Postpozitivizm.
Postpozitivizmning neopozitivizm
bilan g’
oyaviy aloqasi shunda ifodalanadiki, ular asosan
ilmiy bilim tahlili bilan shug’ullangan, tilga katta e’tibor
bergan. Biroq, mantiqiy pozitivizm asosan mavjud ilmiy
bilim tuzilishini o’rganishga e’tiborni qaratgan bo’lsa,
postpozitivizmning bosh muammosini ilmiy bilim
dinamikasi
tashkil etadi. Bu o’zgarish fanni falsafiy
o’rganish masalalari doirasi
ning
ham o’zgarishiga sabab
bo’ldi. Postpozitivizmni avvalo ilmiy bilimning ijtimoiy
-
madaniy omillari, yangi nazariyalarning yuzaga kelishi,
ularning olimlar hamjamiyati tomonidan qabul qilinishi,
raqobatlashuvchi ilmiy konsepsiyalarni taqqoslash va
tanlash mezoni qiziqtiradi.
Agar mantiqiy pozitivizmga empirik bilimni ishonchli
va barqaror bilim sifatida ishonchsiz va o’zgaruvchan
nazariy bilimga qarshi qo’yish xos bo’lsa, p
ostpozitivizm
esa, aksincha, bilimning bu ikki darajasi bir-
biriga o’tishi
haqidagi qarash xosdir zero postpozi
tivizm ta’limoti
n
azariyaning empiriyaga ta’siri kuchli emasligi,
dalillarni
aniqlash uchun nazariya talab etilishi, shu sababli dalillar
nazariyaga ma’lum darajada bog’liq bo’lishi yoki hatto
ularni belgilashi yoritib berilgan.
Postpozitivizm
konsepsiyasining
navbatdagi
xususiyati
–
shundaki ilmiy bilimning rivojlanishini talqin
qilishda kumulyativizmdan voz kechilgan. Ilk pozitivizm
ilgari surgan kumulyativistik yondashuv fanning izchil
rivojlanishi, bilimlarning asta-
sekin to’planib borishini
nazarda tutadi. Postpozitivizm fan haqidagi bunday
tasavvurdan voz kechadi. U fan tarixida inqilobiy
o’zgarishlar yuz berishi muqarrarligini asoslashga harakat
qiladi. Postpozitivistlar fikriga ko’ra, inqilob natijasida
fanda ilgari e’tirof etilgan va asoslangan bil
imlar, nafaqat
nazariyalar, balki metodlar va omillar ham qayta ko’riladi.
Uchinchi va to’rtinchi pozitivizm o’rtasida fanni
soxta fan (metafizika)dan farqlash masalasida ham jiddiy
tafovutlar mavjud. Pozitivizm metafizikani fandan chiqarib
tashlashni bosh vazifalaridan biri deb hisoblagan.
Postpozitivizm esa ilmiy bilim va falsafa o’rtasida qat’iy
chegara o’tkazishdan bosh tortadi. U falsafiy qoidalarning
asosliligini va ularni fanlardan chiqarib tashlash mumkin
emasligini tan oladi. Fan falsafasida keng
qo’llaniluvchi
«paradigma» (T.Kun), «ilmiy tadqiqot dasturi» (I.Lakatos)
kabi tushunchalar falsafiy (metafizik) unsurlardan iborat.
Shuningdek, postpozitivizmning ayrim namoyandalari
(P.Feyerabend) fan, falsafa va afsona o’rtasida biron
-bir
farqni ko’rishd
an butunlay bosh tortadi.
191
1
1
9
Dalilar vositasida rad etish deb nimaga aytiladi ?
192
3
1
9
Anologiyaga ta’rif bering ?
Do'stlaringiz bilan baham: |