Jarayonni takomillashtirish bo‘yicha guruh. Jarayonni boshqaruvchi jarayonni takomillashtirish guruhining tarkibiga bu jarayon bilan bog'langan barcha bo'linmalaming vakillarini kiritishi zarur. Guruhning har bir a’zosi jarayonni takomillashtirish harakatlarini aniqlash uchun yuborilgan vakil hisoblanadi va mos bo'linma rahbari tomonidan tayinlanadi.
Guruhning asosiy majburiyatlari: Jarayonning marshrut chizmasini ishlab chiqish.
Nazorat uchastkalarini va teskari aloqaning liniyalarini aniqlash.
Jarayonni attestatsiyalash.
Jarayonni takomillashtirish rejalarini ishlab chiqish va tatbiq qilish.
Jarayon natijalarining sifati, jarayonning samaradorligi va undagi o'zgarishlar haqida hisobot tayyorlash.
«O'z vaqtida» tamoyili asosida amal qilinadigan tizimni ishlab chiqish va tatbiq qilish.