13.2.Yaxlit plashka bilan rezba kesish
Yaxlit plashka goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga aylantirilib, rezba
oxirgi o`lchamigacha kalibrlanadi.Sterjen uchi moylanishi kerak.Plashka
sterjenuchiga shunday qo`yiladiki, tamg`a pastda bo`ladi, so`ngra vorotok
korpusiga o`ng qo`lning kafti bilan bosilib, chap qo`l bilan uning dastasi soat
mili yo`nalishida plashka butunlay sterjenga botib kirishiga kadar aylantiriladi.
Bir o`tishda plashkani vorotok dastasidan ushlab, soatmili yo`nalishida bir-ikki
marta va teskarisiga yarim aylanishga aylantirib, sterjenda tegishli uzunlikda
rezba kesiladi. Plashka obdan moylanishi kerak. Rezba sifati tashqi tomondan
ko`rib tekshiriladi (yuluq joylar va uzuq o`ramlar bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |