o4quvchiilari o‘rtasida stritbol sport turidan musobaqa tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Nizom o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga jalb etish, sportning basketbol turiga qiziqishlarini uyg‘otish, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va darsdan tashqari faoliyat ko‘rsatayotgan turli seksiyalardagi o‘quvchilar qamrovini oshirish hamda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019-yil 19-martda o'tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoniga muvofiq “5 tashabbus- sport bilan” shiori ostida umumta’lim maktablarining 2008-2009-yillarda tug‘ilgan o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichli stritbol sport turidan musobaqani (keyingi o‘rinlarda - musobaqa) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Musobaqa 2022-yil mart-aprel oylarida xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida respublika miqyosida o‘tkaziladi.
Musobaqa 5 ta tashabbus doirasida belgilangan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida tashkil etiladi.
Musobaqa maktab, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlaridan iborat tarzda tashkil etiladi.
Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish 0‘zbekiston basketbol federatsiyasi hamda 0‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
bob. Musobaqa maqsadi va vazifalari Musobaqani tashkil etish va o‘tkazishdan maqsad umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarni jismoniy yetuk va axloqiy barkamol, Vatanga sadoqat ruhida komil inson qilib tarbiyalash, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini zamon talablari darajasida rivojlantirishni amalga oshirish, yoshlarni sportning o‘yin turlariga qiziqishlari va e’tiborlarini kuchaytirish, o‘quvchilaming darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini tocgcri va mazmunli tashkil etish, jamoa bo‘lib harakat qilish, g4alabaga intilish ishtiyoqlarini kamol toptirish, sogiom turmush tarzini shakllantirishdan iboratdir.
Musobaqani o4kazishning asosiy vazifalari quyidagicha:
umumiy о'it a ta’lim maktabi va hududiy sport inshootlari va maydonlaridan samarali foydalanish; umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish;
o^quvchilarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini oshirish;
o‘quvchi yoshlami jismoniy rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini tashkil etish, ular o‘rtasida sportni ommalashtirish va rivojlantirish;
o‘quvchilami jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga doimiy ravishda jalb etish.
bob. Musobaqa ishtrokchilari, o‘tkazish tartibi va muddatlari Musobaqa quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Musobaqada jamoa tarkibida jami 12 nafar bo4ib, shundan 10 nafar (5 nafar о‘g‘/7 va 5 nafar qiz bolalar) sportchi, 2 nafar murabbiydan iborat bo‘ladi;
musobaqa Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA) tomonidan tasdiqlangan F BA 3x3 qoidalari asosida octkaziladi;
musobaqa o‘tkazish davomida o‘yinchilami cheklanmagan tarzda almashtirishga ruxsat etiladi.
Musobaqalar uch bosqichda quyidagi tartibda o4kaziladi: birinchi - maktab bosqichi 2022-yil 20-30 mart kunlari oralig‘ida; ikkinchi - tuman (shahar) bosqichi 2022-yil 1-10-aprel kunlari oralig‘ida; uchinchi - hududiy yakuniy bosqich 2022-yil 15-20 aprel kunlari oralig‘ida
(QoraqalpogMston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida) o4kaziladi.
Musobaqalarda ishtirok etadigan jamoa o‘ziga nom tanlashi, shiorlari boMishi hamda bir xil sport formasida bo‘lishi talab etiladi.
Musobaqada Xalqaro basketbol federatsiyasi tomonidan belgilangan talablarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
bob. Musobaqalarda ishtirok etish shartlari Musobaqaning barcha bosqichlarida sogclig‘ida tibbiy nuqsonlari bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan o‘quvchilar ishtirok etadilar.
Musobaqada ishtirok etish uchun talabnomalar musobaqalar boshlanishidan kamida ikki kun oldin hududiy tashkiliy qo‘mitaga taqdim etilishi lozim.
Musobaqada ishtirok etish uchun quyida kocrsatilgan hujjatlar rasmiylashtiriladi va hakamlar hay’atiga taqdim etiladi:
jamoa a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan 2 nusxada talabnoma (O zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-iyuldagi 10-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065) bilan tasdiqlangan nizom ilovasidagi talabnoma shaklida);
ishtirokchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori imzosi bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma (tug‘ilgan yil va sanasi ko‘rsatilgan holda fotosur’ati bilan);
sug‘urta polisi (ishtirokchining xohishiga ko‘ra).
Musobaqaning uchinchi bosqichida hakamlar Respublika Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan nazorat qiluvchi sifatida hududiy basketbol federatsiyasi tomonidan tavsiya etilgan mutaxassislar tarkibidan biriktiriladi.
Mazkur Nizomning 13 va 15-bandlarida keltirilgan hujjatlarni to‘liq yoki qisman taqdim etmagan jamoalar musobaqalarga qo‘yilmaydi.