2020 yil 1 yanvarga qadar amalda bo‘lgan Soliq kodeksida soliq imtiyozlarni nazarda tutuvchi me’yorlar 380tani tashkil qilgan. Yangi tahrirdagi kodeks qabul qilinishi arafasida imtiyozlarning barchasi inventarizatsiyadan o‘tkazilib, o‘zini oqlamagan me’yorlar bekor qilingan. Yangi kodeksda doimiy amal ta’siriga ega 301ta soliq imtiyozi mavjud.
Yerdan samarali foydalanishda qanday muammolar borligi ochiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “2020 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatda aytilishicha, keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritishning davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, past rentabelli, suv ta'minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda agroklasterlarning tashkil etilishi hisobiga respublikamizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining raqobatbardoshligi ta'minlanmoqda va eksport imkoniyatlari kengaymoqda.
Shu bilan birga, sohada olib borilayotgan izchil islohotlarga qaramasdan, yerdan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish yo‘nalishida bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligi ularning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:
qishloq xo‘jaligi yer maydonlari bo‘yicha mavzuli elektron xaritalarning yaratilmaganligi va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishning sustligi hamda qishloq xo‘jalik yerlarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining turlari va hajmlari bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazasining yaratilmaganligi mavjud maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish imkoniyatini pasaytirmoqda;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnikasi, yer va suv resurslaridan foydalanish holatini geoaxborot tizimi orqali monitoring qilish, yerni masofadan zondlash tizimlaridan keng foydalanishning yo‘lga qo‘yilmaganligi sohada ishlab chiqarish hajmlarini oshirish imkoniyatlarini bermayapti;
davlat xususiy-sherikchilik shartlari asosidagi urug‘chilik klasterlarini tashkil qilish va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etilmaganligi sabzavot-poliz ekinlari joylashtiriladigan asosiy va takroriy maydonlarga ekinlarni navlar bo‘yicha joylashtirishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari marketingi bo‘yicha ishonchsiz ma'lumotlarning mavjudligi va marketing tadqiqotlari natijalari asosida bashoratlash tizimining takomillashmaganligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini jahon bozori kon'yunkturasi talablaridan kelib chiqib joylashtirish imkoniyatlarini pasaytirmoqda;
mahalliy hokimliklarning qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish bo‘yicha investorlarni jalb qilish ishlariga jiddiy yondashmayotganligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini oshirish va eksportga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga to‘siq bo‘lmoqda.
2020 yil 14 yanvarda O‘zbekistonda maxfiy bo‘lgan ayrim xaritalar, geografik axborot tizimlari va aholi punktlarining bosh rejalaridan ochiq foydalanish imkoniyatini beruvchi hukumat qarori qabul qilindi.
Bu bilan topografik xaritalarning maxfiylik darajasi keskin pasaytirishga erishiladi.
Ikkinchidan, mahalliy koordinatalar tizimida tayyorlangan topografik xaritalarning maxfiyligi olib tashlanishi natijasida ushbu koordinatalar tizimida tayyorlangan barcha masshtabdagi topografik xaritalardan bir viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosida ochiq foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Bundan tashqari, WGS-84 koordinatalar tizimida tuzilgan aero va kosmik s’emka materiallaridan respublika miqyosida foydalanish uchun barcha cheklovlar olib tashlanishi natijasida ushbu koordinatalar tizimlarida tayyorlangan barcha masshtabdagi topografik xaritalardan butun respublika miqyosida ochiq foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
Shuningdek, amaldagi tartib bo‘yicha koordinatalar tizimidan va masshtabidan qat’iy nazar shaharlar va shaharchalarda 10 kv.km.dan (1 000 gektar) ziyod bo‘lgan hudud uchun topografik xaritalarga bo‘lgan maxfiylik darajasini olib tashlash hisobiga iqtisodiyotning turli sohalarida maxsus va tematik xaritalardan, shu jumladan bosh rejalardan foydalanuvchilar doirasi kengayadi.
Maxfiylik darajasining pasaytirilishi natijasida:
— zamonaviy texnologiyalarni kosmik va aero s’emka materiallarini ishlab chiqarishga tatbiq etish va ulardan samarali foydalanish;
— bosh rejalar va boshqa shaharsozlik hujjatlarini zamonaviy elektron dasturlar yordamida ishlab chiqish hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganlarini geoportal va internet tarmoqlarida ochiq joylashtirish;
— geoaxborot tizimlarini yaratish orqali davlat kadastrlarini, shu jumladan davlat shaharsozlik kadastrini yuritish bo‘yicha ishlar sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish;
— tadbirkorlik sub’ektlari va investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga yer uchastkalari, qurilish ob’ektlari va muhandislik kommunikatsiyalari to‘g‘risida ma’lumotlarni ochiq ravishda taqdim qilish;
— tadbirkorlik sub’ektlarini geodeziya, kartografiya, loyiha-qidiruv hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlariga keng jalb qilish uchun imkoniyat yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |