0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/61
Sana18.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#383709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Bog'liq
falsafa javoblar

Bilim  shakllari
  - 
Inson  o’zini  qurshagan  olamni 
anglab  yetadi,  uni  har  xil  usullar  yordamida  o’zlashtiradi. 
Bu  usullardan  ikkita  eng  muhimini  qayd  etish  mumkin. 
Birinchi 

  moddiy-texnikaviy  usul 

  tirikchilik  vositalarini 
ishlab  chiqarish,  mehnat,  amaliyot.  Ikkinchi 

  ma
’naviy 
(ideal)  usul;  uning  doirasida  subyekt  va  obyektning 
bilishga  doir  munosabatlari  ular  o’rtasidagi  ko’p  sonli 
munosabatlarning biridir. O’z navbatida, bilish jarayoni va 
unda  olinadigan  bilimlar  amaliyot  va  bilishning  tarixiy 
rivojlanishi  mobaynida  ta
baqalanadi  va  o’zining  har  xil 
shakllarida  mujassamlashadi.  Bilishning  bu  shakllari, 
garchi 
o’zaro 
bog’liq 
bo’lsa
-da, 
lekin 
bir-biriga 
o’xshamaydi va har bir biri o’ziga xos xususiyatlarga ega.
 
Bilish,  ma’naviy  faoliyat  shakli  sifatida,  jamiyat
 
paydo  bo’lgan  davrdan  va  jamiyat  bilan  birga  ma’lum 
rivojlanish 
bosqichlaridan 
o’tib 
kelmoqda. 
Bu 
bosqichlarning  har  birida  bilish  jarayoni  insoniyat  tarixi 
mobaynida  yuzaga  kelgan  rang-
barang  va  o’zaro 
bog’langan  ijtimoiy
-madaniy  shakllarda  amalga  oshiriladi. 
Shu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron-bir shaklga, 
hatto 
so’zning 
o’z 
ma’nosidagi 
bilishni 
to’liq 
«qoplamaydigan»  ilmiy  shaklga  ham  bog’lash  mumkin 
emas.  Shu  sababli  gnoseologiya  umumlashtirish  uchun 
faqat  bir  soha 

  ilmiy  bilimdan  va  hatto  yuksak  darajada 
rivojlangan 
tabiatshunoslikdan 
material 
olib, 
o’z 
xulosalarini chiqara olmaydi.  
 
11 



Bilishning bosqichlari  falsafiy muammo sifatida. 
 
12 



Rim imperiyasining qulashi va ilk o‘rta asrlar Evropa madaniyati 
falsafasi. 
O’rta  asrlar  Yevropasida  falsafiy  tafakkurning 
rivojlanish  xususiyatlari.  G’arb  va  Sharq  falsafiy  tafakkuri 
XVI  asrgacha  har  biri  o’z  yo’lida  rivojlangan:  arab 


musulmon  Sharqida  va  Ispaniyaning  arablar  istilo  qilgan 
qismida  falsafaga  dinning  ta’siri  Yevrop
a  va  Sharqiy 
Osiyodagidan kamroq bo’lgan. 
Bu davrda arab musulmon 
fani rivojlanishda Yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan. 
Xitoyda ham fan, garchi din ta’siri ancha kuchli bo’lsa
-da, 
Yevropadagidan ilg’orroq bo’lgan. Ayrim 
Sharq faylasuflari 
o’z asarlarin
i antik davr mutafakkiri Demokritning atomlar 
haqidagi  ta’limoti,  Empedokl  elementlari,  Pifagor 
matematikasi,  Platon  g’oyalari,  Aristotelning  falsa
fiy  va 
tabiiy-
ilmiy  merosi,  ayniqsa  uning  mantiq  tizimi  ta’sirida 
vujudga kelgan ilmiy-
falsafiy an’ana ruhida
 yaratganlar.  
Yevropa  falsafasida  materializm  o’rta  asrlarda 
Sharqdagidek  keng  tarqalmagan  va  madaniyatga  kuchli 
ta’sir  ko’rsatmagan.  U  sxolastikada  realizm  bilan  bir 
qatorda  paydo  bo’lgan  nominalistik  falsafa  ko’rinishida 
rivojlangan  va  avval  ayrim  narsa
lar  va  hodisalar,  so’ngra 
ularning  in’ikoslari  narsalarning  nomlari  sifatida  talqin 
qilinuvchi  umumiy  tushunchalarda  mavjud,  degan 
g’oyadan kelib chiqqan. Ammo falsafani ilohiyotga qaram 
qilishga  harakat  qilgan  din  mafkuraning  hukmron  shakli 
sanalgan.  
Ilk 
o’rta  asrlarda  falsafiy  tafakkur  rivojlanishining 
asosiy  shakllari  apologetika  va  patristika  bo’lgan. 
Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning 
ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa 
diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz 
bergan. 
Bunda 
xristianlikka 
qarshi 
neoplatonizm 
falsafasidan  keng  foydalanilgan.  Ayni  shu  davrda 
apologetika
,  ya’ni
  xristianlikni  asoslash  va  himoya  qilish 
falsafasi sifatida vujudga kelgan.  
Apologetika  ortidan  «cherkov  otalari»ni
ng  falsafiy 
ta’limoti  –
  patristika  (lot.  pater 

  ota) 
paydo  bo’lgan. 
Patristikaning  eng  yorqin  vakili  Gippon  (Shimoliy 
Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-
430)dir. U o’rta 
asrlar  falsafasiga,  shuningdek  falsafiy  ijodning  keyingi 
davrlardagi ko’pgina vakillariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. 
 
Avgustin  «haqiqiy  falsafa va  haqiqiy  din»ni  bir  deb 
hisoblagan.  Xristianlik  asoslarini  u  Platon  falsafasidan 
topishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g’oyalari –
 
«bu 
ijodkor 
ijodga 
kirishish 
oldidan 
yuritgan 
mulohazalar»
1
dir.  Xudo  dunyoni  yo’qlikdan  yaratgan. 
Inso
n  panoh  topishining  asosiy  yo’li  uning  xristian 
                                                           
1
 Августин \\ Всеминаря энциклопедия.  –М.: Современный литератор, 2001. –С. 177. 


cherkoviga  mansubligidir.  Xristian  cherkovi  «ilohiy 
shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining 
ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi 

 
«dunyoviy 
shahar»,  ya’ni  «Xudoga  nisbatan  na
frat  darajasiga 
ko’tarilgan  o’z
-
o’ziga  bo’lgan  muhabbatga»  asoslangan 
davlatchilik;  ikkinchi 

 
«o’z
-
o’ziga  nisbatan  nafrat 
darajasiga  ko’tarilgan  Xudoga  bo’lgan  muhabbat»ga 
asoslangan  «ilohiy  shahar».  Avgustinning  eng  mashhur 
asarlari: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba».
 
Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va 
kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat 
qiladi.  U  «Tavba»  asarida  shaxsning  o’zligini,  uning  ruhiy 
holatlarini  o’rganadi.  Avgustin  shaxsning  ichki  dunyosini 
uning  go’
daklik  yillaridan  boshlab  inson  xristian  sifatida 
shakllanadigan  davrgacha  tavsiflaydi.  U  shaxsga  nisbatan 
zo’rlik  ishlatishning  har  qanday  shakllarini  (maktabda 
bolaga  zo’rlik  ishlatishdan  davlat  darajasida  zo’rlik 
ishlatishgacha)  qoralaydi.  Avgustin  shaxs  erkinligi 
muammosini  ilgari  suradi.  Oradan  bir  necha  asrlar 
o’tgach,  ayni  shu  muammo  ekzistensializm  vakillarida 
Avgustin  falsafasiga  nisbatan  qiziqish  uyg’onishiga  sabab 
bo’ldi.  Avgustin  inson  subyektiv  tarzda  erkin  harakat 
qiladi,  lekin  uning  barcha  harakatlarini  u  orqali  Xudo 
bajaradi,  deb  hisoblagan.  Xudoning  borlig’ini  insonning 
o’zligidan, 
inson 
tafakkurining 
o’z
-
o’zi 
uchun 
ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs 
uchun  o’zlikning  rolini  ko’rsatib  berdi.  Zero  «Men» 

tashqi  dunyodan  ajralib  chiqadigan  va  hatto  undan 
«berkinib»  oladigan  intim  mavjudot.  Avgustin  inson  o’z 
«Meni»ni  qanday  kashf  etadi,  degan  savolga  javob 
topishga harakat qiladi.  
Tarix  falsafasini  ishlab  chiqish  ham,  garchi 
atamaning  o’zini  Volter  taklif  qilgan  bo’lsa
-da,  Avliyo 
Avgustindan  boshlangan.  Antik  faylasuflarda  «tarixiylik» 
tushunchasi mavjud bo’lmagan: yunonlar dunyoni estetik 
jihatdan,  mukammal  koinot  sifatida  idrok  etganlar. 
Avgustin  esa  o’tmish  –
  hozirgi  davr 

 
kelajakning  o’zaro 
aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat  qilgan. 
Hozirgi  davr 

 
bir  lahza,  zero  u  o’tmishga  chekinadi  va 
kelajak  sari  harakat  qiladi.  «Insoniy  shahar»  (jamiyat) 
hayoti buni tasdiqlaydi.  
Avliyo  Avgustin  asarlari  sxolastik  falsafaning 
yaratilishiga  asos  bo’lgan  va  uzoq  v
aqt  mobaynida  antik 
falsafani, asosan Platon, Aristotel hamda neoplatoniklar 

 
Plotin,  Porfiriy,  Prokl,  Yamvlix  asarlarini  o’rganish 


manbalaridan  biri  bo’lib  xizmat  qilgan.  Plotinning 
universal  triadasi 

 
«yagona  –
  aql 

 
jon»  sxolast
-
faylasuflar e’tiborini
 
o’ziga tortgan. 
 
Sxolastika  (yunon.  schole 

  maktab) 

  maktab 
ta’limida  hukmronlik  qilgan  va  ilohiyotga  to’la  bog’liq 
bo’lgan  o’rta  asrlar  xristian  falsafasi.  XI  asrda  sxolastik 
falsafa  doirasida  nominalizm  va  realizm  o’rtasida  kurash 
avj  olgan.  Dastavval
:  «Xudo  bir,  lekin  siymolarda  uchta: 
Xudo-ota, Xudo-
o’g’il va Xudo
-muqaddas ruh, degan fikrni 
qanday  tushunish  kerak?»,  degan  sof  sxolastik  savol 
o’rtaga  tashlangan.  Ammo  bu  savol  atrofida  avj  olgan 
bahs-munozara  uning  chegarasidan  chetga  chiqqan  va 
tom ma
’noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakka 
va  umumiy  dialektikasining  muhokamasiga  aylangan. 
Realistlar  «umuman  inson»,  «umuman  uy»  kabi  umumiy 
tushunchalar 

 
«universaliyalar» mavjudligi to’g’risida so’z 
yuritganlar.  Ular  ayrim  narsalarning  mohiyati  sanalgan 
universaliyalar  narsalargacha  amalda  mavjud  bo’ladi  va 
narsalarni  vujudga  keltiradi,  deb  hisoblaganlar.  Bu 
ashaddiy  realizm  zamirida  Platonning  «g’oyalar  dunyosi» 
va «narsalar dunyosi» haqidagi ta’limoti yotadi. 
 
Nominalistlar  «universaliyalar  n
arsalardan  keyin 
vujudga  kelgan  nomlardir»,  degan  fikrni  ilgari  surganlar. 
Ayrim  narsalar,  masalan,  odamlar,  uylargina  realdir, 
«umuman  inson»  yoki  «umuman  uy»  esa  faqat  so’zlar 
yoki  nomlar  bo’lib,  ularning  yordamida  odamlar  ayrim 
predmetlarni  umumlashtira
dilar.  Mo’tadil  nominalistlar 
insoniy  tushunchalarda  ayrim  narsalardagi  o’xshash 
jihatlarning in’ikosi sifatida umumiylik mavjudligini taxmin 
qilganlar.  
Realizm  umumiylikka  narsadan  oldin  paydo 
bo’luvchi  ideallik  sifatida  yondashgan,  ya’ni  amalda 
umumiy  v
a  yakkaning  aloqasi  to’g’risidagi  idealistik 
konsepsiyani  ishlab  chiqqan  bo’lsa,  nominalizm  bu 
muammoni materialistik  yo’l  bilan  yechishning  o’ziga  xos 
timsoli bo’lgan.
 
Shunday qilib, realistlar va nominalistlar o’rtasidagi 
bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning 
tabiati  muammolari,  ularning  dialektikasi  amalda 
muhokama qilingan.  
Foma  Akvinskiy  (1225-1274)  katolik  teologiyani 
yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida 
e’tirof  etiladi.  Uning  eng  mashhur  asarlari:  «Teologiya
 


yig’indisi»,  «Falsafa  yig’indisi»,  «Majusiylarga  qarshi 
yig’indi».  Ularda  muallif  asosan  Aristotel  asarlariga 
tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi bilan Sharqqa salb 
yurishi  chog’ida  tanishadi.  Uning  ontologiyasida  borliq 
ham  ehtimol  tutilgan,  ham  amalda  mavjud  deb  qaraladi. 
Borliq 

ayrim 
narsalarning 
mavjudligi, 
ya’ni 
substansiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqyelik kabi 
kategoriyalar  bilan  bir  qatorda  materiya  va  shakl 
kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya 
imkoniyat sifatida, shakl esa 

 voqyelik sifatida qaraladi.  
Foma  Akvinskiy  Aristotelning  shakl  va  materiya 
haqidagi  asosiy  g’oyalaridan  foydalanib,  din  haqidagi 
ta’limotni  ularga  to’la  bo’ysundiradi.  Materiya  shaklsiz 
mavjud  bo’lmaydi,  shakl  esa  oliy  shaklga  yoki 
«shakllarning  shakli» 

Xudoga  bog’liqdir.  Xudo  esa  sof 
ma’naviy  mavjudot.  Shaklning  materiya  bilan  birikuvi 
moddiy  dunyo  uchungina  zarur.  Boz  ustiga  materiya 
(Aristoteldagi kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi.  
Foma  Akvinskiy  «ilohiy  borliq»,  hamonki  u  o’z
-
o’zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga 
qodir  bo’lgan  narsalar  orqali  isbotlanishi  lozim.  U  Xudo 
borligining  hozirgi  zamon  katolik  cherkovi  ham 
foydalanuvchi o’z dalil
-isbotini taklif qiladi.  
Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham 
diqqatga  sazovor.  U  shaxs  - 
«oqilona  tabiatdagi  eng 
olijanob»  hodisa,  deb  hisoblagan.  Uning  fikricha,  shaxs 
aql-zakovat,  sezgilar  va  iroda  bilan  tavsiflanadi.  Aql-
zakovat  irodadan  ustun  turadi.  Ammo  Xudoni  bilishni 
Foma  Akvinskiy  Xudoga  bo’lgan  muhabb
atdan  keyingi 
o’ringa  qo’yadi,  ya’ni  sezgilar,  agar  ular  oddiy  narsalarga 
emas,  balki  Xudoga  qaratilgan  bo’lsa,  aqldan  ustun 
bo’lishi mumkin. 
 
Foma  Akvinskiy  o’zining  «Podsholar  boshqaruvi 
haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, 
davlatga 
esa  xalq  farovonligi  haqida  g’amxo’rlik  qiluvchi 
tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u 
axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog’laydi va hatto 
xalqning  adolatsiz  podsholarga  qarshi  bosh  ko’tarish 
huquqi to’g’risida so’z yuritadi. 
 
Foma  Akvinskiy  ikki  qonun:  Xudo  odamlar  ongi  va 
qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va 
fuqarolik  jamiyatidan  ustunligini  belgilovchi  «ilohiy 
qonun»  haqidagi  muammoni  ham  muhokamaga  kiritadi. 


Uning fikricha, dunyoviy hayot bo’lg’usi ma’nav
iy hayotga 
tayyorgarlikdir.  Podshoning  hokimiyati  oliy 

 
ma’naviy 
hokimiyatga bo’ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda –
 
Iso Masih, Yerda 

 Rim Papasi boshqaradi. Foma Akvinskiy 
siyosiy  hokimiyat  shakllarini  muhokama  qilar  ekan, 
Aristotel kabi monarxiyani 
afzal ko’radi. 
 
Foma  Akvinskiy  falsafasi  XIV  asrdan  boshlab 
dominikan  sxolastlari
ning  bayrog’iga  aylandi,  XVI 
asrdan 
e’tiboran  iyezuitlar  tomonidan  targ’ib  qilina  boshladi. 
Iyezuitlarning  mafkurachilari  Foma  Akvinskiy  falsafiy 
tizimini  sharhladi  va  takomillashtirdi.  XIX  asrning  ikkinchi 
yarmidan  boshlab  uning  ta’limoti  hozirgi  zamon  falsafiy 
tafakkurining 
qudratli 
oqimlaridan 
biri 
sanalgan 
neotomizm negiziga aylandi.  
 
 
13 


12 
Estetika fan sifatida nimalarni o‘rganadi 
Har bir fanning muayyan tadqiqot obyekti bo’lib, bu 
obyekt  tabiat,  jamiyat  va  tafakkur  haqida  yangi  bilimlar 
hosil  qilishga  qonun  va  kategoriyalar  asosida  olamni 
yangidan  idrok  etishga  qaratilgan  bo’ladi.  Ma’lumki, 
dialektikaning  biror-bir  kategoriyasini  voqyelikdan  ayri 
holda  tasavvur  etib  bo’lmaydi.  Chunki,  bu  kategoriyalar 
(yaxlitlik,  qism,  zaruriyat,  tasodif,  mohiyat,  sifat  va  h.k) 
insonni  o’rab  turgan  olamda  sodir  bo’ladigan  voqyea-
hodisalar  haqida  aniq  xulosalar  chiqarishga,  ularni  to’g’ri 
tahlil  etishga  ko’mak  beradi.  Estetika  ham  falsafiy  fan 
sifatida  o’zining  qonun  va  kategoriyalariga  ega.  Estetika 
kategoriyalari  (go’zallik,  hunuklik,  ulug’vorlik,  tubanlik, 
fojiaviylik,  kulgililik  va  h.k.)
 
inson  va  tabiat,  inson  va 
jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda 
vujudga keladi. 
Estetika  kategoriyalarining  yaxlit  tizimini  ishlab 
chiqish muammosi ko’p yillardan buyon olimlar e’tiborini 
jalb  etib  kelmoqda.  Bu  borada  go’zallik,  ulug’vorlik, 
fojiaviylik,  kulgulilik,  xunuklik  kabi  an’anaviy  ko’rinish 
ko’pgina  adabiyotlarda  o’z  aksini  topgan.  Biroq, 
bizningcha,  mazkur  kategorial  tasnifdagi  ketma–ketlik  va 
ular  orasidagi  bog’liqlik  o’zini  to’laqonli  ko’rsatib  bera 
olmaydi.  Bugungi  kunda 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish