QO‘SHIMCHA TESTLAR
69.
Sharof Boshbekovning «O'zim haqimda» tarjimayi holidan olingan
quyidagi parchada qo'llanilgan nuqtalar o'rniga mos so'zlarni ketma-ketlikda
topib, qo'ying.
13-§. SHAROF BOSHBEKOV
165
«Bizning oilamizda hech kim san’at yoki adabiyot bilan shug'ullanmagan.
Ota-onam oddiy ... bo'lishgan. Men o'qigan qishloq maktabida qiziq bir
qoida bor edi: chet tili o'qituvchisi yo‘q bo‘lsa, o‘rniga ashula darsi
o'tilardi, fizika muallimi kelmay qolsa ham ko'pincha shu tarzda
«o‘qitilardi». Endi eslasam, ashula darsini... dan boshqasini bilmaydigan
bir amaki о‘tar ekan. Xullas, o‘n yil ashula aytdik. Endi bu ovoz bilan
qayerga borish kerak? Artistlikka-da! Shunday qilib, ... ning talabasi bo'lib
qoldim».
A) o'qituvchi, «Boychechak», Toshkent Teatr va rassomlik san’ati oliygohi
B) xizmatchi, «Boychechak», Toshkent Davlat universiteti
C) o'qituvchi, «Chittigul», Toshkent Davlat universiteti
D) xizmatchi, «Yaliama yorim», Toshkent Teatr va rassomlik san’ati
oliygohi
70.
Sharof Boshbekovning «0‘zim haqimda» tarjimayi holidan olingan
quyidagi parchada qo'llanilgan nuqtalar o'miga mos so'zlarni ketma-ketlikda
topib, qo'ying.
«Talabalik yillarimda suxandonlik qilmoqchi ham bo'ldim. Olishmadi.
Radioga ovozim to'g'ri kelmadi. Oliygohni bitirib, ... nomidagi teatrda
aktyor bo'lib ishlay boshladim. Avvaliga shuncha tomoshabin gaplarimni
eshitayotganidan mast bo'lib yuraverdim. ... yillar ishlaganimdan keyin
birdaniga aqlim kirib qoldi. Bilsam, aktyorlar ham o'zining emas, birov
yozib bergan gaplami gapirarkan. Hafsalam pir bo'lib ketdi va o'zim
ularga gap yoza boshladim. Bu hunar bilan shug'ullanadiganJarni
«dramaturg» deyishar ekan. Dramaturg bo'lsa, dramaturg-da! Ana shu
tariqa adabiyotning sirli va mashaqqatli olamiga kirib keldim».
:
;
A) Muqimiy, o'n
B) Hamza, o‘n besh
C) Muqimiy, yigirma besh
D) Hamza, yigirma
71.
Sharof Boshbekovning «O'zim haqimda» tarjimayi holidan olingan
quyidagi parchada qo'llanilgan nuqtalar o'rniga mos javobni topib, qo'ying.
«Qarang, biz qishloqda ketmon ko'tarib yuravergan ekanmiz-u, bu yoqda
... , ... , ... , ... degan allomalar bor ekan... Qadimgi у и non
dramaturgiyasidan tortib, dunyo, Ovrupo, o'ris dramaturgiyasigacha
varaqlab chiqildi. Shu darajada jiddiy kirishilibdiki, bu yoqda milliy
adabiyot degan narsalar ham bor ekanligi xayoldan sal faromush bo'pti.
Shuning
sababi
o'laroq,
ilk
asarlarimda
voqealar,
munosabatlar,
vaziyatlar bir do'stimning ta’biri bilan aytganda, «o'risbashararoq» bo'lib
qolgan edi. To «osmondan у ana yerga qaytib tushgunimcha» juda ko'p
ter to'kishga to'g'ri keldi».
A) Shekspir, Pushkin, Esxil, Sofokl
B) Yesenin, Pushkin, Lermontov, Shekspir
C) Esxil, Seneka, Sofokl, Aristofan
D) Aristofan, Arastu, Sofokl, Shekspir
Do'stlaringiz bilan baham: |