(Rivoyat)
mashq. Uyga topshiriq. «Nonni isrof qilmang!» mavzusida kichik hikoya fuzing. Unda darak, so‘roq, buyruq va istak gaplardan fovdalaning.
dars. GAP BO‘LAKLARI Takrorlash uchun savollar
9 1. Gap boiaklari deb nimaga aytiladi?
Ega deb nimaga aytiladi?
Kesimning gapdagi o‘mi qanaqa?
Fe’l kesim va ot kesimlarga misollar keltiring.
Hoi deb nimaga aytiladi?
72
Toidiruvchi nima?
Sifatlovchi aniqlovchi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
Qaratqich aniqlovchi nima?
mashq. Gaplarni daftaringizga ko‘chiring. Ega va kesimlarning tagiga chizing.
Bilimli bo‘l, hech qachon erinma. Ilm qadrini ma’rifatli odam biladi. Odobning boshi tildir. Kishi boshiga tushgan har qanday ish uning tili tufayli sodir bo‘ladi. Dunyoda yaxshi va nuqsonsiz nom saxiylikdir. (Ahmad Yugnakiy)
mashq. Qavs ichidagi so‘roqlarga mos to‘ldiruvchilarni qo‘ying va ularning ifodalanishini tushuntiring.
Odam (kimga?) suyanadi. 2. (Nima bilan?) olam charog‘on, (nima bilan?) umr charog‘on. 3. Mehmon (kimdan?) ulug‘. 4. Aql (nimadan?) quwat oladi.
mashq. Bosh va ikkinchi darajali boiaklar ishtirok etgan to‘rtta gap tuzing.
mashq. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chiring va ularning qanday gap boiagi ekanligini aniqlang.
Ho‘ngrab yig‘lab yubordim. Turtinib-surtinib o‘z ...imga bordim-da, ...imni ko‘rpaga burkab ...larimda yosh tamom bo‘lguncha ...dim.
Qalpoqcham, ey ...larda hamisha yo‘ldoshim, maslahatgo‘yim, qani ayt-chi, nega men maqsadga erisha olmadim.
Chunki ...ing yo‘q edi,-deydi qalpoqcham.
Ilm olish uchun nima qilish kerak edi?
...ing kerak edi.
Nima?
Ha, ha, o‘qituvching Qobilov, sevimli direktoring Otajon Azizovichlaming ...iga quloq solishing kerak edi.
-Demak, sen ...i chalg‘itgan ekansan-da, aldabsan-da!
-Yo‘q, ...madim, ...madim fikrlaring xato ekanligini tushunib olgin, deb qo‘limdan kelgancha ko‘maklashdim, yordamimni ...madim
(X. To'xtaboyev)
73
Kerakli so‘zlar: safar, gap, alda, chalg‘it, ilm, o'qish, aya, bosh, men, ko'z, o‘rin, yig'la.
nia$hq. Uyga topshiriq. Bilim va uning ahamiyati haqida uchta gap yozib, gap boiaklari bo‘yicha tahlil qiling.
dars. UNDALMA, KIRISH SO‘ZLAR
Takrorlash uchun savollar
9 1. Undalma deb nimaga aytiladi?
2. Undalmalar gapda qanday o‘rinlarda keladi?
Kirish so‘zlar nima?
Kirish so‘zlaming gapdagi o‘mi haqida aytib bering.
Undalmalar va kirish so‘zlardan keyin qanday tinish belgilari qo‘yiladi?
mashq. O'qing. Undalmalami topib, ularga izoh bering.
0‘sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib, shon-u shuhrat taratib, o‘qituvchilarimni, Otajon Azizovichni hayratda qoldirish niyatida safarga otlandim.
Xayr, jonajon qishlog‘im, hayqirib toshdan toshga urilib oqayotgan zilol suvli anhorlar, poyonsiz mevazor bogiar, hammangizga xayr. Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. Endi sizlarga hech kim tosh otib shoxingizni sindirmaydi, tanangizga mix qoqib ozor bermaydi.
Mehribon oyijonim, sho‘xliklar qilib ko‘nglingizni og‘ritgan bo‘lsam, qaysarligim tufayli o‘ksitgan bo‘lsam, kechiring meni! Qo‘ng‘ir sochli singillarim, sizlar ham yaxshi qoling... Sog‘inganda, ko‘nglingiz o‘ksiganda rasmga boqing. (X. To ‘xtaboyev)
mashq. Kirish so‘zlarning ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling. Ular anglatayotgan ma’noni toping. Undalmali gaplarni daftaringizga ko‘chiring.
Bolalar, ehtimol, siz Cholbolani ko‘rmagandirsiz? Men uni ko‘rganman. Cholbola aslida chol emas, bola. Yo‘q, bola emas, chol. Hayron bo‘lmang, ochig‘i, u siz tengi bola.
Unda nega chol bo‘larkan, deysizmi?
74
Bo‘lmasa eshiting, uning Cholbola bo‘lishi o‘zi bir ertak.
Odatda, buvalar, buvilar bolalarga ertak aytishadi.
... Sirli tushdan keyin Umidjon buvasiga ertak aytadigan bo‘libdi. Uning ertaklarini buvasi gohida chuqur o‘yga tolib, gohida jilmayib, gohida afsus bilan bosh chayqab eshitarkan.
Xullas, Umidjon deyarli har kuni bitta yangi, ibratli ertak o‘ylab topib, buvasiga so‘zlab beradigan bo‘libdi. (N. Aminov)
mashq. Dadangizga, oyingizga, aka-ukalaringizga, opa- singillaringizga, do‘stlaringizga, dugonalaringizga murojaat qilganingizda qanday undalmalardan foydalanasiz? Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Namuna: Og‘ayni
Oshna —
Do‘st birga dars tayyorlaymizmi?
0‘rtoq
Jo‘ra
mashq. Uyga topshiriq. Menimcha, nazarimda, afsushi, demak, xullas so‘zlari ishtirokida «Maktab o‘quvchisi qanday kiyinishi kerak?» mavzusida bahs o‘tkazib, taassurotlaringiz asosida hikoya yozing.
dars. KO‘CHIRMA GAPLAR
Takrorlash uchun savollar
*) 1. Ko‘chirma gap deb nimaga aytiladi?
Muallif gapi nima?
Muallif gapining kesimi qaysi so‘zlar bilan ifodalanadi?
Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi haqida gapirib bering?
mashq. Tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qo‘yib, ko‘chirma gaplarni daftaringizga ko‘chiring. So‘ngra ulami izohlab bering.
Abdurahmon Jomiy shunday degan edi Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda,
G‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amli zamonda.
U bilan qol tanho, hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
75
Dono bo‘lmoq uchun bilimsizdan ham o‘rganmoq kerak degan edi Kaykovus.
Xalqimiz odobli bola hammaga manzur deydi.
*221-mashq. Quyidagi gaplarni ko‘chirma gaplarga aylantiring. Muallif gapining ifodalanishiga e’tibor bering.
Kitobsiz uy - jonsiz tanaday gap. (Sitseron) Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir. (Viktor Gyugo) Kitoblar aql farzandlaridir. (Jonatan Svift) Odam tili bilan hayvondan ustun, ammo tildan nojoiz foydalansa, hayvondan battar. (Sa ’diy) Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan-o‘ziga zolim. (Alisher Navoiy)
mashq. Ikki guruhga bo‘lining. Ma’lum bir mavzularda (masalan, mehnat, do‘stlik, tinchlik haqida) aytilgan maqol, matal va hikmatli so‘/larga misollar keltiring. Ularning kim tomonidan aytilganligini aniqlab, ko‘chirma gap hamda muallif gapini ajrating.
Namuna:
guruh: «Kamtarlik-kishi bezagi»,-deb aytadi xalqimiz.
guruh: Xalqimiz: «Kamtarga-kamol, manmanga-zavol»,-deydi.
mashq. Uyga topshiriq. 0‘zbek allomalarining kitoblaridan hikmatli so‘zlarga misollar topib, ularni ko‘chirma gaplar tarzida yozib keling. Tinish belgilarining ishlatilishiga alohlda diqqat qiling.
d a r s da test ustida ishlanadi.
76
M ORFOLOGIY A
dars. SO‘Z TURKUMLARI. MUSTAQIL VA YORDAMCHI SO‘ZLAR
topshiriq. Quyida berilgan so‘zlaming har biriga so‘roq bering. Qaysi so‘zlar so‘roq olmayapti? Daftar, yoki, keldi, yaxshi, ko‘p, aqlli, kabi, o‘rta, va, men, uchun, o‘quvchi, bilan.
topshiriq. Bu so‘zlaming qaysi birlari bilan gaplami boshlab bo‘lmaydi?
? Biror so‘roqqa javob bo‘lib, ko‘pincha atash ma’nosini bildiruvchi, gapda ma’Ium bir gap boiagi yoki undalma vazifasida keladigan so‘zlar mustaqil so‘zlar sanaladi.
So‘roqqa javob bo‘lmaydigan, atash ma’nosini bildir- maydigan so‘zlarga yordamchi so‘zlar deyiladi.
mashq. 0‘qing. Yordamchi so‘zlarni topib, ular ishtirokida uchta gap tuzing.
Bir ko‘r kishi bilan cho‘loq katta suv yoqasiga yetishdilar. Suv ustiga tashlangan yog‘ochdan o‘tishlari lozim edi. Cho‘loq aytdiki: «Birodar, men o‘tolmayman, chunki oyog‘im yaramaydi». Ko‘r: «Agar ko‘zim bo‘lsa edi, o‘tardim»,- dedi. Biror tadbir topishlari yoki birovdan yordam so‘rashlari kerak edi. 0‘tirdilar va biroz o‘yladilar. Shunda cho‘loq dedi: «Bo‘lmasa sen meni orqangga opich, senga yo‘l ko‘rsatib, oyoq qo‘yadigan yeringni ko‘rsatib turay, ikkimiz ham o‘tib ketamiz». Shunday qilib, bir- birlarining yordami bilan ikki yorti bir butun bo‘lib, suvdan o‘tdilar.
(Abdulla Avloniy)
mashq. So‘zlarni ularga beriladigan so‘roqlar asosida guruhlarga aj rating. Har bir guruhni umumiy bir atama bilan qanday nomlash mumkinligini ayting.
Namuna: Kim? nima? bola, kitob...
qanday? yashil...
Do'stlaringiz bilan baham: |