3. Ona-vatan, vatan mehri haqida o‘z fikrlaringiz va matn mazmuni asosida bayon yozing.

  1. SINF TARIX TUSHUNTIRISH XATI

Tarix” fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari uchun taklif eti- layotgan mazkur topshiriqlar umumiy o‘rta ta'limning davlat ta’lim standartlari asosida tayyorlangan. Bunda topshiriqlar biletlarda aks ettirilgan boMib, har bir biletda to^rttadan savol beriladi:

  1. Jahon yoki O'zbekiston tarixida mavjud bo‘lgan biror bir davlatning tashkil topishiga oid savol beriladi va o'quvchi mazkur savolga quyida belgilangan baholash mezoni asosida javob berishi kerak bo‘ladi.

Namuna uchun savol: Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi.

Birinchi savol bo‘yicha baholash mezonlari:


1.

Davlatning tashkil etilgan davri yoki sanasini to‘g‘ri ayta olsa.

1 ball

2.

Davlatga asos solgan shaxs nomini bilsa (agar asoschi nomi dars- likda bo‘lmasa, boshqa hukmdorlar nomini sanash lozim).

1 ball

3.

Davlat tashkil etilishidagi shart-sharoit haqida ma’lumot bersa.

2 ball

4.

Davlat paydo bo‘lgan hududni zamonaviy xaritadan ko'rsata olsa.

1 ball




Jami:

5 ball







  1. 0‘zbekiston va Jahon tarixi darsida o‘rganiladigan dunyoning mumtoz me’morchilik namunalaridan biri beriladi. Masalan: Toj Mahal maqbarasi.

Ikkinchi savol bo‘yicha baholash mezoni:


1.

Obida qayerda bunyod etilganligini to‘g‘ri aytsa.

1 ball

2.

Obida qurilgan sanasi yoki davrini aytsa.

1 ball

j.

Obida kim yoki kimlar tomonidan qurilganini to‘g‘ri aytsa.

1 ball

4.

Obidaning qurilish uslubi va ishlatilgan qurilish xomashyolari haqida ma’lumot aytsa.

1 ball

5.

Obida qanday vazifalar bajarishini to‘g‘ri aytsa.

1 ball




Jami:

5 ball







  1. Biletdagi uchinchi topshiriq dunyo ilm-fani va madaniyatiga hissa qo‘shgan dunyo allomalaridan biri haqidagi savoldan iborat boiadi. Masalan: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy.

Uchinchi savol bo‘yicha baholash mezoni:


1.

Allomaning yashagan yillarini yoki yashagan davrini aytsa.

1 ball

2.

Allomaning hayoti haqida ma’lumot aytsa.

1 ball

л

J.

Qaysi fan sohalarida ijod qilganligi haqida ma’lumot aytsa.

1 ball

4.

Allomaning yozgan asarlari yoki amalga oshirgan ishlaridan misol- lar aytsa.

1 ball

5.

Amalga oshirilgan ishlardan ayrimlarining mohiyatini ochib bersa.

1 ball




Jami:

5 ball







Biletdagi to‘rtinchi savol umumta’lim maktablari darsliklarida mavjud boigan biror bir rasm - illustratsiyani sharhlashga oid bo‘ladi.


1.

Rasmga oid matndagi ma’lumotlarni to‘g‘ri aytsa.

1 ball

2.

Rasmda bayon etilgan jarayonning davrini aytsa.

1 ball

3.

Rasmdagi holat qaysi hududda bo‘lganligini to‘g‘ri aytsa.

1 ball

4.

Rasmdagi asosiy elementlami to‘g‘ri sharhlay aytsa.

1 ball

5.

Tarixiy rasm yuzasidan mustaqil fikrlarini aytsa.

1 ball




Jami:

5 ball







Izoh: Har bir yo‘nalish bo‘yicha olingan ballar yaxlitlanib (Bunda yaxlitlangan ball 4,5 dan past bo‘lsa - 4 baho, yuqori bo‘lsa - 5 baho. Masalan: 5+4+5+4=14:3=4,6 yaxlitlansa 5 baho, 4+4+5+4=13:3=4,3 yaxlitlansa 4 baho), yakuniy attestatsiya imtihoni sinovining yakuniy bali sifatida sinf jumalining “O'zbekiston tarixi” sahifasiga qo‘yiladi.

Eslatma: 0‘quvchilarga bilet olganlaridan keyin tayyorgarlik ko‘rishlari uchun 15, javob berish uchun esa 10 daqiqa vaqt beriladi.

Imtihon savollariga maktab metod birlashmasi qarori bilan tuza- tishlar, qo’shimchalar va takliflar kiritilishi mumkin. Imtihon top- shirish jarayonida o‘quvchi o‘z fikrini faqat darslik materiallari asosida emas, balki boshqa manbalarga tayangan holda ham bayon qilishi mumkin. Shuningdek, tarix fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinf va maktablarda imtihon biletlari 5 ta savoldan iborat boiadi. Tarix fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinf va maktablarning imtihondagi beshinchi savollariga (quyida alohida berilgan) maktab metod birlashmasi tomonidan tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Savol tuzishda umumta’lim malctablarida maxsus kurs sifatida o'qi- tiladigan Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat - yengil- mas kuch”, “0‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli asarlari hamda “Dunyo dinlari tarixi” darsliklariga oid ma’ lumotlardan iborat bo‘ladi. Beshinchi savol yuzasidan baholash mezoni ham maktab metod birlashmasi tomonidan shakllantiriladi.

1-BILET



  1. Toshkent bekligining tashkil topishi.

  2. Tillashayx masjidi.

  3. Mahmudxo'ja Behbudiy.

Toshkent. Eski shahar (9-sinf 0‘zbekiston tarixi. 24-bet).

BILET

  1. Yunon-Baqtriya davlatining tashkil topishi.

  2. Abdullaxon madrasasi.

  3. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy.

  4. Podsho qo‘shinlari Xiva ostonasida (9-sinf 0‘zbekiston tarixi 36-bet).

  1. BILET

  1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi.

  2. Sherdor madrasasi.

  3. Alisher Navoiy.

  4. Aholining turarjoylari XIX asr oxiri. (9-sinf 0‘zbekiston tarixi. 57-bet).

  1. BILET

  1. Yangi Bobil podsholigining tashkil topishi.

  2. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi.

  3. Zahiriddin Muhammad Bobur.

  4. Buxoro harbiy qo‘shinlari (9-sinf 0‘zbekiston tarixi. 30-bet).

  1. BILET

  1. Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi.

  2. Mir Arab madrasasi.

  3. Mirzo Ulug‘bek.

  4. Xalq tomoshalari (9-sinf O'zbekiston tarixi. 14-bet).

  1. BILET

  1. Bobil podsholigining tashkil topishi.

  2. Sulton Murodbek madrasasi.

  3. Imom al-Buxoriy.

  4. Toshkentdagi temir yo‘l vokzali. (9-sinf O'zbekiston tarixi. 56- bet).

  1. BILET

  1. Xioniylar davlatining tashkil topishi.

  2. Aleksandr mayog‘i.

  3. Ahmad al-Farg‘oniy.

4.1916-yil Toshkentdagi qo‘zg‘olon (9-sinf 0‘zbekiston tarixi.

103-bet).

  1. BILET

  1. Rim respublikasining tashkil topishi.

  2. Ismoil Somoniy maqbarasi.

  3. Abu Ali ibn Sino.

Download 85,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish