Majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish. Majburiy sertifikatlashtirishni o'tkazish ishlarini tashkil etish «O'zstandart» agentligi zimmasiga yoki uning topshirig'iga binoan boshqa sertifikatlashtirish organlariga (ularni albatta akkreditatsiya qilgan holda) yuklatiladi.
Sertifikatlashtirilishi shart bo'lgan mahsulotlarning ro'yxatini O'zbekis- ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Odamlarning hayoti, sog'lig'i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol- mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan mahsulotlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish yoki saqlash xavfsizligini ta’minlovchi talablar bo'lmagan taqdirda, «O'zstandart» agentligi davlat boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda bunday talabnomalarning kechiktirmay ishlab chiqilishi va amalga kiritilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |