To‘g‘ridan-to‘g‘ri finalda ishtirok etadigan sport turlari.
Suzish. 2.Stol tennisi. 3.Badiiy gimnastika. 4.Sport gimnas- tikasi. 5.Yengil atletika. 6.Erkin kurash. 7.Yunon-rum kurashi.
Taekvando. 9.Dzyu-do. 10.Og‘ir atletika. 11.Badminton 12.Shax- mat.
Hududiy saralash bosqichlarida lA finalga yo‘llanma olinadi- gan turlar
Basketbol. 14.Voleybol. 15.Qo'l to'pi. 16.Futbol. 1 7.Boks.
Jismoniy tarbiya darslarida qatnashgan barcha bitiruvchi 9-sinf o‘quvchilari yakuniy nazorat topshirishlari shart.
0‘quv yili davomida jismoniy tarbiya darslariga qatnashib kelgan o‘quvchilar imtihondan 1 hafta oldin o‘zining oilaviy shifokoridan sog4ig‘i haqida tibbiy ko‘rikdan o'tib, shifokor ruxsati (spravka) bilan imtihonga qatnashishi mumkin. Agar o‘quvchining sog‘lig‘i yax-
shi bo‘lmasa, o‘qutuvchi bilan kelishilgan holda imtihonni boshqa sinf bilan topshirishi mumkin.
Jismoniy tarbiya darslariga o‘quv yili davomida qatnashmagan ya’ni kasalligi tufayli VKK varaqasi bo‘lgan o‘quvchilar imtihon- dan ozod qilinadi. Tibbiy guruhlarga ajratilib, maxsus dastur asosida haftasiga 2 martadan shug‘ullangan o‘quvchilar bosqichli nazoratni topshirmaydilar, lekin jurnalga “Sinovdan o‘tdi” yoki “Sinovdan o‘tmadi” deb yozib qo‘yiladi. Bayonnomaga baho qo‘yilmaydi.
Bosqichli nazorat ishlariga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish maqsa- dida bir oy oldin maktabning ko‘rinarli joyiga savol va topshiriqlar ilib qo‘yiladi. Belgilangan muddatda qo‘shimcha maslahat darslari, qo‘shimcha amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilinadi.
Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar bir kunda o’tkaziladi va dast- lab sinf xonasida yozma ravishda nazariy savollarga javob berishlari kerak.Nazariy savollarga alohida biletlar tayyorlanadi.Har bir biletda ikkitadan savol boMishi kerak. Nazariy savollarni jismoniy tarbiya o‘qutuvchisi bir oy oldin yozib, tayyorlab, konvertga solinadi va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga muhrlangan holda top- shiriladi.
Bosqichli nazorat ishlari bo‘yicha hay’at a’zolari tarkibi maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi va tarkibiga hay’at raisi, nazorat oluvchi o‘qituvchi, assistent (yordamchi), tibbiy xodim (a’zolar soni 5 tadan oshmasligi kerak) kiritiladi. Bosqichli nazorat ishlarini o‘tkazish jarayonida, albatta, tibbiyot xodimi (hamshira) bcMishi shart.
Bosqichli nazorat o'tkazishdan oldin hujjatlarning bayonnomasi tayyorlab qo‘yilishi lozim (bayonnomaga faqat ko‘k ruchka bilan yozish tavsiya etiladi). Amaliy mashq turlari tugatilgandan so‘ng yordamchi (assistent) tomonidan bosqichli nazorat bayonnomasining birinchi bandi toMdiriladi. Biletdagi barchame’yoriy talablar topshirib bo‘lingandan so‘ng bayonnomaning ikkinchi bandi toMdiriladi va barcha hujjatlar imzolanib, direktorga topshiriladi.
Bosqichli nazorat ishlari bo‘yicha amaliy mashqlarni topshirishda o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadilar (qiz bolalar va o‘g‘il bolalar) va har bir guruhdan bittadan vakil bir kun oldin chiqib, biletlardan birini tortadi. Shu biletdagi 4 ta amaliy mashqni o‘z guruh a’zolari bilan ko‘rsatilgan tartibda birin-ketin topshirishlari kerak. Nazariy savol bo‘yicha javoblarni har bir o‘quvchi ikkitadan savolga yozma ravishda bayon etadilar. Bosqichli nazoratdagi topshiriqlar kuchli- lik, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik asosidagi turli sport turlari- ning 4 ta (undan ko'p emas) me’yorini qamrab olishi lozim. Bu esa o'quvchilaming har tomonlama jismoniy va nazariy tayyorgarligini baholashga imkoniyat yaratadi. Bosqichli nazorat ishlarida «sport o'yinlari elementlari»da sport turlaridan voleybol, basketbol, qo'l to‘pi, futbol o’yinlarining elementlarini amaliyotda bajariladi.
O'quvchilaming har bir savolga javoblari 5 ballik tizim asosida baholanadi. Ballar umumlashtirilib o‘rtacha baho chiqariladi. Masalan: 5+5+5+5+5=25:5=5.
Agarda o'quvchi 1-2-3-chorak to‘liq darsga qatnashgan bo4ib,
chorakni yarmisida kasal bo’lib, darsdan ozod qilinsa, yakuniy baho 3 ta chorak yakuni bo'yicha yillik baho chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |